Jamiyat

«Xuddi kinolardagidek». Yangi turmush qurgan moskvalik juftlik Chorsu bozorida to‘y fotosessiyasini o‘tkazishdi
25 noyabr 2022, 19:42

«Xuddi kinolardagidek». Yangi turmush qurgan moskvalik juftlik Chorsu bozorida to‘y fotosessiyasini o‘tkazishdi

Joriy yilning sentabrida Moskvadan Toshkentga ko‘chib kelgan Dominik Majintas va Yevgeniya Ribakova Chorsu bozorida to‘y fotosessiyasini o‘tkazishdi. Ularning suratlari tarmoqlarda juda mashhur bo‘ldi. Ular «Gazeta.uz»ga bu g‘oya qanday tug‘ilgani haqida so‘zlab berishdi.

UzAuto Motors kompaniyasi Davinci mukofotiga sazovor bo‘ldi
25 noyabr 2022, 19:00

UzAuto Motors kompaniyasi Davinci mukofotiga sazovor bo‘ldi

UzAuto Motors kompaniyasi Davinci 2022 mukofotining «Ish izlovchilar orasida eng talabgir ish beruvchi» nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi.

Toshkentda maktab o‘quvchilarining ommaviy mushtlashgani yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
25 noyabr 2022, 18:48

Toshkentda maktab o‘quvchilarining ommaviy mushtlashgani yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Tarmoqlarda maktab o‘quvchilarining ommaviy mushtlashuvi aks etgan video tarqaldi. Toshkent shahar IIBB hodisa Mirobod tumanidagi 125-maktabda sodir bo‘lganini ma’lum qildi. Holat yuzasidan bezorilik bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

Asialuxe Travel Maldiv orollarida dam olishga taklif qiladi
25 noyabr 2022, 17:06

Asialuxe Travel Maldiv orollarida dam olishga taklif qiladi

23 dekabrdan Asialuxe Travel Maldiv orollariga charter reyslarni amalga oshirishni boshlaydi. Kompaniya u yerga qanday yetib borish, mehmonxona topish va orollarda qanday vaqt o‘tkazish mumkinligi haqiqa so‘zlab berdi.

O‘zbek ayollarining iqtisodiy faolligi pastligi — uy-ro‘zg‘or ishlari bilan bandligi sabab — PMTI
25 noyabr 2022, 16:32

O‘zbek ayollarining iqtisodiy faolligi pastligi — uy-ro‘zg‘or ishlari bilan bandligi sabab — PMTI

PMTI mutaxassislarining fikricha, o‘zbek ayollaridagi iqtisodiy faollikning pastligi uy-ro‘zg‘or ishlari bilan band bo‘lishga bog‘liq. Qolaversa, ishlaydigan ayollar erkaklarga nisbatan o‘rtacha 39% kam maosh oladi va ular 30 yoshda martabaga erisha boshlaydi.

Qashqadaryoda 1 nafar hokim va 16 nafar hokim o‘rinbosari tadbirkorlik bilan shug‘ullanishi ma’lum bo‘ldi
25 noyabr 2022, 16:01

Qashqadaryoda 1 nafar hokim va 16 nafar hokim o‘rinbosari tadbirkorlik bilan shug‘ullanishi ma’lum bo‘ldi

Qashqadaryo viloyatida 2022 yilning 9 oyida 552 ta korrupsion jinoyatlar (o‘tgan yilga nisbatan 114 taga ko‘p) sodir etildi. Murotjon Azimov viloyatda hokimlik, moliya va g‘aznachilik boshqarmasi xodimlaridan 34 nafari tadbirkorlik subyektlarida ta’sischi yoki rahbar sifatida ishlayotganini ochiqladi.

DXMlar orqali statistik ma’lumotlarni olish mumkin bo‘ladi
25 noyabr 2022, 15:24

DXMlar orqali statistik ma’lumotlarni olish mumkin bo‘ladi

Hukumat qarori bilan davlat xizmatlari markazlari orqali statistik ma’lumotlarni olish imkoniyati yaratiladi. Biroq tarkibida davlat sirlari va qonunchilik bilan qo‘riqlanadigan sir mavjud ma’lumotlar berilmaydi. Har bir ma’lumot uchun BHMning 0,08 foizi miqdorida yig‘im undiriladi.

Sirdaryoda itni qutqarmoqchi bo‘lgan 2-sinf o‘quvchisini tok urdi
25 noyabr 2022, 13:04

Sirdaryoda itni qutqarmoqchi bo‘lgan 2-sinf o‘quvchisini tok urdi

Guliston tumanida elektr transformator ostiga kirib qolgan itni qutqarmoqchi bo‘lgan 2-sinf o‘quvchisini tok urdi. Bola bosh, qorin, qo‘l va oyoq qismidagi jarohati bilan shifoxonaga yotqizildi.

Toshkentda «Turonbank» xodimlari bankomatdagi pullarni talon-toroj qilgani aytilmoqda
25 noyabr 2022, 12:38

Toshkentda «Turonbank» xodimlari bankomatdagi pullarni talon-toroj qilgani aytilmoqda

Mirobod tumanida «Turonbank» kassiri va mas’ul shaxslari bankomatdagi 348 mln so‘mga yaqin naqd pul va 7600 dollarni talon-toroj qilgani aytilmoqda. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari boshlandi.

Toshkentda ISHIDga qo‘shilmoqchi bo‘lgan 18 yoshli qiz qamaldi
25 noyabr 2022, 12:30

Toshkentda ISHIDga qo‘shilmoqchi bo‘lgan 18 yoshli qiz qamaldi

Yunusobod tumanida Suriyaga ketib, ISHID terroristik tashkiloti safiga qo‘shilishni maqsad qilgan 18 yoshli qiz 5 yilga qamaldi. U tashkilot rahnamolarining ma’ruzalarini tinglab, uning g‘oyaviy ta’siriga tushib qolgan. Qiz ketish uchun «qizil pasport» olgani va buni yaqinlari bilmaganini ma’lum qildi.

NNTlar bekor qilishni so‘ragan hukumat qarori qayta ishlanadigan bo‘ldi
25 noyabr 2022, 12:12

NNTlar bekor qilishni so‘ragan hukumat qarori qayta ishlanadigan bo‘ldi

Adliya vazirligi rahbariyati NNTlarni xalqaro grant loyihalarni amalga oshirishda davlat organlari bilan hamkorlik qilishga chorlovchi hukumat qarorini bekor qilishga chaqirgan NNT va faollar bilan uchrashdi. Tomonlar hujjat qayta ishlanishi kerakligi borasida bir to‘xtamga keldi.

Noruda materiallarni qazib olishda tabiiy obyektlarga yetkazilgan zararni hisoblash tartibi tasdiqlandi
25 noyabr 2022, 11:47

Noruda materiallarni qazib olishda tabiiy obyektlarga yetkazilgan zararni hisoblash tartibi tasdiqlandi

Vazirlar mahkamasining qarori bilan Noruda materiallarni noqonuniy qazib olishda tabiiy obyektlarga yetkazilgan zararni hisoblash tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlandi.

Payshanba kuni 95 kishining kovid yuqtirgani aniqlandi
25 noyabr 2022, 11:40

Payshanba kuni 95 kishining kovid yuqtirgani aniqlandi

24 noyabr kuni O‘zbekistonda 95 kishi (bir kun oldin 98 kishi) koronavirusga chalingani ma’lum bo‘ldi. Eng ko‘p kasallik Toshkent shahrida aniqlandi.

Dam olish kunlari havo biroz sovuq bo‘ladi
25 noyabr 2022, 11:29

Dam olish kunlari havo biroz sovuq bo‘ladi

Juma kuni O‘zbekiston bo‘ylab yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati +15…+17 darajagacha, janubda esa +20 daraja atrofida bo‘ladi. Dam olish kunlari Qozog‘istondagi sovuq antitsiklon massalari ta’siri havo harorati kunduzi +8…+13 daraja, kechasi +3…+8 darajagacha pasayishi kutilmoqda.

Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilayotgan tadbirkorlar birjada ham akkreditatsiya qilinadi
25 noyabr 2022, 10:54

Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilayotgan tadbirkorlar birjada ham akkreditatsiya qilinadi

Prezident qarori bilan tadbirkorlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish jarayonida birja tizimida ham akkreditatsiya qilish tartibi joriy etiladi. Shuningdek, 1 dekabrdan boshlab 13 oy muddatga monopol va davlat ishtirokidagi tashkilotlar ishlab chiqargan tovarlarni ichki bozorda faqat birja orqali sotish belgilandi.

Farg‘onada er-xotin is gazidan vafot etdi
25 noyabr 2022, 10:08

Farg‘onada er-xotin is gazidan vafot etdi

Farg‘ona viloyati Buvayda tumanida er-xotin is gazidan zaharlanib vafot etdi. Ular 3 kunlik yosh kelin-kuyov bo‘lgani va er o‘zi yasagan pechkalardan birini uyga o‘rnatgani aytilmoqda. Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari boshlandi.

Farg‘onada bedarak yo‘qolgan ayol murdasi Qirg‘izistondan topildi
25 noyabr 2022, 09:29

Farg‘onada bedarak yo‘qolgan ayol murdasi Qirg‘izistondan topildi

22 noyabr kuni Farg‘ona tumanida ayol uyidan chiqib ketib, bedarak yo‘qoldi. Oradan ikki kun o‘tib, uning murdasi Qirg‘izistonning Batken viloyatidagi ariqdan topildi. Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Uzbekistan Airways barcha aviaqatnovlarga chegirma e’lon qildi
25 noyabr 2022, 09:27

Uzbekistan Airways barcha aviaqatnovlarga chegirma e’lon qildi

Uzbekistan Airways Konstitutsiya kuni munosabati bilan barcha aviaqatnovlar uchun 8% chegirma e’lon qildi. Chegirma 25 noyabrdan 8 dekabrgacha bo‘lgan sotuv davrida amal qiladi.

Nozima Davletova Mass-media jamg‘armasi Vasiylik kengashiga rahbar bo‘ldi
25 noyabr 2022, 08:38

Nozima Davletova Mass-media jamg‘armasi Vasiylik kengashiga rahbar bo‘ldi

Nozima Davletova Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashiga rahbar bo‘ldi. Bungacha u jamg‘arma direktori bo‘lgan. Mazkur lavozimda avvalroq Komil Allamjonov ishlagan edi.

Qo‘llanma: Himoya orderini qanday olish mumkin?
25 noyabr 2022, 00:01

Qo‘llanma: Himoya orderini qanday olish mumkin?

«Gazeta.uz» 25 noyabr — «Xalqaro ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish kuni» munosabati bilan turkum materiallarni e’lon qiladi. Birinchisi — himoya orderi haqida. Unda orderni qayerdan va qanday olish, jabrlanuvchi qay tartibda himoya qilinishi va zo‘ravonga ko‘riladigan choralar haqida bilib olasiz.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting