Jamiyat

Samarqandda fuqarolarni AQShga jo‘natish evaziga $27 ming talab qilgan shaxslar ushlandi
10 fevral 2023, 16:31

Samarqandda fuqarolarni AQShga jo‘natish evaziga $27 ming talab qilgan shaxslar ushlandi

Samarqandda fuqarolarni Yevropa va Meksika orqali AQShga yuborishni va’da qilib, 27 ming dollar talab qilganlikda gumonlanayotgan 2 nafar shaxs qo‘lga olindi. Ular yana bir kishidan 22 500 dollar olgani aytilmoqda.

Suv hisobini onlayn rejimda monitoring qilish tizimi yo‘lga qo‘yiladi
10 fevral 2023, 14:54

Suv hisobini onlayn rejimda monitoring qilish tizimi yo‘lga qo‘yiladi

2023 yilgi davlat dasturiga ko‘ra, jami 13 057 suv xo‘jaligi obyektlarida raqamli texnologiyalar joriy etilib, «Aqlli suv» qurilmalari o‘rnatiladi. Suvning hisobi onlayn rejimda monitoring qilinib, respublika bo‘ylab suvning aniq hisobini yuritish, foydalanish va operativ boshqarish imkoniyati oshiriladi.

Toshkentda yog‘ingarchilik tufayli yangi trotuar va veloyo‘laklarga shikast yetdi
10 fevral 2023, 14:45

Toshkentda yog‘ingarchilik tufayli yangi trotuar va veloyo‘laklarga shikast yetdi

Kuchli qor yog‘ishi va qattiq sovuqdan so‘ng Toshkentdagi yangi beton trotuarlar va veloyo‘laklar buzila boshladi. Hokimlik ularni ta’mirlash bo‘yicha reja ishlab chiqilgani, ob-havo yaxshilanishi bilan ish boshlanishini bildirdi.

O‘zbekiston va Afg‘oniston temir yo‘llari o‘rtasida yuk tashuvi tiklandi
10 fevral 2023, 14:32

O‘zbekiston va Afg‘oniston temir yo‘llari o‘rtasida yuk tashuvi tiklandi

Afg‘oniston temir yo‘l boshqarmasi va «Sogdiana trans» o‘rtasida Hayraton−Mozori-Sharif temir yo‘lining ekspluatatsiyasini davom ettirish bo‘yicha yangi shartnoma imzolandi. Mamlakatlar o‘rtasidagi qatnov shartnoma o‘z vaqtida bajarilmagani sababli to‘xtatilgandi.

Urganchda 10 mlrd so‘mdan ortiq kredit mablag‘larini o‘zlashtirishda gumonlanganlar qo‘lga olindi
10 fevral 2023, 14:17

Urganchda 10 mlrd so‘mdan ortiq kredit mablag‘larini o‘zlashtirishda gumonlanganlar qo‘lga olindi

Urganchda o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda ikkita MCHJ rahbari hududiy tijorat banki filialidan ajratilgan 5,8 va 4,5 milliard so‘m kreditni o‘zlashtirgani aniqlandi. Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Qoraqalpog‘istonda o‘t-cho‘plar qurigan maydonda yong‘in bo‘ldi
10 fevral 2023, 13:51

Qoraqalpog‘istonda o‘t-cho‘plar qurigan maydonda yong‘in bo‘ldi

To‘rtko‘l tumanida «Amudaryo» daryosi bo‘yidagi Xorazm viloyati bilan chegaradosh hududda qurigan o‘t-cho‘plarda yong‘in paydo bo‘lgan. Voqea sabab hech kim tan jarohatini olmagan va halok bo‘lmagan.

Turkiyada o‘zbekistonlik FVV xodimlari 77 kishini vayronalar ostidan olib chiqdi
10 fevral 2023, 13:44

Turkiyada o‘zbekistonlik FVV xodimlari 77 kishini vayronalar ostidan olib chiqdi

Turkiyaning Hatay viloyatida o‘zbekistonlik qutqaruvchilar 4 kun ichida jami 77 kishini zilzila oqibatida buzilgan binolar ostidan chiqarib oldi. Qutqaruv ishlari davom etyapti.

Foto: Farg‘onada yo‘lning qatnov qismi o‘pirilib tushdi
10 fevral 2023, 12:48

Foto: Farg‘onada yo‘lning qatnov qismi o‘pirilib tushdi

Beshariq tumanida yo‘lning qatnov qismi o‘pirilib, oqibatda Nexia haydovchisi jarohatlandi. Holat o‘rganilmoqda.

O‘zbekistonda dam olish kunlari quruq ob-havo kuzatiladi
10 fevral 2023, 12:10

O‘zbekistonda dam olish kunlari quruq ob-havo kuzatiladi

O‘zbekistonning barcha hududlarida dam olish kunlari quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Faqat ayrim tog‘li hududlarda biroz qor yog‘ishi mumkin. Harorat kechalari −2…−7 daraja, kunduzi +2…+5 darajagacha bo‘ladi, janubda +7…+9 darajagacha isiydi.

Prezident Jizzax viloyatiga tashrif buyuradi
10 fevral 2023, 10:58

Prezident Jizzax viloyatiga tashrif buyuradi

Juma kuni prezident Shavkat Mirziyoyev iqtisodiy va ijtimoiy obyektlar faoliyati bilan tanishish va boshqa dolzarb masalalarni muhokama qilish uchun Jizzaxga boradi.

Qirg‘izistondan O‘zbekistonga olib o‘tuvchi yana 2 ta noqonuniy tunnel topildi
10 fevral 2023, 10:28

Qirg‘izistondan O‘zbekistonga olib o‘tuvchi yana 2 ta noqonuniy tunnel topildi

Andijonda Qirg‘izistondan noqonuniy olib o‘tuvchi 2 ta yerosti yo‘li aniqlandi. Har ikkisining eni 60 sm, balandligi 1,5 metr, uzunligi taxminan 150−200 metrga teng.

O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Rossiya fuqarolari Turkiyadan Toshkentga evakuatsiya qilindi
10 fevral 2023, 10:06

O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Rossiya fuqarolari Turkiyadan Toshkentga evakuatsiya qilindi

O‘zbekiston Mudofaa vazirligining harbiy samolyoti Turkiyaning Gaziantep va Shanliurfa shaharlarida yashovchi 17 kishini Toshkentga evakuatsiya qildi. Ulardan 11 nafari O‘zbekiston, 6 nafari Qirg‘iziston va 1 nafari Rossiya fuqarolari.

9 fevral kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
9 fevral 2023, 22:00

9 fevral kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Turkiya elchixonasiga borgan Shavkat Mirziyoyev, davlat panel o‘rnatgan tadbirkorlardan elektrni kafolatli sotib olishi, davlat budjeti taqchilligiga izoh, Qo‘yliq bozoridan Food City`gacha bepul avtobus, O‘zbekistonga $150 mln kredit ajratgan OTB va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.

Toshkentda suv ta’minoti xodimi tuproq bosib qolishi oqibatida halok bo‘ldi
9 fevral 2023, 18:47

Toshkentda suv ta’minoti xodimi tuproq bosib qolishi oqibatida halok bo‘ldi

«Olmazor suv ta’minoti» xodimi nosozlikni bartaraf etish jarayonida tuproq bosib qolishi oqibatida vafot etdi. Holat bo‘yicha tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Toshkentdagi havo sifati aholi salomatligiga yiliga 503 ta sigaret chekilgandek ta’sir qiladi
9 fevral 2023, 18:43

Toshkentdagi havo sifati aholi salomatligiga yiliga 503 ta sigaret chekilgandek ta’sir qiladi

Havo sifatining yomonligi toshkentliklar salomatligiga bir yilda 503 dona sigaret chekilgandek ta’sir qiladi. Toshkent dunyoning ifloslangan havosi salomatlikka eng ko‘p ta’sir ko‘rsatadigan 20 ta yirik shaharlar orasida Jakarta va Olmaota o‘rtasida 16-o‘rinni egalladi.

Qo‘llanma: Zilzila bo‘layotganida nima qilish va nima qilmaslik kerak?
9 fevral 2023, 18:41

Qo‘llanma: Zilzila bo‘layotganida nima qilish va nima qilmaslik kerak?

Turkiyada yuz bergan zilzila oqibatida minglab insonlar halok bo‘ldi. Ushbu hodisa dunyoning boshqa nuqtalarida ham zilzila va u sodir bo‘layotganida qanday harakat qilish lozimligi haqidagi ma’lumotlarga bo‘lgan qiziqishni oshirdi. Ushbu maqola — aynan zilzila vaqti qanday yo‘l tutish kerakligi haqida.

ASUS Zenbook Pro 14 Duo OLED: ikki baravar katta foydalanish maydonga ega kuchli kompyuter
9 fevral 2023, 17:00

ASUS Zenbook Pro 14 Duo OLED: ikki baravar katta foydalanish maydonga ega kuchli kompyuter

Zenbook Pro 14 Duo OLED — bu talabchan ilovalarda ishlash uchun maksimal foydalanish maydoniga muhtoj bo‘lgan ijodkorlarga mo‘ljallangan kuchli va chiroyli mobil yechimdir.

Qo‘yliq bozoridan Food City`gacha bepul avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
9 fevral 2023, 16:55

Qo‘yliq bozoridan Food City`gacha bepul avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

Food City savdo majmuasi — Qo‘yliq 7-metro bekati yo‘nalishida bepul avtobus harakati yo‘lga qo‘yiladi. Shuningdek, ayrim avtobus va yo‘nalishli taksilar harakati ham Food City avtoshohbekatigacha uzaytiriladi.

Kollej va texnikumlarga qabul bir yilda ikki marta bo‘lishi mumkin
9 fevral 2023, 15:59

Kollej va texnikumlarga qabul bir yilda ikki marta bo‘lishi mumkin

Davlat dasturi loyihasida kollej va texnikumlarga o‘quvchilarni qabul qilishni bir yilda ikki marta tashkil etish ko‘zda tutilgan. Shuningdek, texnikumlarda mutaxassislik yo‘nalishidan kelib chiqib davlat granti ajratishni joriy etish orqali umumiy davlat granti ulushni 50 foizga yetkazilishi belgilangan.

«To‘g‘ri ovqatlanish va sog‘lom turmush tarzi» umummilliy harakati yo‘lga qo‘yilishi mumkin
9 fevral 2023, 15:51

«To‘g‘ri ovqatlanish va sog‘lom turmush tarzi» umummilliy harakati yo‘lga qo‘yilishi mumkin

2023 yilgi davlat dasturi loyihasiga ko‘ra, aholi orasida yuqumli bo‘lmagan kasalliklarning oldini olish, jismoniy faollik darajasini oshirish maqsadida O‘zbekistonda «To‘g‘ri ovqatlanish va sog‘lom turmush tarzi» umummilliy harakati yo‘lga qo‘yiladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting