Prezident farmoni bilan 2024-yil yakunigacha hududlarni ekologik baholash bo‘yicha indikatorlar asosida eco-indicator.uz reytingi shakllantiriladi. Shuningdek, har bir hududning ekologik pasporti e’lon qilinadi.
Senatda telekommunikatsiyalar sohasida ayrim faoliyat turlarini amalga oshirganlik uchun davlat boji miqdorlari maqbullashtirilishga qaratilgan qonun ma’qullandi.
Farg‘onada Rossiya fuqarosi 14 gektar bog‘dorchilik yerini hujjatlarsiz 140 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgani aytilmoqda. U bo‘nak sifatida 15 ming dollar olayotgan vaqtda qo‘lga olindi
“O‘zbek tilining izohli lug‘ati” ilk bor lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida chop etildi. Lug‘at 6 jilddan iborat va unga 5000 ga yaqin yangi so‘z (jami 80 mingdan ortiq so‘z) kiritilgan.
Senat standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va muvofiqlikni baholash qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik kuchaytiruvchi qonunni ma’qulladi.
Hukumat advokatlik guvohnomasini berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqladi. Mazkur hujjat 10 yilga advokatlik tuzilmasi ro‘yxatdan o‘tkazilgan joy bo‘yicha hududiy adliya organlari tomonidan beriladi. Guvohnomani berish uchun to‘lov undirilmaydi.
O‘zgidromet 5−8-iyun kunlari O‘zbekistonga Erondan issiq havo kirib kelishi hisobiga havo harorati +42 darajagacha ko‘tarilishidan ogohlantirdi. Joylarda shamol tezligi soniyasiga 15−20 metrgacha kuchayishi va chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin.
O‘zbekistonda zilzila vaqtida to‘g‘ri harakat qilishga o‘rgatadigan Zilzila mobile nomli dastur yaratildi. Unda yer silkinishi paytida, oldin va keyin qanday harakatlar amalga oshirish kerakligi bo‘yicha va boshqa ma’lumotlar, shuningdek, tayyorgarlik darajasini tekshirish uchun testlar mavjud.
Haj-2023 mavsumi uchun 1 nafar ziyoratchiga to‘lov miqdori 68 mln 760 ming so‘m etib belgilandi. Oldingi yilda bu miqdor 62,9 mln so‘m bo‘lgandi. Ziyoratchilar 4-iyundan 19-iyungacha Madina shahriga yuboriladi.
Senatorlar Ichki ishlar vazirligi va Milliy gvardiya xodimlariga ekologiya sohasidagi huquqbuzarliklar uchun, jumladan, daraxtlarni kesish, atmosfera havosini muhofaza qilish talablariga rioya qilmaslik uchun jarima solish va qamoqqa olish imkoniyatini beruvchi qonunni ma’qulladi.
Sharof Rashidov tumanida 18 yoshli qiz o‘zini to‘qqiz qavatli uy tomidan tashlab halok bo‘ldi. Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.
XMT, YUNISEF va Jahon banki O‘zbekistonda Ijtimoiy himoya agentligi tashkil etilganini olqishladi. Bayonotda bu ijtimoiy himoyadagi tarqoqlik va kamchiliklarni bartaraf etishiga ishonch bildirilgan. Mutaxassislar va xalqaro tashkilotlar ko‘p yillardan buyon shunday agentlikni tashkil etishni talab qilib kelayotgandi.
Shilqimlik uchun 5 sutkaga qamalgan “prankchilar”, Toshkentda avgustgacha oshmaydigan yo‘lkira, “Yevropa Ittifoqi — Markaziy Osiyo” sammitida qatnashadigan Mirziyoyev, tomorqasida band bo‘lganlarga ham mehnat staji hisoblanishi, xususiylashtirilayotgan “UNG Petro” va boshqalar — “Gazeta.uz”ning kun dayjestida.
Davlat bayrog‘idan foydalanishni kengaytirish to‘g‘risidagi qonun loyihasi muhokama uchun e’lon qilindi. Avvalroq Shavkat Mirziyoyev saylovoldi nutqida shunday taklif bilan chiqqandi. Bayroqni xonadonlarga osib qo‘yish, kiyim-kechaklarga yopishtirish, oilaviy va boshqa tadbirlarda foydalanishga ruxsat berilishi mumkin.
Click kompaniyasi 36 va 77-sonli ixtisoslashtirilgan maktablarda bayramona tadbirlar tashkillashtirdi, hamda Aloha Mental Arithmetic 2023 VI respublika musobaqasiga homiylik qildi.
2020-yilda to‘satdan Toshkentning M1 dahasida ko‘p qavatli uylardagi kafe-restoranlarning tashqi ayvonlarini buzish boshlangandi. Hozirda yana ayvonlar buzilmoqda. Rasmiylar aholi shikoyati va qonunbuzarliklarni da’vo qilayotgan bo‘lsa, biznes qonuniy me’yorlar yo‘qligini aytmoqda. “Gazeta.uz” vaziyatni o‘rgandi.
Buxoroda O‘zbekistonda ilk bor elektromobillardan foydalaniladigan taksi xizmati yo‘lga qo‘yilmoqda. U Eco-taxi brendi ostida ishlaydi.
Poytaxtning Chilonzor tumani “Naqqoshlik” mahallasida joylashgan 32 xonadondan iborat to‘rt qavatli uyda yoriqlar aniqlandi. Undagi 15 ta xonadonda istiqomat qiluvchilar o‘z qarindoshlarinikiga ko‘chib o‘tmoqda, 17 oila esa vaqtinchalik uy-joy bilan ta’minlandi.
May oyi oxirida Toshkent jamoat transporti uchun moslashuvchan tariflar joriy etilishi kerak edi. Biroq, shahar kengashi “tariflarning oshishiga qat’iyan qarshi” chiqdi. Deputatlar o‘zgarishlarni 1-avgustga qoldirdi. “Gazeta.uz” yangi tizimga o‘tish nega zarurligini tushuntiradi.
Senat tomonidan ma’qullangan qonunga ko‘ra, endi shaxsiy tomorqa yer uchastkasida band bo‘lgan yer uchastka egasi yoki uning oila a’zolariga mehnat staji hisoblanadi. Buning uchun ular tomonidan yiliga BHMning kamida 1 baravari miqdorida soliq to‘lab boriladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting