Prezident topshirig‘i bilan 2023 yilda tadbirkorlikni kengaytirish uchun kredit miqdori 225 mln so‘mdan 300 mln so‘mgacha oshiriladi. Dehqon xo‘jaliklariga 50 mln so‘mgacha garovsiz kredit berish mumkin bo‘ladi. Qolaversa, kredit olib yaxshi natija ko‘rsatgan oilaviy tadbirkorlar yana kredit olishiga imkon beriladi.
Farg‘ona va Sirdaryo viloyatlarida giyohvandlik vositalari savdosiga chek qo‘yildi. Tojikiston va Qirg‘izistondan olib kirilgani aniqlangan ushbu giyohvandlik vositalari musodara qilinib, gumonlanuvchilarga nisbatan jinoiy ish ochildi.
Surxondaryoning yangi tayinlangan hokimi Denovda fermerlar bilan o‘tkazilgan yig‘ilishda yerlarni paxtaga tayyorlash, shudgor qilish haqida ko‘rsatma bergan. Hokimning topshirig‘i bajaralishi uchun karam, sabzi va piyoz ekilgan dalalar haydalmoqda. Fermerlar bu holatga ochiq norozilik bildirishdan qo‘rqmoqda.
2022 yil respublikada kambag‘allik darajasi 17 foizdan 14 foizga tushdi. Bunda hokim yordamchilarining 1 mln nafar aholini kasb-hunarga o‘qitib, ish bilan band qilgani muhim omil bo‘ldi, deyiladi prezident ishtirokidagi videoselektor yig‘ilishida.
SSV Buxoro viloyatida «Sinepar» siropini ichgan 23 nafar bola vafot etgani haqidagi xabarlar yolg‘on ekanini ma’lum qildi. Shuningdek, fuqarolardan shifokor ko‘rsatmasisiz, o‘zboshimchalik bilan dori ichmaslik so‘raldi.
WizzAir aviakompaniyasi O‘zbekistonga yangi — Abu-Dabi-Toshkent-Abu Dabi parvoz yo‘nalishini ochdi. Bu yo‘nalishdagi chiptalar narxi bir tomonga 45 dollardan boshlanadi.
Jidda shahridagi Islom san’ati biyennalesida ilk bor XVIII asrga oid «Katta Langar Qur’oni»ning to‘rt sahifasi, XVII asr hadislari to‘plami, Samarqand va Afrosiyobning X-XII asrlarga oid kulolchilik buyumlari va boshqa muzey eksponatlari taqdim etildi.
Sariosiyo tumanidagi «Uzun» davlat o‘rmon xo‘jaligi hududida onasidan ajralib qolgan qo‘ng‘ir ayiq bolasi topildi. Qish mavsumida ozuqa topishi qiyinchiligi va nobud bo‘lishi ehtimoli borligi sababli jonivor xo‘jalik binosida vaqtinchalik saqlanib turibdi.
Toshkent tumanida bemorning o‘g‘li chaqiruvga ayol emas, erkak feldsher kelgani uchun xodimni kaltaklagandi. SSV xodimning bosh miya yopiq jarohati va boshqa tashxislar bilan neyroxirurgiya bo‘limiga yotqizilgani, uning muolaja olayotganini ma’lum qildi.
Farg‘ona shahrida erini rashk qilgan homilador ayol mashina ichida o‘ziga benzin sepib, yoqib yubordi. Ayol hodisa joyida, chaqalog‘i esa shifoxonada vafot etgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Nashriyot amerikalik Charlz Uilanning «Yalang‘och iqtisodiyot. Murakkab sohaning sodda qiyofasi» kitobini o‘zbek tilida chop etdi. Muallif mazkur kitobda sohani oddiy tilda soddalashtirib tushuntiradi.
Prezidentning Qirg‘izistonga tashrifi, Namanganda YPX avtomobilida tug‘ilgan chaqaloq, «Tez yordam» feldsherining kaltaklagani, hududlarga tarqatiladigan 110 ta tez tibbiy yordam mashinasi, lavozimidan ketgan «Toshshaharnur» rahbari, is gazidan navbatdagi o‘lim va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.
Qirg‘iziston chegarachilari O‘zbekistondagi qishloq aholisiga molxonada chiqqan yong‘inni o‘chirish maqsadida suv olish uchun o‘z mamlakatiga kirishga ruxsat berdi.
O‘zbekistonda davlat xizmatchilarining daromadlari va mol-mulkini deklaratsiyalash tizimi 2022 yil 1 yanvardan ishga tushishi kerak edi, biroq qonun haligacha qabul qilinmadi. Noyabrda qonun loyihasi Vazirlar Mahkamasiga ko‘rib chiqish uchun berilgan, lekin hukumat hujjatni haligacha parlamentga taqdim etmadi.
Poytaxt ko‘chalarini yoritishga mas’ul bo‘lgan «Toshshaharnur» DUK rahbari ishdan olindi. O‘rniga yangi rahbar tayinlandi.
Kasbi tumanida er-xotin hamda ularning 5 va 3 yoshli farzandlari zaharlanib vafot etdi. O‘limga qo‘lbola usulda tayyorlangan isitish pechidan chiqqan is gazi sabab bo‘lgan.
Toshkent viloyatida 24 yoshli fuqaro «Tez yordam» xodimini kaltakladi. U chaqiruvga ayol hamshira kelmagani uchun janjal ko‘targan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov ishlari olib borilmoqda.
Sog‘liqni saqlash vazirligi hududlarga tez tibbiy yordam xizmati uchun 110 ta Volkswagen Caddy mashinasini topshirdi. Shu paytga qadar «103» xizmatida 2938 dona avtomobil xizmat ko‘rsatib kelgan.
Zomin tumanida fuqaro xonadonida bo‘rini noqonuniy tarzda tutqunlikda saqlab kelayotgani aniqlandi. Unga nisbatan 3 mln so‘m jarima belgilandi. Ayni paytda bo‘rini tabiat qo‘yniga qaytarish choralari ko‘rilmoqda.
O‘zbekistondagi 9 mingdan ortiq maktabda endi rostdan ta’til tugab, darslar boshlandi. Bolalar qalin kiyinib, maktabga yo‘l olishdi. Ko‘plab maktablar yaxshi isitilgan bo‘lsa, ayrimlari sovuqligicha qolmoqda. «Gazeta.uz» poytaxtdagi maktablarga borib, sinfxonalar harorati va o‘quvchilar kayfiyatini o‘rgandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting