Jamiyat

Dam olish e’lon qilingani tirbandlik va shaharlararo taksilar narxining oshishiga olib keldi
20 aprel 2023, 23:06 1

Dam olish e’lon qilingani tirbandlik va shaharlararo taksilar narxining oshishiga olib keldi

Ramazon hayiti sanasi e’lon qilinganidan so‘ng Toshkentda va shahardan chiqishda uzoq tirbandliklar yuzaga keldi, shaharlararo transport narxlari ko‘tarildi, biznesda esa kimdadir buyurtmalar bekor qilingan bo‘lsa, ba’zilarda mijozlar oqimi ko‘paydi.

20-aprel kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
20 aprel 2023, 22:00

20-aprel kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Ramazon hayitida 4 kun dam, Toshkentda 17 yoshli qizga hujum qilgan erkak, aholiga bepul tarqatiladigan 500 tonna elita kartoshka urug‘i, Nukus voqealari bo‘yicha sudlanganlarning apellyatsiyalari Toshkentda ko‘rib chiqilishi, nomi oqlangan qatag‘on qurbonlari ro‘yxati va boshqalar — “Gazeta.uz”ning kun dayjestida.

Ramazon hayitida Click orqali hayitlik pul o‘tkazmalarini amalga oshirish mumkin
20 aprel 2023, 19:00

Ramazon hayitida Click orqali hayitlik pul o‘tkazmalarini amalga oshirish mumkin

Click Ramazon hayitida zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda ixtiyoriy ehsonlarni qanday amalga oshirish mumkinligi haqida so‘zlab berdi.

Toshkentda 17 yoshli qizga hujum qilgan erkak ushlandi
20 aprel 2023, 17:20

Toshkentda 17 yoshli qizga hujum qilgan erkak ushlandi

Toshkent shahar IIBB 17 yoshli o‘quvchi qizga hujum qilgan erkak qo‘lga olinganini ma’lum qildi. Ushbu shaxs Samarqand viloyatida yashovchi 26 yoshli fuqaro bo‘lib chiqdi.

Toshkentda erkak 17 yoshli qizga hujum qildi
20 aprel 2023, 16:35

Toshkentda erkak 17 yoshli qizga hujum qildi

Ijtimoiy tarmoqlarda bir erkak ko‘chada ketayotgan o‘quvchi qizga hujum qilgani aks etgan video tarqaldi. Qayd etilishicha, hodisa Toshkent shahrining Mirobod tumanida sodir bo‘lgan. Erkakning shaxsi aniqlanmoqda.

Oliy sud: 208 nafar qatag‘on qurbonlari nomi oqlandi (ro‘yxat)
20 aprel 2023, 15:52

Oliy sud: 208 nafar qatag‘on qurbonlari nomi oqlandi (ro‘yxat)

Oliy sud 3 ta jinoyat ishi bo‘yicha surgun qilingan va otilgan 208 nafar qatag‘on qurbonining nomini oqladi. Ularning aksariyati Qashqadaryo va Samarqand viloyatlarida yashagan. 2021−2023-yillar davomida sovet davrida qatag‘on qilingan jami 408 nafar o‘zbekistonlik oqlandi.

Hayit namozi munosabati bilan Toshkentdagi ayrim ko‘chalarda transport harakati cheklanadi
20 aprel 2023, 15:31

Hayit namozi munosabati bilan Toshkentdagi ayrim ko‘chalarda transport harakati cheklanadi

21-aprel kuni Toshkent shahridagi 116 ta masjidda hayit namozi o‘qilishi kutilmoqda. Shu kuni soat 00:00 dan 07:30 gacha poytaxtning ayrim ko‘chalarida avtotransport vositalari harakati to‘xtatiladi (ro‘yxat).

Nukus voqealari bo‘yicha sudlanganlarning apellyatsiyalari Toshkentda ko‘rib chiqiladi
20 aprel 2023, 15:10

Nukus voqealari bo‘yicha sudlanganlarning apellyatsiyalari Toshkentda ko‘rib chiqiladi

Toshkentda Nukus voqealari bo‘yicha birinchi sud jarayonida qatnashgan 22 nafar mahkumdan 16 nafarining apellatsiya ishi ko‘rib chiqiladi.

Toshkentda daraxtlarni betonlardan tozalash ekoaksiyasi boshlandi
20 aprel 2023, 14:51

Toshkentda daraxtlarni betonlardan tozalash ekoaksiyasi boshlandi

Poytaxtda “Daraxtlarni asraylik” shiori ostida ekoaksiyaga start berildi. Unda daraxtlar beton, asfalt va sun’iy qoplamalardan tozalanadi. Aksiya dastlab Olmazor tumanida, so‘ng bir oy ichida boshqa barcha hududlarda o‘tkaziladi. Keyinchalik uni butun O‘zbekiston bo‘ylab o‘tkazish rejalashtirilmoqda.

Bayram kunlari havo iliq va quruq bo‘ladi
20 aprel 2023, 13:20

Bayram kunlari havo iliq va quruq bo‘ladi

O‘zbekistonda 20−24-aprel kunlari havo harorati iliq bo‘ladi. Mamlakat bo‘ylab quruq va asosan kam bulutli ob-havo saqlanib turadi. Barcha viloyatlarda haroratning ko‘tarilishi davom etadi.

Ramazon hayiti kunlari tibbiyot muassasalari uzluksiz ishlaydi — SSV
20 aprel 2023, 12:09

Ramazon hayiti kunlari tibbiyot muassasalari uzluksiz ishlaydi — SSV

O‘zbekistondagi tibbiyot muassasalari 21−24-aprel kunlari ham uzluksiz ishlaydi. Mamlakat bo‘yicha 2755 ta tez tibbiy yordam brigadasi aholidan bo‘ladigan chaqiriqlar asosida kunu tun xizmat ko‘rsatadi.

O‘zbekistonliklar Ramazon hayitida 4 kun dam oladi — prezident qarori
20 aprel 2023, 11:16

O‘zbekistonliklar Ramazon hayitida 4 kun dam oladi — prezident qarori

Ramazon hayitida o‘zbekistonliklar 4 kun — 21−24-aprel kunlari dam oladigan bo‘ldi. 24-aprel ko‘chirilgan dam olish kuni hisoblanmaydi, ya’ni 29-aprel 5 kun ishlaydiganlar uchun dam olish kuni bo‘ladi.

Foto: 10 yil deganda garmoshka-avtobuslar Toshkentga qaytdi
20 aprel 2023, 11:07

Foto: 10 yil deganda garmoshka-avtobuslar Toshkentga qaytdi

Shu kunlarda keltirilgan 400 ta avtobus va elektrobuslar Toshkent ko‘chalarida harakatni boshladi. Ular orasida 10 yildan beri O‘zbekistonda bo‘lmagan, uzunligi 18 metrdan iborat 118 dona garmoshka-avtobus ham mavjud. “Gazeta.uz” fotoreportaji.

Hayit munosabati bilan Toshkentdan Xiva va Samarqandga qo‘shimcha poyezdlar harakatlanadi
20 aprel 2023, 10:33

Hayit munosabati bilan Toshkentdan Xiva va Samarqandga qo‘shimcha poyezdlar harakatlanadi

Ramazon hayiti munosabati bilan Toshkentdan Xivaga 20 dan 23-aprelga qadar, Samarqandga esa 21-apreldan 24-aprelgacha qo‘shimcha poyezd qatnovlari yo‘lga qo‘yildi.

O‘zbekistonda hayit namozi o‘qiladigan vaqtlar e’lon qilindi
20 aprel 2023, 10:29

O‘zbekistonda hayit namozi o‘qiladigan vaqtlar e’lon qilindi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi 21-aprel, juma kuni Ramazon hayiti namozining hududlarda o‘qiladigan vaqtlarini e’lon qildi.

O‘zbekistonda aholiga 500 tonna elita kartoshka urug‘i bepul tarqatiladi
20 aprel 2023, 09:59

O‘zbekistonda aholiga 500 tonna elita kartoshka urug‘i bepul tarqatiladi

O‘zbekistonda aholi va dehqonchilik xo‘jaliklari import qilingan yoki mahalliy sifatsiz kartoshka ekmoqda. Shu sababli prezident mutasaddilarga aholi tomorqalari uchun 500 tonna elita kartoshka urug‘larini bepul tarqatishni, kartoshka yetishtiruvchilarga imtiyozli mablag‘lar ajratish vazifasini qo‘ydi.

Ramazon hayiti 21-aprelda nishonlanadi — Musulmonlar idorasi
20 aprel 2023, 09:40

Ramazon hayiti 21-aprelda nishonlanadi — Musulmonlar idorasi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi 2023-yilgi Ramazon hayiti 21-aprel, juma kuniga to‘g‘ri kelishi haqida qaror qabul qildi.

Toshkentda hayit namozi munosabati bilan maxsus avtobus yo‘nalishlari tashkil etiladi
20 aprel 2023, 09:19

Toshkentda hayit namozi munosabati bilan maxsus avtobus yo‘nalishlari tashkil etiladi

Toshkent shahrida Ramazon hayiti namozi o‘qilishi munosabati bilan maxsus avtobus yo‘nalishlari tashkil etiladi. Ular soat 04:00 dan 07:00 ga qadar fuqarolarning masjidlarga kelib-ketishi uchun harakatlanadi.

19-aprel kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
19 aprel 2023, 22:21

19-aprel kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Yo‘l qoidalarini buzganlarga jarima oshishi, referendumda muddatidan oldin ovoz berish boshlangani, ma’muriy jarimalarni 15 kun ichida to‘laganlar uchun 50% chegirma, Afg‘onistonga insonparvarlik yordami, ota-ona tomonidan ayovsiz kaltaklangan 14 yoshli kosonlik qiz va boshqalar — “Gazeta.uz”ning kun dayjestida.

Qashqadaryoda ota-onasi kaltaklagan 14 yoshli qizni vasiylikka berish masalasi ko‘rib chiqilmoqda
19 aprel 2023, 20:35

Qashqadaryoda ota-onasi kaltaklagan 14 yoshli qizni vasiylikka berish masalasi ko‘rib chiqilmoqda

Qashqadaryoda ota va o‘gay onasi tomonidan kaltaklangan 14 yoshli qiz mahalla qaramog‘iga olinib, xavfsizligi ta’minlandi. Hozirda uni vasiylikka berish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting