Jamiyat

Chirchiqda tadbirkor soxta hujjatlar yordamida 4 mlrd so‘m kredit olgani aniqlandi
14 fevral 2022, 16:12

Chirchiqda tadbirkor soxta hujjatlar yordamida 4 mlrd so‘m kredit olgani aniqlandi

Chirchiq shahrida hujjatlari soxtalashtirilgan obyektni garovga qo‘yib, bankdan 4 mlrd so‘m kredit olgan tadbirkor aniqlandi. U barcha mablag‘larni o‘z ehtiyojlari uchun sarflab yuborgan. Tadbirkorga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda hayvonlarning pnevmatik quroldan otilishi bo‘yicha surishtiruv ishlari boshlandi
14 fevral 2022, 15:31

Toshkentda hayvonlarning pnevmatik quroldan otilishi bo‘yicha surishtiruv ishlari boshlandi

Toshkent shahrining Mirobod tumanida noma’lum erkak it va mushuklarni pnevmatik qurol yordamida otganligi aytilmoqda. Holat yuzasidan tergovgacha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Shavkat Rahmonov Namangan viloyati IIBga boshliq etib tayinlandi
14 fevral 2022, 14:59

Shavkat Rahmonov Namangan viloyati IIBga boshliq etib tayinlandi

Samarqand viloyati IIB boshlig‘i lavozimida xizmat qilgan Shavkat Rahmonov Namangan viloyati IIB boshlig‘i etib tayinlandi. U mazkur lavozimda Adil Ataxodjayevning o‘rnini egalladi.

Maktablardagi tungi tadbirlarga o‘qituvchilarni majburiy jalb etish taqiqlanadi — XTV
14 fevral 2022, 13:42

Maktablardagi tungi tadbirlarga o‘qituvchilarni majburiy jalb etish taqiqlanadi — XTV

Xalq ta’limi vazirligi kechki tadbirlarga pedagog xodimlar va o‘qituvchilarni majburiy jalb etish taqiqlangani haqida hududiy boshqarmalarni ogohlantirdi. Ta’kidlanishicha, ushbu tungi tadbirlar uyushmagan va 18−30 yosh orasidagi fuqarolarga mo‘ljallangan. Avvalroq, Andijon viloyatidagi maktablarda kechasi soat 22:00 ga qadar tadbirlar o‘tkazilayotgani xabar qilingandi.

Hafta davomida sovuq havo saqlanib qoladi
14 fevral 2022, 12:45

Hafta davomida sovuq havo saqlanib qoladi

Hafta mobaynida O‘zbekistonda sovuq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, bir necha kun davomida tungi sovuqlar ham saqlanib qoladi. Dushanba kungi yomg‘ir va qordan keyin boshqa yog‘ingarchilik kutilmaydi. Hafta oxirida esa havo biroz isishi mumkin.

Andijondagi portlashda Qirg‘iziston fuqarosi halok bo‘lgani aniqlandi
14 fevral 2022, 12:39

Andijondagi portlashda Qirg‘iziston fuqarosi halok bo‘lgani aniqlandi

Andijondagi portlashda halok bo‘lgan qurbon Qirg‘iziston fuqarosi ekanligi aniqlandi. FVV portlash oqibatida 1 kishi halok bo‘lgani, 11 kishi jarohatlangani haqida ma’lum qilgan edi. Voqea guvohlari halok bo‘lganlar soni bir kishidan ko‘proq bo‘lganligini ta’kidlagan edi.

Maktablarda kadr xizmati xodimlariga 16 mlrd so‘m kam oylik to‘langani aniqlandi
14 fevral 2022, 12:31

Maktablarda kadr xizmati xodimlariga 16 mlrd so‘m kam oylik to‘langani aniqlandi

Adliya vazirligi maktablardagi kadr xizmati xodimining lavozim razryadlarini pasaytirib ko‘rsatish oqibatida oylik maosh 16 mlrd so‘mga kamroq to‘lab berilganini aniqladi. Hozirga qadar ko‘rilgan ta’sir choralari natijasida esa faqatgina 3 mlrd so‘m maosh to‘lanishiga erishilgan.

Kollej va texnikumlar o‘quvchilariga ham stipendiya to‘lanishi mumkin
14 fevral 2022, 12:02

Kollej va texnikumlar o‘quvchilariga ham stipendiya to‘lanishi mumkin

Jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan prezident qarori loyihasiga ko‘ra, dual ta’lim shakliga o‘tgan kollej va texnikumlar o‘quvchilariga ham stipendiya to‘lanishi mumkin. Qolaversa, dual ta’lim shaklini joriy qilgan eng yaxshi 100 ta professional ta’lim muassasasiga har yili 50 mln so‘mdan mablag‘ ajratiladi.

Toshkentda «Malibu» urib yuborgan 45 yoshli piyoda vafot etdi
14 fevral 2022, 11:25

Toshkentda «Malibu» urib yuborgan 45 yoshli piyoda vafot etdi

Toshkent shahrining Mirobod tumanida «Malibu» haydovchisi 45 yoshli fuqaroni urib yubordi. Buning oqibatida piyoda olgan tan jarohatlari bilan voqea joyida vafot etgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Kovidning kunlik holati 322 tagacha kamaydi
14 fevral 2022, 10:23

Kovidning kunlik holati 322 tagacha kamaydi

Yakshanba kuni 322 kishining koronavirus infeksiyasiga topshirgan PZR-testi musbat natijani ko‘rsatdi — bu shanba kungi ko‘rsatkichga (439 ta) qaraganda 117 taga kam. Qolaversa, shu kuni koviddan 3 kishi vafot etdi, 61 kishida esa pnevmoniya aniqlandi.

Chimyon hududida qor ko‘chkisi xavfi e’lon qilindi
14 fevral 2022, 10:03

Chimyon hududida qor ko‘chkisi xavfi e’lon qilindi

Favqulodda vaziyatlar vazirligi fuqarolarni Chimyonda qor ko‘chishi xavfidan ogohlantirib, ehtiyot choralarini ko‘rish bilan birga «Diqqat! Qor ko‘chkisi xavfi mavjud» belgisi bilan cheklangan joylarga kirmaslikni so‘radi.

Toshkentdagi «Aviasozlar» saroyini rekonstruksiya qilish boshlandi
13 fevral 2022, 21:53

Toshkentdagi «Aviasozlar» saroyini rekonstruksiya qilish boshlandi

Yashnobod tumani hokimi Baxtiyor Rahmonqulov «Aviasozlar» saroyini to‘liq rekonstruksiya qilish boshlanganini ma’lum qildi. Saroy atrofida madaniy-istirohat bog‘i barpo etiladi. Prezident ikki yil avval saroyni rekonstruksiya qilishni buyurgan edi.

Hafta boshida respublikaning ayrim joylarida qor yog‘adi
13 fevral 2022, 15:10

Hafta boshida respublikaning ayrim joylarida qor yog‘adi

O‘zgidromet xabariga ko‘ra, 13−14 fevral kunlari respublikada ba’zi joylarda shamol kuchayishi, ayrim tumanlarda chang-to‘zonli qor yog‘ishi, 15−17 fevralda kechasi havo harorati -4− -7 darajagacha sovuqqa tushishi kutilmoqda. 14 fevral kuni respublika bo‘ylab joylarda shamol 17−22 m/s gacha, Navoiy, Jizzax, Surxondaryo, Farg‘ona viloyatlarining ayrim tumanlarida 25−28 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Yashnobod tumanidagi «Yangiobod» bozorida yong‘in yuz berdi
13 fevral 2022, 12:42

Yashnobod tumanidagi «Yangiobod» bozorida yong‘in yuz berdi

FVV xabariga ko‘ra, 13 fevral kuni poytaxtning Yashnobod tumani Yangiobod ko‘chasida joylashgan «Yangiobod» bozor hududida yong‘in sodir bo‘ldi. Yong‘in oqibatida bozor hududidagi rastalarning 120 kvadrat metriga zarar yetgan. Yong‘in oqibatida hech kim jabrlanmagan. Hozirda hodisa sabablari aniqlanayotgani aytildi.

Xalq ta’limi vaziri Andijonda uzr so‘rashga majburlangan o‘qituvchilar bilan uchrashdi
12 fevral 2022, 20:16

Xalq ta’limi vaziri Andijonda uzr so‘rashga majburlangan o‘qituvchilar bilan uchrashdi

Xalq ta’limi vaziri Baxtiyor Saidov Andijonda uzr so‘rashga majburlangan o‘qituvchilar bilan uchrashdi. U mazkur holatni «ustoz sha’nini yerga urish» deb baholab, bunga yo‘l qo‘ygan mutasaddilarga chora ko‘rilishini ma’lum qildi. Avvalroq, XTV uzr so‘rash tadbiri tuman hokimligi tashabbusi ekanligini tasdiqlagandi.

Qashqadaryo viloyati Muborak tuman IIB boshlig‘i hibsga olindi
12 fevral 2022, 19:44

Qashqadaryo viloyati Muborak tuman IIB boshlig‘i hibsga olindi

Juma kuni Qashqadaryo viloyati Muborak tuman IIB boshlig‘i protsessual tartibda hibsga olindi. U 50 ming dollar pora bilan ushlangani aytilgan Mirishkor tumani hokimi o‘rinbosariga sheriklikda gumonlanmoqda. Bundan tashqari, Muborak tuman IIB xodimlari 3ta o‘g‘rilik, 3ta bezorilik, bittadan talonchilik va firibgarlik jinoyatini yashirgani hamda OAVda yolg‘on axborot tarqatgani aniqlandi.

COVID-19: Kunlik holat 504 tagacha kamaydi
12 fevral 2022, 16:19

COVID-19: Kunlik holat 504 tagacha kamaydi

Juma kuni O‘zbekistonda 504 kishi topshirgan PZR-testi musbat natijani ko‘rsatdi — bu bir kun oldingi ko‘rsatkichga qaraganda 121 taga kam. COVID-19 asoratlari oqibatida 2 kishi vafot etdi. Qolaversa, shu kuni 89 kishida pnevmoniya aniqlandi.

Mahalla vaziri Samarqand viloyati IIB boshlig‘i etib tayinlandi
12 fevral 2022, 16:16

Mahalla vaziri Samarqand viloyati IIB boshlig‘i etib tayinlandi

2020 yildan beri mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri sifatida faoliyat yuritgan Rahmat Mamatov Samarqand viloyati IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. U mehnat faoliyati davomida Qashqadaryo, Farg‘ona va Xorazm viloyatlari IIB tizimida turli lavozimlarda, shuningdek ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari sifatida ham ishlagan.

Toshkentdagi mehribonlik uyida bolaga kuch ishlatgan tarbiyachi ishdan bo‘shatildi
12 fevral 2022, 13:38

Toshkentdagi mehribonlik uyida bolaga kuch ishlatgan tarbiyachi ishdan bo‘shatildi

Poytaxtdagi 21-sonli mehribonlik uyida bolaga jismoniy tazyiq o‘tkazganlikda gumon qilingan tarbiyachi o‘z arizasiga muvofiq ishdan bo‘shatildi. Jabrlanuvchining o‘ng qo‘l tirsagi, chap yelkasi va o‘ng oyog‘ining son qismida ko‘kargan yaralar aniqlandi. Mehribonlik uyi shifokori unga ko‘rsatgan yordamini bemorlar jurnaliga kiritmagani ham ma’lum bo‘ldi. Yunusobod tuman prokuraturasi tekshiruv o‘tkazmoqda.

Mehnat vazirligi Toshkent viloyati hokimligida soat 7:00 da yig‘ilish o‘tkazilganini tasdiqladi
12 fevral 2022, 12:48

Mehnat vazirligi Toshkent viloyati hokimligida soat 7:00 da yig‘ilish o‘tkazilganini tasdiqladi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari Xolmirza Niyozov shanba kuni soat 7:00 da tuman hokimlari, boshqarma va tashkilot rahbarlarini yig‘ilishga chaqirgani aks etgan xat tarqaldi. Mehnat vazirligining Davlat mehnat inspeksiyasi boshlig‘i Qudratullo Odinayev soat 7:10 da hokimlikka borib, majlis o‘tkazilayotganini aniqladi. «Biroq, yig‘ilganlar vazirlik vakillarini ko‘rishi bilan majlisdan chiqib ketgan», — deyiladi xabarda.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting