Jamiyat

Avtomobilda drift qilish va “shaxmat” usulida agressiv harakatlanish uchun javobgarlik belgilanmoqda
24 yanvar 2025, 14:39

Avtomobilda drift qilish va “shaxmat” usulida agressiv harakatlanish uchun javobgarlik belgilanmoqda

O‘zbekistonda endi transport vositasini keskin boshqarish, ya’ni drift qilish va “shaxmat” shaklida harakatlanish uchun javobgarlik belgilanmoqda. Bundan tashqari, transport vositasini takroran mast holda boshqarganlik uchun jinoiy javobgarlik joriy etilmoqda.

Toshkent viloyatida 51 yoshli ayol is gazidan zaharlanib vafot etdi
24 yanvar 2025, 14:34

Toshkent viloyatida 51 yoshli ayol is gazidan zaharlanib vafot etdi

Olmaliq shahrida yashagan 51 yoshli ayol o‘tkir is gazidan zaharlanish ortidan yuzaga kelgan o‘tkir yurak-qon tomir va nafas yetishmovchiligi oqibatida vafot etdi. Prokuratura tomonidan tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Senat huquq-tartibot xodimlari videolarini “obro‘sizlantirish maqsadida” tarqatishni taqiqlovchi qonunni ma’qulladi
24 yanvar 2025, 12:43

Senat huquq-tartibot xodimlari videolarini “obro‘sizlantirish maqsadida” tarqatishni taqiqlovchi qonunni ma’qulladi

Senat bir yildan ko‘proq muddatdan so‘ng huquq-tartibot xodimlari videolarini “obro‘sizlantirish maqsadida” tarqatishni taqiqlovchi qonunni ma’qulladi. Tegishli modda bilan aybdor deb topilgan shaxslar 10 sutkagacha ma’muriy qamoq bilan jazolanishi mumkin.

Toshkentdagi maktabning ikki o‘quvchisida sil kasalligi aniqlandi
24 yanvar 2025, 12:32

Toshkentdagi maktabning ikki o‘quvchisida sil kasalligi aniqlandi

Poytaxtning Shayxontohur tumanidagi maktabda o‘quvchi ikki qiz sil kasaliga chalingani ma’lum bo‘ldi. Shuningdek, uch o‘quvchi va bir o‘qituvchida kasallikka moyillik aniqlangani sababli profilaktik davo muolajalari boshlangan.

Dam olish kunlari quyoshli ob-havo bo‘lishi kutilmoqda
24 yanvar 2025, 11:30

Dam olish kunlari quyoshli ob-havo bo‘lishi kutilmoqda

Dam olish kunlari sovuq havo massalari chekina boshlaydi. Havo harorati kechasi −7…+3 darajagacha, kunduzi +7…+14 darajagacha ko‘tariladi. Joylarda tuman tushishi mumkin.

IIO tarkibida migratsion profilaktika bo‘linmalari tashkil etilmoqda
24 yanvar 2025, 11:05

IIO tarkibida migratsion profilaktika bo‘linmalari tashkil etilmoqda

Prezidentning 2025-yilda mahallalarda xavfsiz muhit yaratish to‘g‘risidagi qaroriga asosan ichki ishlar organlari huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘linmalari tarkibida migratsion profilaktika tuzilmalari tashkil etilmoqda.

Hyundai yangilangan avtomobil modellarini yillik 14% stavkada kreditga taklif qilmoqda
24 yanvar 2025, 11:00

Hyundai yangilangan avtomobil modellarini yillik 14% stavkada kreditga taklif qilmoqda

23-yanvardan boshlab Janubiy Koreyaning Hyundai brendining yangilangan avtomobillarini yillik 14%dan boshlanadigan stavka bilan kreditga sotib olish mumkin.

Qashqadaryoda 232 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan fuqaro 5 yilga qamaldi
24 yanvar 2025, 10:47

Qashqadaryoda 232 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan fuqaro 5 yilga qamaldi

Qarshi shahrida fuqaro davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan novvot ishlab chiqarish bilan shug‘ullangan va 232 mln 848 ming so‘mlik gazdan o‘g‘rincha foydalangan. Sud hukmi bilan unga 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Toshkentda 5 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
23 yanvar 2025, 17:55

Toshkentda 5 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Yunusobod tumanida Nexia, Lacetti va Spark avtomobillari ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. YHXB holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib bormoqda.

Senat oziq-ovqat xavfsizligi to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi
23 yanvar 2025, 17:28

Senat oziq-ovqat xavfsizligi to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi

Senatda “Oziq-ovqat xavfsizligi to‘g‘risida”gi qonun muhokama qilindi. Qonun oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, davlat zaxirasi, bozor mexanizmlari, iste’molchi huquqlari va davlat organlari vakolatlarini belgilaydi.

Jizzaxda 13 tup tut daraxti noqonuniy kesilgani aniqlandi
23 yanvar 2025, 16:34

Jizzaxda 13 tup tut daraxti noqonuniy kesilgani aniqlandi

Do‘stlik tumanida fuqaro 13 tup tut daraxtini noqonuniy kesgani aniqlandi. Buning oqibatida o‘simlik dunyosiga 738 mln 750 ming so‘m zarar yetdi. Hujjatlar prokuraturaga yuborildi.

Buxoroda 33 yoshli ayol tug‘uruq jarayonida vafot etdi
23 yanvar 2025, 15:56

Buxoroda 33 yoshli ayol tug‘uruq jarayonida vafot etdi

Buxoro viloyati perinatal markazida 33 yoshli ayol farzand dunyoga keltirayotgan vaqtda vafot etdi. U kasalxonaga tana haroratining 38 darajagacha ko‘tarilishi, qog‘onoq suvlari ketishi va umumiy holsizlik holatida olib kelingan. Ikki nafar mas’ul shifokor boshqa bo‘limga rotatsiya qilingan.

Aktyor Matyoqub Matchonov tanishini haqorat qilgan uchun javobgarlikka tortildi
23 yanvar 2025, 15:00

Aktyor Matyoqub Matchonov tanishini haqorat qilgan uchun javobgarlikka tortildi

Kinoarboblar ijodiy uyushmasi raisi Matyoqub Matchonov tanishini haqorat qilgani uchun javobgarlikka tortildi. Jabrlanuvchi taniqli aktyor bilan suhbatini diktofonga yozib olgan va uni IIBga bergan. Sud tomonidan Matyoqub Matchonovga 1 mln 125 ming so‘m miqdorida jarima jazosi tayinlandi.

Baytqo‘rg‘on va Parkentni bog‘laydigan temiryo‘l qurilishi boshladi
23 yanvar 2025, 12:29

Baytqo‘rg‘on va Parkentni bog‘laydigan temiryo‘l qurilishi boshladi

Toshkent viloyatining Qibray va Parkent tumanlarini bog‘laydigan elektrlashtirilgan temiryo‘l qurilishi boshlandi. Uning umumiy uzunligi 23,8 kilometrdan iborat bo‘ladi.

Toshkentda ozarbayjonlik tadbirkorlardan pul talab qilib kelgan jinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘yildi
23 yanvar 2025, 11:47

Toshkentda ozarbayjonlik tadbirkorlardan pul talab qilib kelgan jinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘yildi

IIV Tezkor-qidiruv departamenti Toshkentda tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchi ozarbayjonlik aka-ukalardan pul talab qilib kelgan jinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘ydi.

Toshkentda quvurga tushib ketgan 6 yoshli bolaning vafoti bo‘yicha aybdorga sud hukmi o‘qildi
23 yanvar 2025, 10:42

Toshkentda quvurga tushib ketgan 6 yoshli bolaning vafoti bo‘yicha aybdorga sud hukmi o‘qildi

Yozda Uchtepa tumanida 6 yoshli bola usti ochiq qoldirilgan issiq suv qudug‘iga tushib ketib halok bo‘lgandi. Quvurda ta’mirlash ishlarini olib borgan 32 yoshli ta’mirlash montajchisi uni ochiq qoldirib, atrofiga to‘siq o‘rnatmagani aniqlandi. Sud unga 2 yil 6 oy muddatga ahloq tuzatish ishlari jazosi tayinladi.

“Forma bo‘lmasa, darvozadan chiqarib yuboraman”. Qashqadaryoda maktab direktori o‘qituvchilarga forma uchun pul yig‘ishga ko‘rsatma berdi
23 yanvar 2025, 10:28

“Forma bo‘lmasa, darvozadan chiqarib yuboraman”. Qashqadaryoda maktab direktori o‘qituvchilarga forma uchun pul yig‘ishga ko‘rsatma berdi

Qarshi shahridagi 23-maktab direktori o‘qituvchilarga o‘quvchilar formasi uchun pul yig‘ishga ko‘rsatma berdi. “Nimchasi bo‘lmasa, darvozadan chiqarib yuboraman, menga formasiz o‘quvchi kerak emas”, — dedi u. Maktab ta’limi boshqarmasi direktor jarimaga tortilgani va bunday holatni keskin qoralashini bildirdi.

Toshkent — Xo‘jakent elektropoyezdi qatnovi “Chinorkent” bekatigacha uzaytirildi
23 yanvar 2025, 10:14

Toshkent — Xo‘jakent elektropoyezdi qatnovi “Chinorkent” bekatigacha uzaytirildi

Bo‘stonliq tumanida “Chinorkent” temiryo‘l bekati 22-yanvar kuni foydalanishga topshirildi. Shu munosabat bilan Toshkentdan Xo‘jakentgacha bo‘lgan elektropoyezd qatnovi 1,5 km masofaga — Chorvoq shaharchasida yaqinida joylashgan “Chinorkent” bekatigacha uzaytirildi.

Buxoro viloyatida 4 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi
23 yanvar 2025, 06:02

Buxoro viloyatida 4 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi

Buxoro viloyati Jondor tumanida 4 magnitudali yer silkinishi qayd etildi. Zilzila epitsentri Toshkentdan 526 km uzoqda joylashgan.

22-yanvar kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
22 yanvar 2025, 21:43

22-yanvar kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

To‘rtinchi bor viloyat hokimi bo‘lgan Erkinjon Turdimov, O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida besh yillik harbiy sheriklik dasturi, paxtani birja orqali sotishning yangi mexanizmi, bo‘lib to‘lash bozorini tartibga solishni o‘ylayotgan Markaziy bank va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting