Jamiyat

IndiGo aviakompaniyasi Dehli va Toshkentni to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar bilan bog‘laydi
3 mart 2023, 09:09

IndiGo aviakompaniyasi Dehli va Toshkentni to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar bilan bog‘laydi

Avgust oyidan Hindistonning IndiGo aviakompaniyasi Dehli va Toshkentni to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar bilan bog‘laydi. Muntazam reyslar haftasiga 4 marta amalga oshiriladi.

2 mart kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
2 mart 2023, 22:00

2 mart kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Madaniyat vaziri o‘rinbosaridan «tarbiyaviy soat», Rossiya-Ukraina urushi haqida gapirgan AQSh davlat kotibi, iliq va yomg‘irli o‘tadigan mart oyi, tibbiyot xodimlariga qonunga zid qarshilik uchun jarima, pedagoglar faoliyatiga noqonuniy aralashganlik uchun javobgarlik va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.

Diniy qo‘shiq uchun 5 yilga qamalgan talaba shartli ozod qilindi
2 mart 2023, 21:32

Diniy qo‘shiq uchun 5 yilga qamalgan talaba shartli ozod qilindi

Diniy qo‘shiq — nashida uchun 5 yilga qamalgan 22 yoshli talaba Sardor Rahmonqulov ozodlikka chiqdi. Toshkent sudi hukmni shartli jazoga almashtirdi.

O‘quvchi qizlarning TikTok`dagi videosida huquqbuzarlik aniqlanmadi. XTBB bayonoti asossiz bo‘lib chiqdi
2 mart 2023, 21:00

O‘quvchi qizlarning TikTok`dagi videosida huquqbuzarlik aniqlanmadi. XTBB bayonoti asossiz bo‘lib chiqdi

Toshkentdagi 181-maktab o‘quvchilari «Za dengi da» qo‘shig‘iga video olgani ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘ldi. Shundan so‘ng poytaxt XTBB ularning ota-onalari jarimaga tortilishini aytdi. Aslida-chi, video rostdan odob-axloqqa to‘g‘ri kelmaydimi? Yoki boshqacha talqin qilindimi — «Gazeta.uz» surishtiruvi.

Pedagoglar faoliyatiga noqonuniy aralashganlar jarimaga tortiladi
2 mart 2023, 17:12

Pedagoglar faoliyatiga noqonuniy aralashganlar jarimaga tortiladi

O‘zbekistonda pedagoglarning ishiga to‘sqinlik qilganlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi. Ularni takror ma’muriy mehnatga jalb qilganlar BHMning 150−200 baravarigacha jarima yoki 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

Durable Beton barcha turdagi mustahkam beton mahsulotlarini namoyish etmoqda
2 mart 2023, 17:00

Durable Beton barcha turdagi mustahkam beton mahsulotlarini namoyish etmoqda

Durable Beton kompaniyasi UzBuild 2023 xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etmoqda. Bu safar kompaniya o‘zining yangi mahsuloti — Constant kimyoviy qo‘shimchasining taqdimotini o‘tkazdi.

Maersk Air Cargo yuk aviakompaniyasi O‘zbekistonga parvozlarni boshlaydi
2 mart 2023, 16:42

Maersk Air Cargo yuk aviakompaniyasi O‘zbekistonga parvozlarni boshlaydi

Daniyaning Maersk Air Cargo yuk aviakompaniyasi O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi. Kompaniya boshida haftasiga 6 marta reyslarni amalga oshiradi. Ilk parvoz 20 martga belgilangan.

Senat «Raqobat to‘g‘risida»gi qonunni ma’qulladi
2 mart 2023, 16:11

Senat «Raqobat to‘g‘risida»gi qonunni ma’qulladi

Oliy Majlis senatorlari tomonidan «Raqobat to‘g‘risida»gi qonun ma’qullandi. Senatorlarning fikriga ko‘ra, mazkur qonunning qabul qilinishi raqobatga qarshi harakatlarning kamayishiga, tovarlarning erkin harakatlanishiga, iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirishga huquqiy asos yaratadi.

Senat shifokorlarga «noqonuniy to‘sqinlik qilganlik» uchun javobgarlik belgilanishini ma’qulladi
2 mart 2023, 15:19

Senat shifokorlarga «noqonuniy to‘sqinlik qilganlik» uchun javobgarlik belgilanishini ma’qulladi

Senatorlar tibbiyot xodimlari faoliyatiga to‘sqinlik qilganlik uchun ma’muriy javobgarlikni joriy etishni ma’qulladi — BHMning 5−10 miqdorida jarima yoki 15 sutkagacha qamoq. Avvalroq SSV shifokorlarga qilingan hujumni jinoiy javobgarlikka tortishni taklif qilgandi.

Qoraqalpog‘istondagi jamoat transportlariga qariyb 800 mln so‘mlik kompensatsiya to‘lab beriladi
2 mart 2023, 15:11

Qoraqalpog‘istondagi jamoat transportlariga qariyb 800 mln so‘mlik kompensatsiya to‘lab beriladi

Qoraqalpog‘istonda Jo‘qorg‘i Kenes tomonidan jamoat transportlarining anomal sovuq davrida (12−31 yanvar kunlari oralig‘ida) metan o‘rniga Ai-80 markali benzin foydalangani bo‘yicha yuzaga kelgan xarajatlar qoplab beriladi. Bunda transport xizmatini ko‘rsatuvchi 81 korxona o‘z hujjatlarini topshirgan.

Toshkentdagi maktablar va ularning atrofi ichki ishlar xodimlari tomonidan qo‘riqlanadi
2 mart 2023, 15:02

Toshkentdagi maktablar va ularning atrofi ichki ishlar xodimlari tomonidan qo‘riqlanadi

Toshkentdagi barcha maktablarga ichki ishlar xodimlari biriktiriladi. Ular kun davomida muassasa hududi va uning atrofidagi ko‘chalarda patrullik qiladi. Poytaxt IIBBning qayd etishicha, bu ota-onalarning bola o‘g‘irlash haqidagi mish-mishlar bo‘yicha xavotirlariga javoban profilaktik chora hisoblanadi.

Toshkentda yo‘lovchi talashib mushtlashgan avtobus haydovchilari 7 sutkaga qamaldi
2 mart 2023, 14:53

Toshkentda yo‘lovchi talashib mushtlashgan avtobus haydovchilari 7 sutkaga qamaldi

Toshkentda avtobus haydovchilari yo‘lovchi talashib mushtlashgandi. Jinoyat ishlari bo‘yicha Yashnobod tuman sudi qarori bilan fuqarolar osoyishtaligini buzib, mayda bezorilik sodir qilgani uchun ularning har biriga 7 sutkadan ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

«Ramka»da yur, mentalitetga mos kuyla, lekin bu — senzura emas. Madaniyat vaziri o‘rinbosaridan «tarbiyaviy soat»
2 mart 2023, 14:47

«Ramka»da yur, mentalitetga mos kuyla, lekin bu — senzura emas. Madaniyat vaziri o‘rinbosaridan «tarbiyaviy soat»

Madaniyat va turizm vaziri o‘rinbosari Bahodir Ahmedov 24 fevralda «O‘zbekkonsert»da yig‘ilish o‘tkazdi. U o‘z chiqishida xonandalarning madaniyatsizligi va saviyasiz ijodini tanqid qilgan, Umra ziyoratidan piar yo‘lida foydalanayotgan va farzandini hujraga topshirgan san’atkorlar haqida gapirgan.

O‘z vaqtida olinmagan pensiyani to‘lash muddati 12 oydan 24 oygacha uzaytiriladi
2 mart 2023, 13:24

O‘z vaqtida olinmagan pensiyani to‘lash muddati 12 oydan 24 oygacha uzaytiriladi

2024 yildan o‘z vaqtida olinmagan pensiya pulini olish maqsadida murojaat etilganidan oldingi 24 oy davr uchun pul to‘lab beriladi. Qonunchilikka ko‘ra, avval bu muddat 12 oydan oshmasdi.

«Biznesning eng katta muammosi — kadrlar» — ISH.UZ
2 mart 2023, 13:00

«Biznesning eng katta muammosi — kadrlar» — ISH.UZ

ISH.UZ mutaxassislari xodimlar bilan ishlash jarayonida nimalarga e’tibor berish kerakligi va asosiy muammolarni hal qilish usullari haqida so‘zlab berdilar.

Qashqadaryoda pora olgan YPX xodimi obrazini yaratgan vaynerlar 15 sutkaga qamaldi
2 mart 2023, 11:57

Qashqadaryoda pora olgan YPX xodimi obrazini yaratgan vaynerlar 15 sutkaga qamaldi

Shahrisabz shahrida 2 fuqaro ichki ishlar xodimlarining maxsus kiyimini kiyib, video suratga oldi. Unda YPX xodimi pora olayotgan jarayon aks etgan. Sud yigitlarga nisbatan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosini tayinladi.

DXX korrupsiya va firibgarlikda gumonlangan mansabdorlarni qo‘lga oldi
2 mart 2023, 11:31

DXX korrupsiya va firibgarlikda gumonlangan mansabdorlarni qo‘lga oldi

Davlat xavfsizlik xizmati Toshkent shahri va Farg‘ona, Namangan viloyatlarida korrupsiya va firibgarlikda gumonlangan mansabdorlarni qo‘lga oldi. Ular fuqarolardan 5−10 ming dollar olayotgan vaqtlarida ushlangani aytilmoqda.

Mart oyi iliq va yomg‘irli o‘tadi
2 mart 2023, 10:48

Mart oyi iliq va yomg‘irli o‘tadi

O‘zbekistonda mart oyi iliq ob-havo bilan boshlanadi. Oyning ikkinchi va uchinchi o‘n kunliklarida harorat kechalari +5…+12 daraja, kunduzi +10…+25 darajagacha o‘zgarib turadi. Ayrim kunlarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Surxondaryoda yuk mashinasi kanalga tushib ketdi
2 mart 2023, 09:58

Surxondaryoda yuk mashinasi kanalga tushib ketdi

Jarqo‘rg‘on tumanidan oqib o‘tuvchi Zang kanaliga yuk mashinasi tushib ketdi. Mashina FVBning yong‘in qutqaruv otiryadi yordamida chiqarib olindi.

1 mart kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
1 mart 2023, 22:00

1 mart kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

1 martdan nimalar o‘zgarishi, bankrot bo‘lgan «Turkistonbank», piyodalar uchun sariq jilet haqidagi yolg‘on xabarlar, Nukus voqealarining navbatdagi figurantlariga qo‘yilgan ayblar, Toshkentga kelgan AQSh davlat kotibi, tezlik 60 km/soatga tushiriladigan hududlar va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting