Jamiyat

Farg‘onada zapravkadagi portlashda bir kishi vafot etdi, to‘rt kishi jarohatlandi
17 dekabr 2024, 16:59

Farg‘onada zapravkadagi portlashda bir kishi vafot etdi, to‘rt kishi jarohatlandi

Farg‘ona shahridagi yoqilg‘i quyish shoxobchasida sodir bo‘lgan portlash oqibatida bir kishi vafot etdi, to‘rt kishi tan jarohati oldi, yana sakkiz kishi tibbiy nazorat ostiga olindi. Portlashga suyultirilgan gazni quyish paytida texnologik jarayon va texnika xavfsizligi qoidalarining buzilishi sabab bo‘lgan.

Parkentdagi hayvonot bog‘i qorovuli sherlar hujumi oqibatida halok bo‘ldi
17 dekabr 2024, 16:27

Parkentdagi hayvonot bog‘i qorovuli sherlar hujumi oqibatida halok bo‘ldi

Toshkent viloyati Parkent tumanidagi Lion park xususiy hayvonot bog‘ida 3 ta sher qafasdan chiqib ketdi. Sherlar qorovulga tashlangan, oqibatda u tan jarohatlari olib, halok bo‘lgan. Hayvonlarning ikkitasi qafasga qaytarildi, biri otib o‘ldirildi.

Farg‘onadagi zapravkada portlash sodir bo‘ldi (foto, video)
17 dekabr 2024, 15:50

Farg‘onadagi zapravkada portlash sodir bo‘ldi (foto, video)

Seshanba kuni Farg‘ona shahridagi yoqilg‘i quyish shoxobchasida portlash sodir bo‘ldi. Tarmoqlarda hodisa oqibatida jarohatlanganlar borligi haqida xabarlar tarqalmoqda. Viloyat FVB yong‘in qurshab olingani va o‘chirilganini bildirdi.

Nukus shahrining bosh rejasi tasdiqlandi
17 dekabr 2024, 15:40

Nukus shahrining bosh rejasi tasdiqlandi

Hukumat qarori bilan Nukus shahrining bosh rejasi tasdiqlandi. Hujjatda shaharning bosh rejasi loyihasining asosiy yechimlari va texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari ham belgilangan.

Rossiyadagi YTH oqibatida 5 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi
17 dekabr 2024, 13:57

Rossiyadagi YTH oqibatida 5 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

Rossiyaning Ulyanovsk viloyatida Cobalt va yuk mashinasi to‘qnashdi. Oqibatda yengil mashinada bo‘lgan 5 nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi. Hozirda ularning jasadlarini vatanga qaytarish choralari ko‘rilmoqda.

Jumadan O‘zbekistonga yana nam va sovuq havo kirib kelishi kutilmoqda
17 dekabr 2024, 12:25

Jumadan O‘zbekistonga yana nam va sovuq havo kirib kelishi kutilmoqda

O‘zgidromet 20−22-dekabr kunlari O‘zbekistonga nam va sovuq havo massalari kirib kelishidan ogohlantirdi. Ayrim joylarda yomg‘ir va qor yog‘adi. Harorat kechasi -10, kunduzi -3 darajagacha pasayadi.

Gulnora Normurodova Jizzax viloyati hokimiga o‘rinbosar etib tayinlandi
17 dekabr 2024, 11:33

Gulnora Normurodova Jizzax viloyati hokimiga o‘rinbosar etib tayinlandi

Gulnora Normurodova Jizzax viloyati hokimining o‘rinbosari bo‘ldi. U bir paytda viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i ham hisoblanadi.

Toshkent metropoliteni ilk bor bir kunda million yo‘lovchini tashidi
17 dekabr 2024, 10:10

Toshkent metropoliteni ilk bor bir kunda million yo‘lovchini tashidi

Toshkent metropoliteni birinchi marta bir kunda 1 million yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatdi. Millioninchi yo‘lovchiga poytaxt jamoat transportidan bir yil davomida bepul foydalanish imkonini beruvchi transport kartasi sovg‘a qilindi.

Toshkent viloyatida erkak va ayol noma’lum moddadan zaharlanib vafot etdi (manba aniqlanmoqda)
16 dekabr 2024, 20:47

Toshkent viloyatida erkak va ayol noma’lum moddadan zaharlanib vafot etdi (manba aniqlanmoqda)

Ijtimoiy tarmoqlarda yangi turmush qurganlar nikoh to‘yining ertasiga is gazidan vafot etgani haqida ma’lumot tarqaldi. Bosh prokuratura ma’lumotlariga ko‘ra, birga yashagan juftlik noma’lum moddadan zaharlanib vafot etgan.

Besh nafar bolani urib yuborgan (ikkitasi halok bo‘lgan) haydovchiga axloq tuzatish jazosi berildi
16 dekabr 2024, 17:28

Besh nafar bolani urib yuborgan (ikkitasi halok bo‘lgan) haydovchiga axloq tuzatish jazosi berildi

Cobalt haydovchisi Yangiyo‘lda 5 nafar bolani urib yubordi, ulardan 2 nafari halok bo‘ldi. Sudya uning jazosini yengillashtirib, qamoqdan ozod qildi. Bir haftadan keyin aynan shu sudya o‘lim bilan bog‘liq YTH sodir etgan boshqa haydovchiga ikki yil ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi.

O‘zbekistonda 2025-yilda 600 ming kishiga ijtimoiy karta beriladi
16 dekabr 2024, 16:15

O‘zbekistonda 2025-yilda 600 ming kishiga ijtimoiy karta beriladi

Prezident keyingi yilda 600 ming kishi ijtimoiy karta bilan ta’minlanishini ma’lum qildi. Ushbu karta bilan elektr, gaz va o‘qish xarajatlariga kompensatsiya olish mumkin bo‘ladi.

Deputatlar chiqindi qarzlari uchun elektr to‘lovlarini cheklash masalasini muhokama qila boshladi
16 dekabr 2024, 14:46

Deputatlar chiqindi qarzlari uchun elektr to‘lovlarini cheklash masalasini muhokama qila boshladi

Qonunchilik palatasi chiqindi xizmatlaridan qarz mavjud bo‘lganda elektr energiyasi uchun to‘lovni cheklashni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ko‘rib chiqishga kirishdi. Deputat ikki yilda barcha kommunal xizmatlarni va qarzdorlikni birlashtiradigan yagona billing tizimi yaratilishini ma’lum qildi.

Ichki audit xizmati xodimlarining faoliyati samaradorligini baholash tartibi tasdiqlandi
16 dekabr 2024, 14:39

Ichki audit xizmati xodimlarining faoliyati samaradorligini baholash tartibi tasdiqlandi

Ichki audit xizmati tashkil etilgan vazirlik va idoralar hamda hokimliklar mas’ul xodimlari faoliyati samaradorligini baholash tartibi belgilandi. Jarayon ichki audit xizmati rahbari tomonidan har chorakda amalga oshiriladi.

O‘zbekistonda onlayn qimor o‘yinlari va bukmekerlikni tashkil etish bo‘yicha talablar tasdiqlandi. Asosiy qoidalar
16 dekabr 2024, 12:06 1

O‘zbekistonda onlayn qimor o‘yinlari va bukmekerlikni tashkil etish bo‘yicha talablar tasdiqlandi. Asosiy qoidalar

Hukumat O‘zbekistonda qimor o‘yinlari, lotereya va bukmekerlik faoliyatini tashkil etish uchun talab va shartlarni tasdiqladi. Tashkilotchilar uchun litsenziya muddati 5 yil etib belgilandi, ularning ustav kapitali kamida 56,25 mlrd so‘m bo‘lishi shart. Shuningdek, bir qator taqiq va cheklovlar ham belgilangan.

Haftaning birinchi yarmida yog‘ingarchilik kuzatilmaydi
16 dekabr 2024, 11:49

Haftaning birinchi yarmida yog‘ingarchilik kuzatilmaydi

O‘zbekistonda haftaning birinchi yarmi yog‘ingarchiliksiz o‘tishi kutilmoqda. Harorat kechasi -2, kunduzi +7 darajagacha ko‘tariladi. Juma kuni ba’zi joylarda qor va yomg‘ir yog‘adi. O‘zgidromet sharhi.

2025-yildan avtobus, temiryo‘l va aviachiptalar olinadigan yagona turizm platformasi ishga tushadi
16 dekabr 2024, 11:19

2025-yildan avtobus, temiryo‘l va aviachiptalar olinadigan yagona turizm platformasi ishga tushadi

2025-yilning sentabridan boshlab sinov tariqasida avtobus, avia va temiryo‘l biletlari sotib olinadigan onlayn platforma ishga tushadi. Milliy turizm yagona platformasi orqali muzeylarga bilet olish, avtomobil ijarasi xizmatidan foydalanish va mehmonxonalarni band qilish kabi imkoniyatlar yaratiladi.

Rossiyada ota-ona qaramog‘isiz qolgan yana 15 nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi
16 dekabr 2024, 10:16

Rossiyada ota-ona qaramog‘isiz qolgan yana 15 nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi

Rossiyaning turli shaharlarida ota-ona qaramog‘isiz qolgan yana 15 nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi. Ularning 10 nafari vaqtincha Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markaziga, qolgan 5 nafari esa Bolalar uyiga joylashtirildi.

Toshkent viloyatida poyezd Damas`ni urib yubordi (video)
16 dekabr 2024, 09:38

Toshkent viloyatida poyezd Damas`ni urib yubordi (video)

Dalaguzar — Nazarbek temiryo‘li kesishmasida poyezd Damas`ni urib yubordi. Atrofdagi haydovchilar mashinani relsdan chiqarishga harakat qilgan, ammo harakat muvaffaqiyatsiz yakunlangan.

O‘zbekistonda 16−22-dekabr kunlari ob-havo qanday bo‘ladi? “Gazeta.uz” sharhi
16 dekabr 2024, 08:20

O‘zbekistonda 16−22-dekabr kunlari ob-havo qanday bo‘ladi? “Gazeta.uz” sharhi

O‘zbekistonda hafta boshi quruq, ammo sovuq (aholi kuchli sovuqlik stresslariga to‘qnash kelishi mumkin), o‘rtalari biroz bulutli va yog‘inli (asosan qor) bo‘lishi, dam olish kunlari esa quruq va haroratning biroz ko‘tarilishi kutiladi. Xususan, O‘zbekiston janubida kunduzi +15 darajagacha iliq bo‘lishi mumkin.

Foto: Toshkentdagi qor bo‘roni manzaralari
15 dekabr 2024, 20:14

Foto: Toshkentdagi qor bo‘roni manzaralari

Toshkent 8-dekabr kuni joriy qish mavsumidagi birinchi qorga guvoh bo‘lgandi. Oradan bir hafta o‘tib, O‘zbekiston poytaxti birinchi haqiqiy qor bo‘ronini ham ko‘rdi. “Gazeta.uz” fotomuxbirlari oppoq qorga burkangan shahar manzaralarini kadrlarga muhrladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting