DXX Sirdaryoda Milliy gvardiya bo‘limi bosh inspektori, Qashqadaryoda “Hududiy elektr tarmoqlari” bosh muhandisi, Jizzaxda “Toza hudud” bosh hisobchisi, Navoiyda esa Hakamlik sudlari assotsiatsiyasi sudyasini fuqarolardan vakolatidan foydalanib, pul olgan vaqtida ushladi. Ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Pedagoglar kasbiy sertifikat nazorat sinovida qatnashish uchun davlat xizmatlari markazlariga shaxsan borib yoki YAIDXP (my.gov.uz)da to‘ldirgan holda ro‘yxatdan o‘tishi mumkin bo‘ldi. Birinchi marta kasbiy sertifikat olish bo‘yicha nazorat sinovida ishtirok etish uchun talabgordan to‘lov undirilmaydi.
O‘zbekistonda Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqining ofisi ochildi. U yangi Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universitetida joylashgan. IUCN bosh direktori Gretel Agilar ofis va universitetning ochilish marosimida ishtirok etdi.
Bir hafta davomida O‘zbekistondagi axborot tizimlariga 32 156 ta kibertahdid uyushtirilgani aniqlandi. Ulardan eng ko‘pi hukumatga tegishli axborot tizimlariga nisbatan uyushtirilgan bo‘lib, jami ko‘rsatkichning 52,7 foizini tashkil etadi.
Uychi tumani orqali Uchqo‘rg‘on va Norin tumanlarini Namangan viloyati markazi bilan bog‘lovchi yangi yo‘l va Norin daryosi ustiga ko‘prik quriladi, mazkur loyihalarning umumiy uzunligi 17,5 kilometrni tashkil etadi. Ko‘prikning qiymati 53,6 mlrd so‘m bo‘lib, uning uzunligi 482 metr bo‘ladi.
Shanba kuni Yunusobod tumanidagi 259-maktabning futbol maydoni oldidan hushsiz holda topilgan 3-sinf o‘quvchisi shifoxonada vafot etdi. Holat yuzasidan sud-tibbiy ekspertiza tayinlanib, tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.
2023-yilda Toshkent shahrida YTHlar oqibatida 95 kishi halok bo‘ldi, ulardan 10 nafari — bolalar. 1248 kishi (235 bola) jarohat oldi, xususan, 10 nafari umrbod nogiron bo‘lib qoldi. Poytaxt prokurori fuqarolarga murojaatida shaharda yo‘l harakati xavfsizligi sohasidagi ayanchli vaziyat haqida gapirdi.
“Toshshahartransxizmat” rahbari ishi doirasida ushlangan shaxslar, maktablardagi davomatni tekshiradigan Milliy gvardiya, “Dok-1 Maks” sudining muzokara bosqichi, qayta tashkil etilgan TDIUning vazifalari va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunliy dayjestida.
Prokuror suddan “Dok-1 Maks” siropi ishi bo‘yicha Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi sobiq rahbarini 18 yilga, Quramax kompaniyasi sobiq direktorini esa 20 yilga ozodlikdan mahrum qilishni, shuningdek, sudlanuvchilardan halok bo‘lgan bolalar oilalariga 100 mln so‘mdan undirishni so‘radi.
Maktabdagi davomat muammosini hal qilishga Milliy gvardiya ham qo‘shildi. Internetda xodimlar o‘quvchi va o‘qituvchilarga mas’uliyat haqida gapirayotgani aks etgan videolar tarqalib, jamoatchilik savollariga sabab bo‘ldi. “Gazeta.uz” Ta’lim vazirligi va Milliy gvardiya vakillarining fikrlarini bir yerga to‘pladi.
O‘zbekiston prezidentining ma’lum qilishicha, O‘zbekiston Ustyurt platosi kengliklarida yashagan va inson omili ta’sirida yo‘qolib ketgan Osiyo qoploni populyatsiyasini qayta iqlimlashtirish niyatida. Olimlar va ekspertlar bu yo‘nalishda hamkorlikka qilishga taklif etiladi.
HONOR brendi O‘zbekistonga 2021-yilda kirib kelgan bo‘lib, foydalanuvchilar orasida innovatsion gadjetlari va Magic OS operatsion tizimi bilan mashhur.
2023-yilda O‘zbekistonda 203 nafar shaxs oiladagi zo‘ravonlik bo‘yicha Jinoyat kodeksiga muvofiq sudlanib, ularning 59 nafari qamaldi. Shuningdek, 8928 kishi ma’muriy javobgarlikka tortildi.
O‘zgidromet favqulodda e’lon berdi, unga ko‘ra, jumadan boshlab O‘zbekistonning aksariyat hududlarida yomg‘ir yog‘ib, qorga aylanishi kutilmoqda. Ayrim joylarda yog‘ingarchilik kuchli bo‘ladi, shamol 25−28 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Chirchiq shahridagi xususiy bog‘chada tarbiyachi tushlik paytida uxlay olmay yig‘layotgan bolani urib, hojatxonaga qamab qo‘ydi. Bolalar ombudsmani voqeaga tarbiyachining oilaviy sabablarga ko‘ra asabiy holatda bo‘lganini va u ishdan olinganini bildirdi. Holat bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.
Hafta davomida O‘zbekistonning barcha hududlarida quruq va juda iliq ob-havo saqlanib turadi. Harorat kechasi +3…+10, kunduzi +12…+24 daraja bo‘ladi. Juma kuni esa sovuq va nam havo massalari kirib kelishi boshlanadi.
O‘zbekistonning tabiiy suv havzalarida sport-ishqibozlik turida hamda sanoat usulida baliq ovlash tartibi belgilandi. Unga ko‘ra, yoyma to‘rlar, elektr qarmoq, tuzoqsimon to‘rlar va boshqa baliq ovlashning brakonerlik qurollaridan foydalanish hamda 16-apreldan 31-maygacha baliq ovlash taqiqlandi.
Qarshi shahrida 2026-yilgacha 50 o‘ringa mo‘ljallangan hududlararo hospis quriladi. Bu prezident qarorida ko‘zda tutilgan.
So‘nggi bir oyda Toshkent shahridagi IQAir havo sifati datchiklari soni ikki baravardan ko‘proqqa ko‘paydi. “Gazeta.uz”dan tashqari ular BMTTD, IMPACT.T, korzinka.uz, Safia va boshqalar tomonidan o‘rnatildi. Uzum va “Kapitalbank” yil oxirigacha 50 ta datchikdan iborat tarmoq yaratilishini ma’lum qildi.
Toyloq tumanida aholi xonadonlariga yetkazib berilgan suyultirilgan gaz sotuvidan tushgan 346,9 mln so‘mni bank kassasiga kirim qilmasdan o‘zlashtirganlikda gumonlanib 4 nafar shaxs qo‘lga olindi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting