Toshkent xalqaro aeroportida yo‘lovchilarni kutib oluvchilar uchun 2 ta hudud quriladi — biri mavjud soyabonlar o‘rniga, ikkinchisi — ketish va kelish zallari oralig‘idagi P2 avtoturargohida.
Chilonzor, Sergeli va Xo‘jaobod tumanlarida kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini noqonuniy saqlagan va sotgan shaxslar ushlandi. Holatlar yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
Chashma-Oqrabot stansiyalari oralig‘ida tuproq ko‘chkisi sodir bo‘ldi. Shu sababli 80/79-sonli Toshkent-Termiz-Toshkent va 682/681-sonli Qumqo‘rg‘on-Sariosiyo-Qumqo‘rg‘on yo‘nalishlaridagi poyezdlar harakati bir reysga to‘xtatiladi.
Turkiyaga ketgan O‘zbekiston FVV xodimlari qutqaruv ishlari boshlangandan buyon 13 nafar jarohatlangan va 38 nafar halok bo‘lganlarni vayronalar ostidan olib chiqdi. Jarayon davom etmoqda.
6 fevraldagi zilzila qurbonlari soni 15 ming kishidan oshdi. Olimlar Turkiyada yaqin yillarda yana bir kuchli zilzila yuz berishi mumkinligi, undan 15 mln aholi yashaydigan Istanbul jiddiy jabr ko‘rishi haqida ogohlantirmoqda. Shahardagi tartibsiz qurilishlar ahvolni og‘irlashtiruvchi omil sifatida ko‘rsatilyapti.
Xitoy aviakompaniyasi Siandan Toshkentga aviaparvozlarni 10 fevraldan tiklamoqda. Reyslar 2020 yilda pandemiya sababli to‘xtab qolgandi.
O‘zgidromet rahbari 9 fevral kuni hududlarda me’yordan yuqori darajada shamol bo‘lishi kutilayotgani, shu sabab poytaxtdagi mashina egalariga avtomobillarini xavfsiz joyga qo‘yishni tavsiya qildi.
Elektromobillar uchun TOK BOR quvvatlash stansiyalarini bepul o‘rnatish orqali yuqori daromadli iste’molchilarni biznesingiz joylashgan hududga jalb qilishingiz mumkin.
Huquq-tartibot idoralarining 3 nafar xodimi iyul oyida sodir bo‘lgan Nukus voqealarida noqonuniy xatti-harakatlar sodir etganlikda ayblandi. Bosh prokuraturaga ko‘ra, ular qamoqqa olindi.
Moldova diniy ekstremistik faoliyatga aloqadorligi uchun Interpol qidiruviga berilgan shaxsni O‘zbekistonga topshirdi.
Jismoniy tarbiya va sport universiteti hamda uning Farg‘ona filialida qonunchilik talablari buzilgani aniqlandi. Xususan, ijodiy imtihon ballari oshirib qo‘yilgan, kvotalar sun’iy oshirilgan, korrupsiya va talon-toroj qilish kabi holatlarga yo‘l qo‘yilgan. Hozirda tergov olib borilmoqda.
O‘zbekiston va Afg‘oniston chegarasi neytral hududida joylashgan Amudaryo ichkarisidagi kichik orolchalarda qamishzorlar yoqib yuborildi. Surxondaryo hokimligi ushbu tadbir rejaga muvofiq o‘tkazilganini ma’lum qilib, ortiqcha vahimaga berilmaslikni so‘radi. Biroq oldindan ogohlantirish bilan chiqmadi.
Turkiyada qidiruv-qutqaruv operatsiyasi boshlanganidan buyon O‘zbekiston qutqaruvchilari vayronalar ostidan 11 kishining hayotini saqlab qoldi, 33 kishining jasadini aniqladi.
Hibsga olingan bloger Abduqodir Mo‘minov, Turkiyada ketgan o‘zbekistonlik FVV xodimlari, Markaziy va Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlarining yangi qo‘mondonlari, gullarga to‘layotgan O‘zbekistondagi Turkiya elchixonasi, metro qurilishi bilan tanishgan Shavkat Mirziyoyev va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.
Parlament komissiyasi Polat Shamshetovning kameradoshlariga tayanib, uning ko‘p tamaki chekkani tufayli nafas olishi og‘irroq bo‘lib qolganini ma’lum qildi. O‘sha kuni marhum ko‘p bezovtalangan, to‘satdan ularning ko‘z o‘ngida hushini yo‘qotgan.
Toshkentdagi «Texnopark» majmuasida zilziladan jabr ko‘rgan Turkiya aholisiga insonparvarlik yordami yig‘ilmoqda. Bu yerga issiq kiyim-kechak, oziq-ovqat, birlamchi ehtiyoj buyumlari, poverbanklar, tok generatorlari keltirilmoqda. Xohlovchilar juma kuni kechqurungacha yordam berishlari mumkin.
Turkiyaning Xatay va Malatya shaharlarida vayronalar ostidan o‘zbekistonlik bir ayol va bir erkak qutqarib olindi. Avvalroq Qahramonmarashda vayronalar ostidan o‘zbekistonlik topilgani haqida xabar berilgandi. Zilzila qurbonlari soni esa 8500 dan oshdi.
O‘zbekiston prezidenti Toshkentda chiqindilarni qayta ishlash hajmini kamida 50 foizga oshirish bo‘yicha topshiriq berdi. Hozirda bu ko‘rsatkich 18 foizni tashkil etadi.
O‘zbekiston prezidenti 1 aprelgacha Toshkentga 1000 ta avtobus olib kelinishini ma’lum qildi (avvalroq 1 martgacha ekani aytilgandi). Shuningdek, joriy yilda 25 ta ko‘chada jamoat transporti uchun ajratilgan yo‘laklar, 20 ta ko‘chada pullik to‘xtash joylari paydo bo‘ladi.
Shavkat Mirziyoyev poytaxt bosh reja tasdiqlanmaguncha yangi qurilishlarga moratoriy e’lon qilinishini aytdi. Bundan tashqari, 2023 yilda Toshkent shahrining yashillik darajasini 28 foizga yetkazish vazifasi qo‘yildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting