TerDU akademik litseyi qozonxonasi portladi. 2 kishi halok bo‘lib, 1 kishi shifoxonaga yotqizildi. Holat yuzasidan prokuratura tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Xovos tumanida gaz portlashi tufayli 2 kishi vafot etdi, 1 kishi jarohat oldi. Holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari boshlandi.
“Agrobank” tomonidan xorijdan onlayn pul o‘tkazmalari xizmatlari foydalanuvchilari uchun e’lon qilingan maxsus aksiyaning g‘olibiga Volkswagen e-Bora elektromobili topshirildi.
O‘tgan haftada O‘zbekistonda anomal sovuq ob-havoni belgilagan Qozog‘iston viloyatlari ustidagi sovuq antitsiklon zaiflasha boshladi. Hafta o‘rtalariga kelib kunduzi havo harorati −3…+2 darajagacha, kechasi −8…−13 darajagacha ko‘tariladi.
Shavkat Mirziyoyev 16 yanvardagi yig‘ilishda «Saxovat va ko‘mak» jamg‘armasidan yolg‘iz qariyalar, ko‘p farzandli ehtiyojmand oilalarga issiq kiyim, oziq-ovqat tarqatish, eng og‘ir hollarda ularni sharoiti bor joylarga joylashtirish, mahallalarda issiq ovqat tarqatish punktlarini tashkil etish topshirdi.
Shavkat Mirziyoyev energetika va kommunal tizimlarda yuzaga kelgan ahvol sabab Singapurga tashrif davomiyligini 3 kundan 1 kunga qisqartirdi. Safar 16−18 yanvar kunlariga mo‘ljallangandi.
Shavkat Mirziyoyev raisligidagi selektorda Toshkent viloyati hokimi ogohlantirildi, Chirchiq shahar hokimiga «hayfsan» berildi. Shuningdek, «Hududiy elektr tarmoqlari» rahbari Mustafoyev, «Uztransgaz» rahbari Normatov va «O‘zbekneftgaz» rahbari Abdullayev ham lavozimidan ozod etildi.
Anomal sovuq kunlarda o‘tkir respirator kasalliklar ko‘payishi mumkin. Koronavirus yengil va simptomlarsiz kechayotganini hisobga olib, SES fuqarolarni shamollash belgilari kuzatilsa, shifokorga murojaat qilish, o‘zboshimchalik bilan dori ichmaslik, gumon bo‘lganda, koronavirusga test topshirishga chaqirdi.
Pop tumanida 3 ta MAN yuk avtomobili to‘qnashib, yong‘in yuz berdi. Yong‘inni salkam bir soat davomida 4 ta qutqaruv ekipaji bartaraf etdi. Hodisa oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi.
Anomal sovuq tufayli Toshkentning Yunusobod, Mirzo-Ulug‘bek va boshqa tumanlaridagi aholi bir necha kundan beri chiroqsiz qolmoqda, gaz bosimi esa past, batareyalar uyni isitadigan darajada emas. «Gazeta.uz» qishga tayyorgarlik ko‘rmagan toshkentliklar energiya ta’minotisiz qanday kun ko‘rayotganiga qiziqdi.
Buxoro viloyati hokimligi ko‘hna shahar markazida qurilishi rejalashtirilgan «Turizm markazi» uchun «boshqa maqbul yer maydonlari tanlanishi»ni ma’lum qildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, markaz qurilishini to‘xtatish haqida prezident Shavkat Mirziyoyev topshiriq bergan.
20 darajali ayozda uyda isinish va issiq taom tayyorlash imkoniyatining yo‘qligi kishini nochorlik ko‘yiga solib qo‘yadi. Kimdir ishxonasida isinib olar, ammo hayotiy muhim xizmatlarning ishchilari ko‘chada ishlaydi. «Gazeta.uz» obodonlashtirish xizmati xodimlari bilan qahratondagi ish haqida suhbatlashdi.
Toshkentda elektr energiyasini tejash maqsadida savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalari, savdo-ko‘ngilochar markazlari hamda istirohat bog‘larining ish vaqti cheklandi. Oziq-ovqat do‘konlari va umumiy ovqattlanish shoxobchalari faoliyati bundan mustasno.
Bir qator hududlarda maktablar va maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’tillar dastlab rejalashtirilganidek, 17 yanvarga qadar uzaytirildi. Xabar yangilanmoqda.
Tanqidlar, prezidentga murojaat, mutaxassislarning maslahatlari va jamoatchilik bilan muloqot qilish va’dalariga qaramay, Toshkent shahar hokimligi ko‘chalarni o‘zi bilganicha kengaytirishda davom etmoqda. Urbanist Arkadiy Gershman Keles yo‘lini rekonstruksiya qilish loyihasini tanqid qildi.
Buxoro markazida sayyohlik markazini qurish rejalashtirilmoqda. Buyurtmachi sifatida Enter Engineering kompaniyasi tanlandi. 32,6 ga maydonda majmuani barpo etish uchun hokimlik, prokuratura binolari, stadion va boshqalar buzilishi mumkin. Aholi prezidentga murojaat bilan chiqdi.
Toshkentda kvartiralar yaxshi isitilmayotgani sababli elektr tarmoqlariga yuklama kuchaygan. Har kuni o‘nlab transformator va simlarda portlash, yonib ketish holatlari qayd etilmoqda. Rasmiylar isitishni yaxshilash maqsadida issiq suv bosimini 3 kunga pasaytirishga qaror qildi.
Anomal sovuq munosabati bilan Toshkent hokimligi ehtiyojmand oilalar, uy-joy kommunal, obodonlashtirish va YHXX xodimlariga poytaxtning qator joylarida bepul osh tarqatilishi haqida e’lon qilgan edi. «Gazeta.uz» muxbirlari ana shunday joylarda bo‘lib, aholi va rasmiylar bilan suhbatlashdi — fotoreportaj.
14 yanvardan boshlab O‘zbekiston aeroportlarida kutib oluvchilarning uchib kelish zallariga kirib, terminal ichida bojxona hududigacha bo‘lgan joyda yo‘lovchilarni kutishlari mumkin.
Nukus voqealari bo‘yicha gumondorlardan biri jurnalist Lolagul Kallixanova suddagi muzokaralar davomida «himoya qilmoqchi bo‘lgan Vatani, xalqi bilan sodir bo‘lgan voqealarda o‘zini aybdor deb bilishini ta’kidladi. U boshqa sudlanuvchilarning o‘rniga ham o‘zi qamoqqa o‘tirishga tayyorligini bildirdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting