Jamiyat

Oilaviy tadbirkorlarga kredit miqdori oshiriladi — prezident
25 yanvar 2023, 18:56

Oilaviy tadbirkorlarga kredit miqdori oshiriladi — prezident

Prezident topshirig‘i bilan 2023 yilda tadbirkorlikni kengaytirish uchun kredit miqdori 225 mln so‘mdan 300 mln so‘mgacha oshiriladi. Dehqon xo‘jaliklariga 50 mln so‘mgacha garovsiz kredit berish mumkin bo‘ladi. Qolaversa, kredit olib yaxshi natija ko‘rsatgan oilaviy tadbirkorlar yana kredit olishiga imkon beriladi.

Tojikiston va Qirg‘izistondan olib kirilgan giyohvand moddalar aniqlandi
25 yanvar 2023, 17:36

Tojikiston va Qirg‘izistondan olib kirilgan giyohvand moddalar aniqlandi

Farg‘ona va Sirdaryo viloyatlarida giyohvandlik vositalari savdosiga chek qo‘yildi. Tojikiston va Qirg‘izistondan olib kirilgani aniqlangan ushbu giyohvandlik vositalari musodara qilinib, gumonlanuvchilarga nisbatan jinoiy ish ochildi.

“Fashistning ishini qilishyapti”. Denovda karam, sabzi va piyoz ekilgan dalalarga traktorlar “tashlandi”
25 yanvar 2023, 17:23

“Fashistning ishini qilishyapti”. Denovda karam, sabzi va piyoz ekilgan dalalarga traktorlar “tashlandi”

Surxondaryoning yangi tayinlangan hokimi Denovda fermerlar bilan o‘tkazilgan yig‘ilishda yerlarni paxtaga tayyorlash, shudgor qilish haqida ko‘rsatma bergan. Hokimning topshirig‘i bajaralishi uchun karam, sabzi va piyoz ekilgan dalalar haydalmoqda. Fermerlar bu holatga ochiq norozilik bildirishdan qo‘rqmoqda.

O‘zbekistonda kambag‘allik darajasi 14 foizga tushdi
25 yanvar 2023, 17:04

O‘zbekistonda kambag‘allik darajasi 14 foizga tushdi

2022 yil respublikada kambag‘allik darajasi 17 foizdan 14 foizga tushdi. Bunda hokim yordamchilarining 1 mln nafar aholini kasb-hunarga o‘qitib, ish bilan band qilgani muhim omil bo‘ldi, deyiladi prezident ishtirokidagi videoselektor yig‘ilishida.

Buxoroda «Sinepar» siropidan 23 bola vafot etgani rad etildi
25 yanvar 2023, 15:43

Buxoroda «Sinepar» siropidan 23 bola vafot etgani rad etildi

SSV Buxoro viloyatida «Sinepar» siropini ichgan 23 nafar bola vafot etgani haqidagi xabarlar yolg‘on ekanini ma’lum qildi. Shuningdek, fuqarolardan shifokor ko‘rsatmasisiz, o‘zboshimchalik bilan dori ichmaslik so‘raldi.

WizzAir Toshkentga parvozlarni yo‘lga qo‘ydi. Chipta narxi 45 dollardan boshlanadi
25 yanvar 2023, 12:56

WizzAir Toshkentga parvozlarni yo‘lga qo‘ydi. Chipta narxi 45 dollardan boshlanadi

WizzAir aviakompaniyasi O‘zbekistonga yangi — Abu-Dabi-Toshkent-Abu Dabi parvoz yo‘nalishini ochdi. Bu yo‘nalishdagi chiptalar narxi bir tomonga 45 dollardan boshlanadi.

Birinchi Islom san’ati biyennalesida O‘zbekistonning tarixiy merosi namoyish etildi
25 yanvar 2023, 10:14

Birinchi Islom san’ati biyennalesida O‘zbekistonning tarixiy merosi namoyish etildi

Jidda shahridagi Islom san’ati biyennalesida ilk bor XVIII asrga oid «Katta Langar Qur’oni»ning to‘rt sahifasi, XVII asr hadislari to‘plami, Samarqand va Afrosiyobning X-XII asrlarga oid kulolchilik buyumlari va boshqa muzey eksponatlari taqdim etildi.

Surxondaryodagi o‘rmon xo‘jaligidan yolg‘iz ayiq bolasi topildi
25 yanvar 2023, 10:14

Surxondaryodagi o‘rmon xo‘jaligidan yolg‘iz ayiq bolasi topildi

Sariosiyo tumanidagi «Uzun» davlat o‘rmon xo‘jaligi hududida onasidan ajralib qolgan qo‘ng‘ir ayiq bolasi topildi. Qish mavsumida ozuqa topishi qiyinchiligi va nobud bo‘lishi ehtimoli borligi sababli jonivor xo‘jalik binosida vaqtinchalik saqlanib turibdi.

SSV Toshkent viloyatida kaltaklangan feldsherning ahvoli bo‘yicha ma’lumot berdi
25 yanvar 2023, 09:56

SSV Toshkent viloyatida kaltaklangan feldsherning ahvoli bo‘yicha ma’lumot berdi

Toshkent tumanida bemorning o‘g‘li chaqiruvga ayol emas, erkak feldsher kelgani uchun xodimni kaltaklagandi. SSV xodimning bosh miya yopiq jarohati va boshqa tashxislar bilan neyroxirurgiya bo‘limiga yotqizilgani, uning muolaja olayotganini ma’lum qildi.

Farg‘onada homilador ayol mashina ichida o‘zini yoqib yubordi
25 yanvar 2023, 09:26

Farg‘onada homilador ayol mashina ichida o‘zini yoqib yubordi

Farg‘ona shahrida erini rashk qilgan homilador ayol mashina ichida o‘ziga benzin sepib, yoqib yubordi. Ayol hodisa joyida, chaqalog‘i esa shifoxonada vafot etgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Asaxiy Books iqtisodiyot bo‘yicha mashhur kitobni o‘zbek tiliga tarjima qildi
25 yanvar 2023, 09:00

Asaxiy Books iqtisodiyot bo‘yicha mashhur kitobni o‘zbek tiliga tarjima qildi

Nashriyot amerikalik Charlz Uilanning «Yalang‘och iqtisodiyot. Murakkab sohaning sodda qiyofasi» kitobini o‘zbek tilida chop etdi. Muallif mazkur kitobda sohani oddiy tilda soddalashtirib tushuntiradi.

24 yanvar kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
24 yanvar 2023, 22:00

24 yanvar kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Prezidentning Qirg‘izistonga tashrifi, Namanganda YPX avtomobilida tug‘ilgan chaqaloq, «Tez yordam» feldsherining kaltaklagani, hududlarga tarqatiladigan 110 ta tez tibbiy yordam mashinasi, lavozimidan ketgan «Toshshaharnur» rahbari, is gazidan navbatdagi o‘lim va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.

Qirg‘iziston chegarachilari o‘zbekistonliklarga yong‘inni o‘chirish uchun suv olib o‘tishga ruxsat berishdi
24 yanvar 2023, 21:15

Qirg‘iziston chegarachilari o‘zbekistonliklarga yong‘inni o‘chirish uchun suv olib o‘tishga ruxsat berishdi

Qirg‘iziston chegarachilari O‘zbekistondagi qishloq aholisiga molxonada chiqqan yong‘inni o‘chirish maqsadida suv olish uchun o‘z mamlakatiga kirishga ruxsat berdi.

Davlat xizmatchilarining daromadini deklaratsiyalash to‘g‘risidagi qonun loyihasi atrofida nimalar bo‘lmoqda?
24 yanvar 2023, 17:41

Davlat xizmatchilarining daromadini deklaratsiyalash to‘g‘risidagi qonun loyihasi atrofida nimalar bo‘lmoqda?

O‘zbekistonda davlat xizmatchilarining daromadlari va mol-mulkini deklaratsiyalash tizimi 2022 yil 1 yanvardan ishga tushishi kerak edi, biroq qonun haligacha qabul qilinmadi. Noyabrda qonun loyihasi Vazirlar Mahkamasiga ko‘rib chiqish uchun berilgan, lekin hukumat hujjatni haligacha parlamentga taqdim etmadi.

«Toshshaharnur» rahbari lavozimidan ozod qilindi
24 yanvar 2023, 17:19

«Toshshaharnur» rahbari lavozimidan ozod qilindi

Poytaxt ko‘chalarini yoritishga mas’ul bo‘lgan «Toshshaharnur» DUK rahbari ishdan olindi. O‘rniga yangi rahbar tayinlandi.

Qashqadaryoda bir oila is gazidan zaharlanib vafot etdi
24 yanvar 2023, 17:14

Qashqadaryoda bir oila is gazidan zaharlanib vafot etdi

Kasbi tumanida er-xotin hamda ularning 5 va 3 yoshli farzandlari zaharlanib vafot etdi. O‘limga qo‘lbola usulda tayyorlangan isitish pechidan chiqqan is gazi sabab bo‘lgan.

Toshkent viloyatida «Tez yordam» feldsheri kaltaklandi
24 yanvar 2023, 16:23

Toshkent viloyatida «Tez yordam» feldsheri kaltaklandi

Toshkent viloyatida 24 yoshli fuqaro «Tez yordam» xodimini kaltakladi. U chaqiruvga ayol hamshira kelmagani uchun janjal ko‘targan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov ishlari olib borilmoqda.

Hududlarga 110 ta Volkswagen Caddy tez tibbiy yordam mashinalari tarqatildi
24 yanvar 2023, 15:12

Hududlarga 110 ta Volkswagen Caddy tez tibbiy yordam mashinalari tarqatildi

Sog‘liqni saqlash vazirligi hududlarga tez tibbiy yordam xizmati uchun 110 ta Volkswagen Caddy mashinasini topshirdi. Shu paytga qadar «103» xizmatida 2938 dona avtomobil xizmat ko‘rsatib kelgan.

Jizzaxda fuqaro xonadonida bo‘ri saqlab kelayotgani aniqlandi
24 yanvar 2023, 12:47

Jizzaxda fuqaro xonadonida bo‘ri saqlab kelayotgani aniqlandi

Zomin tumanida fuqaro xonadonida bo‘rini noqonuniy tarzda tutqunlikda saqlab kelayotgani aniqlandi. Unga nisbatan 3 mln so‘m jarima belgilandi. Ayni paytda bo‘rini tabiat qo‘yniga qaytarish choralari ko‘rilmoqda.

Qishki ta’til tugadi: Qalin kiyinib — maktabga
24 yanvar 2023, 11:50

Qishki ta’til tugadi: Qalin kiyinib — maktabga

O‘zbekistondagi 9 mingdan ortiq maktabda endi rostdan ta’til tugab, darslar boshlandi. Bolalar qalin kiyinib, maktabga yo‘l olishdi. Ko‘plab maktablar yaxshi isitilgan bo‘lsa, ayrimlari sovuqligicha qolmoqda. «Gazeta.uz» poytaxtdagi maktablarga borib, sinfxonalar harorati va o‘quvchilar kayfiyatini o‘rgandi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting