Samarqandda fuqarolarni Yevropa va Meksika orqali AQShga yuborishni va’da qilib, 27 ming dollar talab qilganlikda gumonlanayotgan 2 nafar shaxs qo‘lga olindi. Ular yana bir kishidan 22 500 dollar olgani aytilmoqda.
2023 yilgi davlat dasturiga ko‘ra, jami 13 057 suv xo‘jaligi obyektlarida raqamli texnologiyalar joriy etilib, «Aqlli suv» qurilmalari o‘rnatiladi. Suvning hisobi onlayn rejimda monitoring qilinib, respublika bo‘ylab suvning aniq hisobini yuritish, foydalanish va operativ boshqarish imkoniyati oshiriladi.
Kuchli qor yog‘ishi va qattiq sovuqdan so‘ng Toshkentdagi yangi beton trotuarlar va veloyo‘laklar buzila boshladi. Hokimlik ularni ta’mirlash bo‘yicha reja ishlab chiqilgani, ob-havo yaxshilanishi bilan ish boshlanishini bildirdi.
Afg‘oniston temir yo‘l boshqarmasi va «Sogdiana trans» o‘rtasida Hayraton−Mozori-Sharif temir yo‘lining ekspluatatsiyasini davom ettirish bo‘yicha yangi shartnoma imzolandi. Mamlakatlar o‘rtasidagi qatnov shartnoma o‘z vaqtida bajarilmagani sababli to‘xtatilgandi.
Urganchda o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda ikkita MCHJ rahbari hududiy tijorat banki filialidan ajratilgan 5,8 va 4,5 milliard so‘m kreditni o‘zlashtirgani aniqlandi. Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
To‘rtko‘l tumanida «Amudaryo» daryosi bo‘yidagi Xorazm viloyati bilan chegaradosh hududda qurigan o‘t-cho‘plarda yong‘in paydo bo‘lgan. Voqea sabab hech kim tan jarohatini olmagan va halok bo‘lmagan.
Turkiyaning Hatay viloyatida o‘zbekistonlik qutqaruvchilar 4 kun ichida jami 77 kishini zilzila oqibatida buzilgan binolar ostidan chiqarib oldi. Qutqaruv ishlari davom etyapti.
Beshariq tumanida yo‘lning qatnov qismi o‘pirilib, oqibatda Nexia haydovchisi jarohatlandi. Holat o‘rganilmoqda.
O‘zbekistonning barcha hududlarida dam olish kunlari quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Faqat ayrim tog‘li hududlarda biroz qor yog‘ishi mumkin. Harorat kechalari −2…−7 daraja, kunduzi +2…+5 darajagacha bo‘ladi, janubda +7…+9 darajagacha isiydi.
Juma kuni prezident Shavkat Mirziyoyev iqtisodiy va ijtimoiy obyektlar faoliyati bilan tanishish va boshqa dolzarb masalalarni muhokama qilish uchun Jizzaxga boradi.
Andijonda Qirg‘izistondan noqonuniy olib o‘tuvchi 2 ta yerosti yo‘li aniqlandi. Har ikkisining eni 60 sm, balandligi 1,5 metr, uzunligi taxminan 150−200 metrga teng.
O‘zbekiston Mudofaa vazirligining harbiy samolyoti Turkiyaning Gaziantep va Shanliurfa shaharlarida yashovchi 17 kishini Toshkentga evakuatsiya qildi. Ulardan 11 nafari O‘zbekiston, 6 nafari Qirg‘iziston va 1 nafari Rossiya fuqarolari.
Turkiya elchixonasiga borgan Shavkat Mirziyoyev, davlat panel o‘rnatgan tadbirkorlardan elektrni kafolatli sotib olishi, davlat budjeti taqchilligiga izoh, Qo‘yliq bozoridan Food City`gacha bepul avtobus, O‘zbekistonga $150 mln kredit ajratgan OTB va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.
«Olmazor suv ta’minoti» xodimi nosozlikni bartaraf etish jarayonida tuproq bosib qolishi oqibatida vafot etdi. Holat bo‘yicha tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Havo sifatining yomonligi toshkentliklar salomatligiga bir yilda 503 dona sigaret chekilgandek ta’sir qiladi. Toshkent dunyoning ifloslangan havosi salomatlikka eng ko‘p ta’sir ko‘rsatadigan 20 ta yirik shaharlar orasida Jakarta va Olmaota o‘rtasida 16-o‘rinni egalladi.
Turkiyada yuz bergan zilzila oqibatida minglab insonlar halok bo‘ldi. Ushbu hodisa dunyoning boshqa nuqtalarida ham zilzila va u sodir bo‘layotganida qanday harakat qilish lozimligi haqidagi ma’lumotlarga bo‘lgan qiziqishni oshirdi. Ushbu maqola — aynan zilzila vaqti qanday yo‘l tutish kerakligi haqida.
Zenbook Pro 14 Duo OLED — bu talabchan ilovalarda ishlash uchun maksimal foydalanish maydoniga muhtoj bo‘lgan ijodkorlarga mo‘ljallangan kuchli va chiroyli mobil yechimdir.
Food City savdo majmuasi — Qo‘yliq 7-metro bekati yo‘nalishida bepul avtobus harakati yo‘lga qo‘yiladi. Shuningdek, ayrim avtobus va yo‘nalishli taksilar harakati ham Food City avtoshohbekatigacha uzaytiriladi.
Davlat dasturi loyihasida kollej va texnikumlarga o‘quvchilarni qabul qilishni bir yilda ikki marta tashkil etish ko‘zda tutilgan. Shuningdek, texnikumlarda mutaxassislik yo‘nalishidan kelib chiqib davlat granti ajratishni joriy etish orqali umumiy davlat granti ulushni 50 foizga yetkazilishi belgilangan.
2023 yilgi davlat dasturi loyihasiga ko‘ra, aholi orasida yuqumli bo‘lmagan kasalliklarning oldini olish, jismoniy faollik darajasini oshirish maqsadida O‘zbekistonda «To‘g‘ri ovqatlanish va sog‘lom turmush tarzi» umummilliy harakati yo‘lga qo‘yiladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting