Nukus shahridagi 4 qavatli uyda gaz portlashidan so‘ng vayronalar ostidan qutqarib olingan 5 yoshli qizcha 8 mart kuni shifoxonada vafot etdi. Qizchaning otasi ushbu baxtsiz hodisa oqibatida onasi, turmush o‘rtog‘i va ikki farzandidan ayrildi.
Toshkent shahrida o‘tkaziladigan V International Tashkent Marathon ommaviy yugurish musobaqasi sabab qator ko‘chalar 11−12 mart kunlari vaqtincha yopiladi.
Rossiyada qamoq jazosini o‘tayotgan Qoraqalpog‘istonning Ellikqal’a tumanida yashovchi fuqaro Ukrainada vafot etdi. Qayd etilishicha, erkak Ukrainaga qurilish ishlari uchun jo‘natilgan va u turgan joyga snaryad kelib tushgan.
Yangiqo‘rg‘on tumanidagi «o‘zbek-qirg‘iz» davlat chegarasida 14,5 kg «gashish», 50 gr «geroin» moddasi va boshqa turdagi kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarining muomalaga kiritilishi oldi olindi.
Shanba va yakshanba kunlari Kaspiy dengizi hududlaridan nam va salqin havo massasi kirib keladi. Joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat shanba kuni kunduzi +21…+26 daraja, yakshanba kuni salqinroq, +13…+18 daraja atrofida bo‘ladi.
Poytaxtda burqa kiygan 20 yoshli talaba qiz xotin-qizlarning ochiq-sochiq libosini tanqid qildi. IIV o‘z diniy qarashlari orqali boshqalarga baho berish yoki shaxsiy hayotga aralashish mumkin emasligini eslatib, qiz 15 mln so‘m jarimaga tortilganini bildirdi.
Andijon shahrida elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan mayning ferma egasi 900 mln so‘m jarimaga tortildi. U ferma faoliyatini hech qanday ruxsatnoma va hujjatlarsiz olib borgan. Avvalroq Senat energiya resurslaridan qonunga zid foydalanishni o‘g‘rilik deb baholovchi qonunni ma’qullagandi.
11−12 mart kunlari kutilayotgan kuchli yomg‘irlar yog‘ishi sababli O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel-suv toshqini hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Samarqand shahrida Nexia-3 haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, qurilishi tugallanmagan bino yerto‘lasiga tushib ketdi. Oqibatda u yengil jarohat oldi. YTH bo‘yicha surishtiruv olib borilmoqda.
Konstitutsiyaviy qonun loyihasidagi yangiliklar, 1 oyda $1,9 mlrdga kamaygan oltin-valyuta zaxiralari, 8 kunga yopiladi Qo‘yliq metro bekati, yurak xastaligidan vafot etgan Aleksandr Nechayev, umumxalq xayriya hasharida 5 mingga yaqin oilaning uy-joyi ta’mirlanishi va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.
Samarqandda o‘zini taksichi deb tanishtirgan 38 yoshli mast erkak 14 yoshli qizni olib qochdi. Viloyat IIBga ko‘ra, u pastga tushib, g‘ildiraklarga qarayotgan vaqtida qiz mashinadan qochishga erishgan. Ayni paytda erkak ushlangan bo‘lib, unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
O‘zbekiston maktablarida 18 mart uchinchi chorakning so‘nggi kuni bo‘ladi, to‘rtinchi chorak 27 martdan boshlanadi.
11 mart kuni O‘zbekistonda o‘tkaziladigan umumxalq xayriya hasharida 5 mingga yaqin oilaning uy-joyi ta’mirlab beriladi. Bu ishlarga 1,3 mlrd so‘m sarflanadi. Shuningdek, 7 mingdan ziyod ehtiyojmand oilaga 2 mlrd so‘mdan ko‘proq moddiy yordam ko‘rsatiladi.
Jurnalist va shoir Akmal Toshev 37 yoshida vafot etdi. Bosh prokuratura uning o‘limi yuzasidan tergovga qadar tekshiruv boshlanganini ma’lum qildi. U shu paytga qadar “Inson va qonun” gazetasi va “Huquq va burch” jurnali birlashgan tahririyatida bosh mutaxassis vazifasida ishlab kelayotgandi.
Xitoyning King Long kompaniyasi O‘zbekistonga 200 ta 18 metrli «garmoshkali avtobus»ni mart-may oylarida yetkazib berishi kutilmoqda. Dastlabki partiyani ishlab chiqarish jarayonlari yakunlandi.
Toshkent metropolitenining 7-bekati (Qo‘yliq) 11 mart, shanba kunidan keyingi shanba kuniga qadar vaqtincha yopiladi. Yo‘lovchilar uchun 6 va 7-bekat oralig‘ida qo‘shimcha avtobus qo‘yib beriladi.
Toshkent shahrida fuqaroni 20 ming dollar evaziga Meksika orqali AQShga yuborishini va’da qilgan Jahon tillari universiteti talabasi va boshqalar qo‘lga olindi.
Bosh prokuratura Toshkentda o‘lik holda topilgan rossiyalik jurnalist Aleksandr Nechayev «surunkali yurak-o‘pka yetishmovchiligi, yurakning surunkali ishemik kasalligi»dan vafot etganini ma’lum qildi.
Jalaquduq tumanida 23 yoshli ayol ustidan benzin qo‘yib, o‘zini yoqib yubordi. U ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramay, tuman tibbiyot birlashmasida vafot etdi. Suiqasd sabablarini aniqlash uchun sud-tibbiy ekspertizasi tayinlandi.
Sirdaryo tumanidagi «Qolgansir» davlat o‘rmon ov xo‘jaligida sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida tabiatga salkam 500 mln so‘m zarar yetkazilgani aniqlandi. Hodisaga fermerlarning sholidan bo‘shagan yerda o‘simlik qoldiqlarini yoqqani sabab bo‘lgan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting