Qamchiq dovonida VOLVO rusumli yuk mashinasi xaydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, qarama-qarshi yo‘nalishdagi 2 ta Isuzu`ga borib urildi. Yuk mashinalarining birida yong‘in chiqdi. FVV xodimlari va qutqaruvchilar yong‘inni o‘chirib, jabrlangan 3 nafar haydovchini shifoxonaga yubordi.
Samarqand viloyatida jami 1,9 mlrd so‘m, Toshkent shahrida esa 400 mln so‘mdan ziyod kredit mablag‘lari talon-toroj qilingani aniqlandi. Gumonlanuvchilar — bank xodimlari va fuqarolarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Hukumat qarori bilan 1 yanvardan shaharsozlik normalari va qoidalari kamida har 3−4 yilda qayta ko‘rib chiqiladi va zaruratga ko‘ra yangilab boriladi. Qurilish materiallari va jihozlariga oid standartlar faqat Qurilish vazirligi tomonidan qabul qilinadi.
Toshkentda so‘nggi ikki kun ichida to‘rt kishi spirtli ichimliklardan zaharlanishdan vafot etdi, bir kishi komada. Prokuratura xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlar ishlab chiqarish va sotish bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atdi.
Transport vazirligi jamoat transportini yangi modelga o‘tkazish bo‘yicha loyihani ishlab chiqmoqda, bunda shahar yo‘lovchi tashuvchiga xizmatlar sifati uchun haq to‘laydi. U ishga tushirilishi bilan Navoiy ko‘chasida avtobuslar uchun yo‘laklar joriy qilinadi. Mutaxassis Murod Obidov bu nima uchun zarurligini tushuntirdi.
Triatlon bo‘yicha Osiyo Kubogida 25 davlatdan 70 nafar sportchi ishtirok etdi. Unda O‘zbekiston terma jamoasidan besh nafar sportchi ishtirok etdi.
Iqtisodchi Otabek Bakirovning yozishicha, birgina sentabr oyining o‘zida 78,2 ming rossiyalik turist O‘zbekistonga keldi. Rasmiy statistika esa, yanvar-sentabr oylarida 3,6 mln nafar chet elliklar kelganini qayd etdi. Rossiyadan keluvchilarning maqomi va soni to‘g‘risida aniq raqamlar taqdim etilgani yo‘q.
Poytaxtda transport harakati tezligini 50 km/soatgacha pasaytirish to‘g‘ri qaror, lekin O‘zbekiston ko‘chlarida yo‘l belgilari mutlaq yetishmaydi, deya ta’kidladi Kamoliddin Rabbimov. U shuningdek, shaharlararo trassalarda aholi yashash punktlari ko‘pligi va ularda harakat cheklanganini ham tanqid qildi.
Avvaliga shu yilning yoz faslida, keyinchalik esa 1 sentabrda ochilishi aytilgan G‘afur G‘ulom bog‘i hanuz foydalanishga tayyor emas. Parkni 49 yilga ijaraga olgan BMP Smart Decision Management kompaniyasi vakili esa aniq qaysi sanada ochilishini ham ayta olmadi. “Gazeta.uz” ish jarayonidan fotoreportaj tayyorladi.
Poytaxtlik deputatlar Kichik halqa avtomobil yo‘li ichida joylashgan barcha ko‘chalarda transport vositalarining harakat tezligini 60 km/soatgacha, yana 10 yaqin markaziy ko‘chada esa 50 km/soatgacha cheklash to‘g‘risida qaror qabul qildi. Ushbu chora samara bersa, shahardagi barcha ko‘chalarda tezlik pasaytiriladi.
O‘zbekiston hududida haftaning ikkinchi yarmida antitsiklon periferiyasining ta’siri susayadi va kunduzi harorat yana iqlim me’yoridan yuqori, +28 darajagacha isiydi.
Ilmiy-texnikaviy matnlar son-sanoqsiz ruscha-baynalmilal istilohlar bilan to‘lib-toshgan. Ularning mazmunni tushunish ziyolilarga ham nasib etavermaydi. Bu hol zudlik bilan o‘zgartirishni talab qiladi, deyiladi 1990 yilda hammualliflikda chop etilgan va hozirda ham o‘zining dolzarbligini yo‘qotmagan maqolada.
Navoiy shahridagi koloniyalardan birida 2018 yilda 15 yil 1 oyga ozodlikdan mahrum etilgan erkak o‘z joniga qasd qildi. Holat yuzasidan shahar maxsus prokuraturasi tergovga qadar tekshiruv ishlarini boshladi.
Amir Temurning hayoti va faoliyati haqida o‘zbek tilida bitilgan eski qo‘lyozma aniqlandi. Kitob Amir Temur haqida yozilgan va shu paytga qadar yetib kelgan turkiy qo‘lyozmalarning hozircha eng qadimiysi bo‘lishi mumkin.
6 oktabr kuni poytaxtda bojxonachilar va DXX xodimlari oldindan kuzatuvga olingan shaxs boshqaruvidagi Isuzu yuk mashinasini to‘xtatganda undan 433 mln so‘mlik pirotxenika vositalari topildi. Organ xodimlari hodisa bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv boshladi.
Hukumat qarori bilan murojaatlar bilan ish olib boruvchi xodimlar malakasini oshirish tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlandi. Endi ushbu xodimlar malakasini oshirish har 3 yilda kamida bir marta amalga oshiriladi. Malaka oshirish bilan bog‘liq xarajatlar ish beruvchi hisobidan qoplanadi.
Toshkent shahri Maxtumquli ko‘chasida BMW yo‘lni ajratuvchi to‘siqdan oshib o‘tib, Nexia-3 ustiga tushdi. Oqibatda Nexia-3 haydovchisi va yo‘lovchisi vafot etdi.
1989 yil mart oyi, o‘shanda Hamid G‘ulom bildirgan fikrlar bugungi kunning yuziga oyna tutgandek dolzarbligicha qolmoqda: «Tilimizga e’tibor sezilmaydi. Tarjimonlarimiz tilimizni yaxshi bilishmaydi. Chunki rag‘bat yo‘q. Bu rag‘batni o‘zimiz so‘ndirganmiz. Tilimizga e’tiborsizlik o‘zimizdan boshlangan».
Senat qonunchilikka aholi punktlarining tarkibiy qismlariga jahon tarixida muhim iz qoldirgan shaxslarning nomlarini berish imkoniyatini taqdim etuvchi o‘zgartishlar kiritilishini ma’qulladi. Bundan tashqari, endilikda joylarni nomlash yoki qayta nomlashda aholining fikri ham inobatga olinadi.
Bundan 10 yillar avval yozuvchi Ahmad A’zam: «Davlatimizga madhu sano o‘qimang, uning tiliga amal qiling. Ustozlar o‘quvchilar shevasini adabiy tilga burib, uni o‘rgatadigan qonun majburiyatlari qayerda qoldi? Endi buni qilib bo‘lmaydi, deb o‘ylaysizmi? Yo‘q, bo‘ladi!» degandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting