Shavkat Mirziyoyev kambag‘al oilalardagi o‘zi harakatlana olmaydigan odamlarning 19 mingiga uyida va 4 mingiga kunduzgi qatnov asosida qarab turish yo‘lga qo‘yilishini ma’lum qildi. Bunda xususiy sektor ishtirok etadi va u xizmat ko‘rsatgan kambag‘al oilalar xarajatining 80 foizini davlat qoplab beradi.
Filologiya fanlari nomzodi, adabiyotshunos va yozuvchi Mahkam Mahmudov 84 yoshda vafot etdi. Adib “Abadiyat lahzalari”, “Men — men emasman”, “Mangu kuy izlab” singari asarlar yozgan. Adabiyot oldidagi xizmatlari uchun unga “El-yurt hurmati” ordeni berilgan.
2025-yildan oilaviy bog‘cha o‘rinlarining 15 foiziga kambag‘al oila farzandlari qabul qilinadi va to‘lovlari qisman qoplab beriladi. Prezident rektorlarga kambag‘al oiladan jami 4 ming nafar yoshni o‘qitishni topshirdi. Ularning chet tili, IT kabi to‘garaklari xarajatining 80 foizgacha qismi budjetdan to‘lanadi.
Prezident 2025-yil Investitsiya dasturiga kiradigan 598 ta ijtimoiy obyekt loyihasi nogironligi bor odamlarga moslab ishlab chiqilmagani tanqid qildi. Shavkat Mirziyoyev viloyat, tuman hokimlariga xatolarni to‘g‘rilash bo‘yicha topshiriq berdi.
Raqobat qo‘mitasi Yandex Go taksi xizmatlarining narxi dekabr oyining dastlabki 10 kunligida oshirilganini aniqladi. Qo‘mita kompaniyaga narxlarni pasaytirish bo‘yicha chora ko‘rish va narx algoritmini qayta ko‘rib chiqishi borasida ogohlantirish berdi.
Buxoro viloyatida Kiberxavfsizlik xizmati xodimlari 17 yoshli o‘smirni 34 mlrd so‘mlik kriptoaktivlarning noqonuniy savdosida gumonlab qo‘lga oldi. Jinoyat kodeksiga ko‘ra, u 5 yilgacha ozodlikdan mahrum etiladi, biroq jinoyatni ochishga yordam bersa, javobgarlikka tortilmasligi ham mumkin.
Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumanida faoliyat yurituvchi korxona rahbari tuman hokimligidan jami 1,5 mlrd so‘m miqdorida kompensatsiya undirdi. Aniqlanishicha, tadbirkorning 22 sotix yeri va binolari davlat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilib, zarari vaqtida qoplanmagach, fuqaro biznes ombudsmaniga murojaat qilgan.
Samarqand viloyatidagi fermer xo‘jaliklaridan biri tabaqalashtirilgan tarif bo‘yicha hisob-kitoblarni amalga oshirmay kelishi oqibatida elektr ta’minoti korxonasiga 4,6 mlrd so‘m zarar yetkazdi. Shu kabi holat yana ikkita tadbirkorlik subyektida kuzatildi. To‘plangan hujjatlar tegishli organlarga yuborildi.
Turkmanistonda unvon olgan Abdulaziz Komilov, o‘zgarishsiz qoldirilgan asosiy stavka, Yangi yil arafasida do‘konlarga narxlarni nazorat qilishni buyurgan Raqobat qo‘mitasi, maktablarda 29-dekabrdan boshlanadigan qishki ta’til va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.
BMTTD va boshqa tashkilotlar tadqiqoti shuni ko‘rsatdiki, O‘zbekiston aholisining aksariyati korrupsiya haqida xabar berishga tayyor, ammo o‘zlari uchun salbiy oqibatlardan qo‘rqadi. Ko‘pchilik pora olish va berishni qoralaydi, lekin jamiyatda sifatli xizmat uchun kichik sovg‘alar odatiy hol sifatida qabul qilinadi.
O‘zgidrometning xabar berishicha, 15−17-dekabr kunlari O‘zbekiston hududiga sovuq havo oqimi kirib keladi. Yomg‘ir va qor yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, harorat kechasi −8…−13 darajagacha, kunduzi 0…-5 darajagacha pasayadi.
Raqobat qo‘mitasi yirik savdo tarmoqlariga Yangi yil arafasida narxlarni nazorat qilib borish bo‘yicha topshiriqlar berdi. Chakana savdo tarmoqlari qo‘mitani narxning oshishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan omillar to‘g‘risida ogohlantiradi.
O‘zbekistonda “Toshkent Xalqaro matematika olimpiadasi” (TasIMO-II) o‘tkazilmoqda. Ushbu nufuzli musobaqa yosh matematiklarga o‘z iqtidorlarini namoyon etish va xalqaro arenada tanilish uchun zo‘r imkoniyat yaratadi.
Yangi yil aksiyasi doirasida Yunusabad Residence turar joy majmuasi 10 foizli minimal boshlang‘ich badal va 15 yil muddatga foydali ipoteka bilan premium kvartiralarni sotib olish imkonini beradi.
Rossiyaning Sverdlovsk viloyatida mushkul ahvolda qolgan ayol va uning to‘rt nafar farzandi O‘zbekistonga qaytarildi. Ayol turmush o‘rtog‘i va bolalari bilan sentabrda vaqtincha ishlash maqsadida Sverdlovskka borgan. Biroq erkak noqonuniy migratsiya sabab qo‘lga olingan.
Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti, Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti, TATU Qarshi filiali va TKTI Shahrisabz filiali negizida Qarshi davlat texnika universiteti tashkil etiladi. Mazkur oliygohlar talabalari o‘qishini yangi OTMda davom ettiradi.
Prezidentga Toshkentdagi Do‘stlik (sobiq Bobur) bog‘ini rekonstruksiya qilish loyihasi taqdim etildi. Daraxtlarni ko‘paytirish, to‘siqsiz muhit yaratish, xiyobonni kengaytirish kabilar reja qilinmoqda. “Bog‘ osuda muhitda dam olishni istagan aholi talablariga to‘liq javob beradi”, — dedi loyihachi.
Hukumat qarori bilan teatr va sirk artistlariga ham malaka toifasi berilishi belgilandi. Malaka toifasi yilda bir marta belgilanadi va badiiy kengash xulosasi asosida muassasa direktori buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi.
Prezidentga Toshkentdagi Abdulla Qodiriy bog‘ini rekonstruksiya qilish konsepsiyasi taqdim etildi. Bu yerda yangi daraxtlar ekiladi, kuzatuv minorasi va osma ko‘prik quriladi, metroga kirish qismi ochiladi va uning oldida maydon, tepasida esa gastro-xoll quriladi. Konsepsiya suratlari.
O‘zbekistonda maktab o‘quvchilari 29-dekabrdan qishki ta’tilga chiqadi. 3-chorak darslari 13-yanvardan boshlanadi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting