Jamiyat

XX asr boshlarida Germaniyada tahsil olgan o‘zbek talabasi haqida «Matonatli Maryam» filmi suratga olinadi
13 fevral 2023, 15:02

XX asr boshlarida Germaniyada tahsil olgan o‘zbek talabasi haqida «Matonatli Maryam» filmi suratga olinadi

«Yoshlik» kinostudiyasi va Xorazmcinema hamkorligida XX asrning 20 yillarida Germaniyada o‘qigan o‘zbek talabasi Maryam Sultonmurodovaga bag‘ishlangan «Matonatli Maryam» filmi suratga olinmoqda. Ayni paytda esa mazkur tarixiy-badiiy filmni suratga olish bo‘yicha lokatsiyalar o‘rganilyapti.

Andijonda qurilishi yakunlanmagan binoning plitalari qulab, devorlari buzilib ketdi
13 fevral 2023, 12:35

Andijonda qurilishi yakunlanmagan binoning plitalari qulab, devorlari buzilib ketdi

Andijon shahrida qurilayotgan 5 qavatli binoning plitalari qulab, devorlari buzildi. Ushbu holatda tegishli hujjatlarsiz obyektda qo‘shimcha 2 qavat qo‘shib, qurilish ishlari olib borilgani va jarayonda qoidalarga amal qilinmagani aniqlandi.

O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel kelishi mumkin
13 fevral 2023, 11:55

O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel kelishi mumkin

O‘zgidromet 14−18 fevral kunlari 9 ta viloyatda hamda tog‘oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi ehtimoli haqida ogohlantirdi.

Turkiyadagi zilzila vayronalaridan yana bir o‘zbekistonlikning jasadi topildi
13 fevral 2023, 11:46

Turkiyadagi zilzila vayronalaridan yana bir o‘zbekistonlikning jasadi topildi

Zilzila oqibatida Shonliurfa shahrida yana bir O‘zbekiston fuqarosi vafot etgani aniqlandi va uning jasadi Toshkentga yuborildi. Umumiy hisobda hozirgacha 4 nafar o‘zbekistonlik zilzila qurboni bo‘ldi.

O‘zbekistonda hafta yomg‘irli bo‘ladi
13 fevral 2023, 11:27

O‘zbekistonda hafta yomg‘irli bo‘ladi

O‘zbekistonda hafta oxirigacha yomg‘ir, ba’zi joylarda esa qor yog‘ishi kutilmoqda. Ayrim hududlarda 15−20 m/s gacha kuchli shamol esishi mumkin. Harorat kechalari 0…+5 iliq, kunduz kunlari asosan +6…+11 daraja iliq atrofida bo‘ladi.

Tezlikni 60 km/soatgacha kamaytirish yiliga 600 dan ortiq odamning hayotini saqlab qolishi mumkin — PMTI
13 fevral 2023, 11:11

Tezlikni 60 km/soatgacha kamaytirish yiliga 600 dan ortiq odamning hayotini saqlab qolishi mumkin — PMTI

Mutaxassislar transportlarning tezligi pasayishi va yo‘llardagi o‘lim o‘rtasidagi bog‘liqlikni o‘rgandi. Ularning fikricha, tezlikni 10 km/soatga kamaytirish yiliga 600 dan ortiq odamning hayotini saqlab qolishi mumkin. Shu bilan birga, yo‘l harakati qoidalariga rioya qilishni kuchaytirish ham muhimligi aytildi.

OTM rektorlariga xodimlarning farzandlari bilan maktub orqali yozishmalarni yo‘lga qo‘yishi tavsiya etildi
13 fevral 2023, 11:07

OTM rektorlariga xodimlarning farzandlari bilan maktub orqali yozishmalarni yo‘lga qo‘yishi tavsiya etildi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri OTM rektorlarga o‘z xodimlarining farzandlari bilan maktub orqali yozishmalarni yo‘lga qo‘yishni tavsiya etdi. Vazir ishga joylashmagan bitiruvchilari ko‘p nodavlat OTMlarni sifatsiz ta’lim berayotgan muassasa deb topilishi va ular yopilishi mumkinligi haqida ogohlantirdi.

Poytaxtda talabalarning o‘qish davridagi faolligi tirbandlikning 11 kmgacha oshishiga sabab bo‘ladi — PMTI
13 fevral 2023, 10:04

Poytaxtda talabalarning o‘qish davridagi faolligi tirbandlikning 11 kmgacha oshishiga sabab bo‘ladi — PMTI

PMTI ekspertlari OTMlar joylashuvining shaharlar holati va tirbandlik muammosiga ta’sirini o‘rgandi. So‘rovda ishtirok etgan talabalarning 78 foizi tirbandlikni asosiy muammolardan biri deb baholagan. Biroq ularning o‘qish davridagi faolligi tirband yo‘llar uzunligi 11,3 kmgacha oshishiga sabab bo‘ladi.

Metro qurilishi sababli Toshkentning ayrim hududlarida suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi
13 fevral 2023, 09:46

Metro qurilishi sababli Toshkentning ayrim hududlarida suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi

Yerusti metrosi qurilishidagi ishlar sababli Sergeli va Yangihayot tumanlarining ayrim joylarida suv ta’minoti 13 fevral kuni soat 20:00 gacha to‘xtatildi. Bu hududlarga suv maxsus texnikalarda yetkazib beriladi.

Samarqandda shifoxona bosh shifokorining o‘g‘li va kelini ikki hamshirani kaltaklagani aytilmoqda
12 fevral 2023, 13:37

Samarqandda shifoxona bosh shifokorining o‘g‘li va kelini ikki hamshirani kaltaklagani aytilmoqda

Payariq tumanidagi Chelak shifoxonasi xodimlari o‘rtasida janjal sodir bo‘ldi. Tarmoqlarda shifoxona bosh shifokorining o‘g‘li va kelini ikki hamshirani urib, jarohat yetkazgani aytilmoqda. Janjalda tan jarohati yetkazishda gumonlanayotgan fuqaroga jinoyat ishi ochildi.

Qashqadaryoda qurilish firmasi vakilidan 370 mln so‘m «otkat» olayotgan hokimlik xodimi ushlandi
12 fevral 2023, 11:37

Qashqadaryoda qurilish firmasi vakilidan 370 mln so‘m «otkat» olayotgan hokimlik xodimi ushlandi

Yakkabog‘ tumani hokimligi xodimi 5 mlrd so‘mlik tenderda yutishi uchun qurilish firmasi vakilidan 370 mln so‘m olayotgan vaqtda ushlandi. Tezkor surishtiruv harakatlari davomida ishga aloqador bo‘lgan maktabgacha ta’lim bo‘limi xodimi ham qo‘lga olindi.

Toshkentda devorlari yorilgan ko‘p qavatli uyni qurgan tadbirkorga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani ma’lum qilindi
12 fevral 2023, 10:35

Toshkentda devorlari yorilgan ko‘p qavatli uyni qurgan tadbirkorga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani ma’lum qilindi

Tarmoqlarda Mirzo Ulug‘bek tumanida 2017 yilda qurilgan ko‘p qavatli uyda yoriqlar paydo bo‘lgani haqida video tarqaldi. Tuman hokimligi va Qurilish vazirligi mazkur uy seysmik zonada qurilish o‘tkazish talablariga javob bermasligini, quruvchi tashkilot rahbari esa qamalganini ma’lum qildi.

Samarqand, Xorazm va Farg‘onadagi 3 ta YTHda 4 kishi vafot etdi
11 fevral 2023, 12:16

Samarqand, Xorazm va Farg‘onadagi 3 ta YTHda 4 kishi vafot etdi

2−6 fevral oralig‘ida Samarqand, Xorazm va Farg‘onada sodir bo‘lgan 3 ta yo‘l-transport hodisalari oqibatida 4 kishi vafot etdi.

Nima o‘qiymiz? Tarjimon Gulnoz Nabiyeva tavsiya qiladi
11 fevral 2023, 12:00

Nima o‘qiymiz? Tarjimon Gulnoz Nabiyeva tavsiya qiladi

«Gazeta.uz» kitobxonlikni targ‘ib etishga qaratilgan «Nima o‘qiymiz?» loyihasini davom ettiradi. Sara asarlar, o‘qilishi maqsadga muvofiq hisoblangan kitoblar ro‘yxati haqida olim, tadqiqotchi, yozuvchi-shoir, tarjimon, jurnalist va jamoat faollarining tavsiyalarini sizga yetkazamiz.

DXX 3 ta viloyatda 11,4 kg giyohvand moddalarini musodara qildi
11 fevral 2023, 10:44

DXX 3 ta viloyatda 11,4 kg giyohvand moddalarini musodara qildi

DXX Samarqand, Jizzax va Toshkent viloyatlarida giyohvand moddalari savdosi bilan bog‘liq holatlarni aniqladi. Barcha holatda giyohvandlik vositalari mamlakatga Tojikistondan kontrabanda yo‘li bilan olib kelingan. Gumonlanuvchilarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Energetika vazirligi: Vodiy viloyatlaridagi gaz quyish shoxobchalari yopilmaydi, ular ishlashda davom etadi
11 fevral 2023, 10:12 1

Energetika vazirligi: Vodiy viloyatlaridagi gaz quyish shoxobchalari yopilmaydi, ular ishlashda davom etadi

Energetika vazirligi vodiy viloyatlaridagi «metan zapravkalar» yopilishi haqidagi xabarlarni rad etdi. Vazirlik gaz quyish shoxobchalari faoliyati mahalliy hokimliklar bilan kelishilgan jadvallarga asosan davom etishini ma’lum qildi.

Nima tayyorlaymiz: Pastalar
11 fevral 2023, 00:18

Nima tayyorlaymiz: Pastalar

Pomidorli qaylada pishirilgan tovuqli spagetti, «Arabyata», qaymoqli qaylada pishirilgan tovuqli sharchalar, Karbonaro pastasi va boshqalar — Zira.uz mazali va noodatiy uslubda tayyorlangan pastalar ro‘yxatini taqdim etadi.

10 fevral kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
10 fevral 2023, 22:00

10 fevral kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Qamoqqa olingan Farmatsevtika agentligining sobiq direktori, Qirg‘izistondan O‘zbekistonga olib o‘tuvchi 2 ta tunnel, Open Budget uchun 1,7 trln so‘m pul, Jizzaxga borgan prezident, Turkiyada qariyb 80 kishini vayronalar ostidan olib chiqqan o‘zbek qutqaruvchilar va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.

Toshkent viloyatida Lacetti kanalga tushib ketdi
10 fevral 2023, 17:44

Toshkent viloyatida Lacetti kanalga tushib ketdi

Ohangaron tumanida Lacetti noqulay ob-havo va yo‘llardagi muzlamalar sabab kanalga tushib ketdi. Viloyat FVB va PPX tomonidan mashina olib chiqildi. Voqea oqibatida jarohatlangan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Sirdaryoda MCHJ rahbari, Andijonda esa 2 fuqaro yerni noqonuniy sotishda gumonlanmoqda
10 fevral 2023, 16:55

Sirdaryoda MCHJ rahbari, Andijonda esa 2 fuqaro yerni noqonuniy sotishda gumonlanmoqda

DXX Sirdaryo va Andijon viloyatlarida yerni mos ravishda 12,5 ming dollar va 148,2 mln so‘mga noqonuniy sotishga uringanlikda gumonlanganlarni qo‘lga oldi. Ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting