Sirdaryoda 2 fuqaro viloyat hokimligi bayonnomasi asosida vaqtinchalik foydalanish uchun berilgan 5 gektar yerni 40 ming dollarga sotmoqchi bo‘ldi. Ular xaridordan oldingan kelishigan 20 ming dollarni olayotganda ushlandi.
Muzqaymoq kremli, drezdencha, shokolad va yalpizli tort, «Baunty», «Pancho» hamda «Piramida» torti va boshqalar — Zira.uz ajoyib ko‘rinish va ta’mga ega tortlar ro‘yxatini taqdim etadi.
Qarshi shahridagi savdo rastasi hamda bankomatda yong‘in yuz berdi. Hodisa sababi va zarar miqdori aniqlanmoqda.
Human.uz direktori Xurshid Daliyev va boshqalarga ochilgan jinoyat ishi, deputatlikni muddatidan oldin tugatgan Jahongir Ortiqxo‘jayev, O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida strategik sheriklik deklaratsiyasi, yemirilayotgan Norin daryosi qirg‘og‘i, iliq havo prognozi va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.
Davlat xavfsizlik xizmati Human.uz sayti direktori Xurshid Daliyev va Kompromatuzb Telegram kanaliga aloqadorligi aytilayotgan boshqa shaxslarga nisbatan tovlamachilik bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi.
Toshkent shahri kengashi Abdumavlon Qosimovning deputatlik vakolatlarini muddatidan oldin tugatish to‘g‘risida qaror qabul qildi. U kengash kotibiyati rahbari sifatida ishlagan hamda faoliyati cheklangan ijtimoiy tarmoqlar va veb-saytlar ishini nazorat qilgan.
Parkent shahridan «Mashinasozlar» metro bekatigacha ekspress avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi. Yo‘lkira narxi 6000 so‘m bo‘lib, qatnov davomida avtobus faqat Yangibozor avtoshohbekatida to‘xtab o‘tadi.
2022 yilda jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar 75 078 nafar shaxsga nisbatan 58,6 mingdan ortiq jinoyat ishi ko‘rib chiqdi. Shundan, 56,5 ming nafari sudlangan, 1010 nafari oqlangan va reabilitatsiya qilingan. Asosan firibgarlik, yo‘l harakati qoidalarini buzish va o‘g‘irlik bilan bog‘liq jinoyatlar ko‘rib chiqilgan.
Qoraqalpog‘istonning “Borsakelmes” qo‘riqxonasida “Qizil kitob"ga kiritilgan 13 bosh jayronni otib o‘ldirgan brakonyerlar qo‘lga olindi.
Xo‘jayli tumanida 25 yanvar kuni soliq inspeksiyasi oshxonasida sodir bo‘lgan portlash oqibatida bir kishi halok bo‘ldi, ikki kishi jarohat oldi.
20 yanvar kuni Fido-Biznes kompaniyasi 30 yilligini nishonladi. Kompaniyaning asoschisi hammasi nimadan boshlangani, loyihaning ahamiyati va dijital-trendlar haqida gapirib berdi.
Human.uz sayti nashr direktori Xurshid Daliyev va bosh muharrir Muslim Mirzajonov «organ xodimlari» tomonidan hibsga olingani ma’lum qildi. Shuningdek, ushbu OAV ofisiga bostirib kirilgani va tintuv o‘tkazilgani haqida xabar qilindi.
Dam olish kunlari respublika bo‘yicha havo massasining asta-sekin isishi davom etadi. Harorat kechalari −3…−12 daraja, kunduzi +2…+10 darajagacha bo‘ladi.
«Agrobank»ga CERT International xalqaro auditorlik tashkiloti tomonidan ISO 37001:2016 xalqaro standarti bo‘yicha muvofiqlik sertifikatlari taqdim etildi.
Xalqaro huquqshunos, Avstraliyadagi Griffit universiteti doktoranti Nargiza Abdurahmonova o‘zbek xotin-qizlari ilm-fanda ham mashhur olima bo‘lishiga ishonadi. U buning uchun nimalar qilish kerakligi, qaysi yo‘llardan yurish zarurligi, O‘zbekistonda bunga nimalar xalal berayotgani haqida so‘zlab berdi.
«Vaqf» fondining Toshkent shahar filiali 2022 yilda xayriya, zakot, vaqf mulklari, ziyoratgohlar, diniy tashkilotlar va aksiyalar orqali kelib tushgan 981 million 994 ming so‘mni ehson tariqasida taqdim etdi.
Poytaxtda 2022 yilda 1200 ta YTH sodir bo‘lgan. Unda 136 kishi, jumladan, 17 nafar voyaga yetmaganlar vafot etgan. O‘tgan yilda YTHlar soni 2021 yilga ko‘ra (1073) ko‘paygan.
Sovuq havo haroratida yetarli sharoitga ega emasligi uchun Tashkent Index`dagi talabalar ayrim OTMlar tomonidan yotoqxonalarga ko‘chirilmoqda. Oliy ta’lim vazirligi ushbu jarayon noto‘g‘ri talqin qilinayotganini bildirib, hech kim majburan chiqarib yuborilmasligini ma’lum qildi.
Xo‘jaobod tumanidagi xonadonlarning birida 30 yoshli erkak ammasi va 17 yoshli jiyanini o‘ldirib ketgani gumon qilinayotgandi. Aniqlanishicha, erkak ayoldan kreditni to‘lash uchun pul so‘ragan. Rad javobdan jahli chiqib, ularni pichoqlab qo‘ygan. Hozirda gumonlanuvchi ushlangan, holat tergov ostida.
Tarmoqlarda Namangandan oqib o‘tuvchi Norin daryosini to‘sib turadigan damba qulagani haqida xabarlar tarqaldi. Shundan so‘ng viloyat FVB yemirilish oqibatini bartaraf etish jarayonlarini boshladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting