Gulistondagi uylarning birida portlash sodir bo‘ldi. Oqibatda 1 fuqaro jarohat bilan shifoxonaga olib ketildi.
Chinoz tumanida Lacetti haydovchisi va yo‘lovchisi muzlab qolgan ko‘lmakda qolib ketdi. Toshkent viloyati FVB qutqaruvchilari ularga va avtomashinaga maxsus texnikalar yordamida amaliy yordam ko‘rsatdi.
26 yanvardan Farg‘onadan Qirg‘izistonga pandemiya sabab to‘xtab qolgan mikroavtobus qatnovi qayta tiklandi. Farg‘ona-Quvasoy-Qizil-qiya yo‘nalishining yo‘lkira narxi 12 ming so‘m etib belgilandi.
2023 yilda YAIM va inflyatsiyaning prognozlari, O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida GES qurilishi shartnomasi va $1,6 mlrdlik kelishuvlar, asosiy stavkani o‘zgarishsiz qoldirgan MB, Qirg‘izistonga borgan Shavkat Mirziyoyev, Andijonda o‘ldirib ketilgan ayol va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.
Toshkent-Buxoro yo‘nalishidagi Afrosiyob poyezdi Navoiy viloyatida qo‘ylar podasini urib yubordi. 1000 ga yaqin qo‘y temiryo‘lni noto‘g‘ri joyda kesib, himoya panjarasini buzib o‘tgan. Hayvonlarning egasi qoidabuzarlik uchun ma’muriy jazoga tortiladi.
Markaziy univermag yaqinidagi kitob rastalari toshkentliklarning bir necha avlodi uchun qadrdon joy, kitobsevarlar uchun esa jannatning o‘zginasidir. “Gazeta.uz” ushbu rastalar qanday paydo bo‘lgani, ular nimasi bilan Toshkent ramzlaridan biriga aylanganini o‘rgandi.
Nukusda bir-biriga yo‘l bermagan Damas va Gentra to‘qnashib ketdi. Oqibatida Damas yo‘lovchisi jarohat olib, shifoxonada vafot etdi.
Markaziy bank 2023 yil oxirigacha mamlakat iqtisodiyoti 4,5−5% darajasida o‘sishini prognoz qilmoqda. Kutilayotgan inflyatsiya darajasi esa 8,5−9,5% bo‘ladi. Bu yil pul-kredit siyosatining ta’sir doirasi bazaviy inflyatsiyaning o‘sish dinamikasi hamda tashqi iqtisodiy sharoitlardagi xatarlar sabab qisqarishi mumkin.
Britaniya menejment universiteti yangi formatdagi qabul tartibi, yangi kampus va dasturlar asosida ro‘yxatga olish jarayoni boshlanganini e’lon qildi.
Senat ishchi guruhi oiladagi zo‘ravonlikni jinoyat sifatida tan olish to‘g‘risida qonun loyihasini tayyorlagan. Ammo Adliya vazirligi hujjatni eng asosiy qismisiz muhokamaga qo‘ygan. Saida Mirziyoyevaning fikricha, oiladagi zo‘ravonlikka jinoiy jazo belgilanmas ekan, “bir joyda qotib turaveramiz”.
Toshkentning Shayxontohur tumanida to‘rtta mashina — Spark, Lacetti, Nexia-3 va Matiz ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Oqibatda ikki haydovchi jarohat oldi.
Xo‘jaobod tumanidagi xonadonlarning birida 62 yoshli ayol va uning 17 yoshli jiyanining jasadi qotillik alomatlari bilan topildi. Holat bo‘yicha tezkor-tergov guruhi tuzilib, jinoyatni fosh etish choralari ko‘rilmoqda.
Tabiat resurslar vazirligi Zomin qo‘riqxonasidan ikki bo‘ri va bir Turkiston silovsini tasvirlangan fotoqopqon suratlarini namoyish etdi.
«Yoshlar — kelajagimiz» jamg‘armasi Qashqadaryo filiali sobiq boshlig‘i MCHJlardan birining rahbari bilan til biriktirib, jamg‘armaning 1,8 mlrd so‘m pullarini talon-toroj qilgan. Viloyat prokuraturasiga ko‘ra, dastlabki tergov davomida 2 nafar shaxsga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Toshkentda elektr energiyasini tejash maqsadida savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalari, savdo-ko‘ngilochar markazlari hamda istirohat bog‘larining ish vaqtiga qo‘yilgan cheklov «havo harorati yaxshilanayotgani va holat barqarorlashayotgani» sabab bekor qilindi.
Namanganning Norin tumanida tadbirkor attraksion jihozlari uchun ajratilgan qariyb 2,5 mlrd so‘m imtiyozli kreditni o‘zlashtirgan. Samarqandda kuzatilgan holatda esa yana bir tadbirkor kreditga olingan 416 mln so‘mlik metall buyumlarni sotib yuborgan. Hozirda 2 holat yuzasidan jinoyat ishi ochildi.
Buxoro prokuraturasi viloyatda 23 bola «Sinepar» siropini ichgach vafot etgani haqida yolg‘on axborot tarqatilgani yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi. Holat bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.
Shavkat Mirziyoyev kambag‘allikni qisqartirish ishlarini yangidan tashkil etishni buyurdi. Bunda «Temir daftar», «Yoshlar daftari» va «Ayollar daftari» bir tizimga birlashtiriladi, har bir oilaning yagona raqamli pasporti ishlab chiqiladi. 2023 yilda yana 1 mln aholini kambag‘allikdan chiqarish rejalashtirilmoqda.
«Gazprom» bilan imzolagan hujjatning suverenitetga tahdidi yo‘qligini aytgan Energetika vazirligi, Turkmanistondan neft sotib oladigan O‘zbekiston, cheklangan hukumat vakillari, mashina ichida o‘zini yoqqan homilador ayol, 14 foizga tushgan kambag‘allik darajasi va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.
Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi O‘zbekistonning qator hududlarida benzinni boshqa marka deb sotish va kam to‘ldirish holatlari aniqlanganini ma’lum qildi. Zarar 489 mln so‘mni tashkil etadi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting