Jamiyat

O‘zJOKUda xodim talabani rektorga salom bermagani uchun kaltaklagani aytildi
10 sentabr 2022, 16:11

O‘zJOKUda xodim talabani rektorga salom bermagani uchun kaltaklagani aytildi

O‘zJOKU talabasi universitetda rektorga salom bermagani uchun xodim tomonidan kaltaklangani aytilmoqda. Universitet rektori esa holatdan xabari yo‘qligini, biroq, nohaq harakat qilganlar jazolanishini aytdi. Talabaning salom berish-bermasligi bu ixtiyoriy, deya ta’kidladi Sherzodxon Qudratxo‘ja.

AKFA Medline Artel xamda AKFA Group kompaniyalari xomiyligi ostida tug‘ma yurak nuqsoni bor bolalar uchun bepul jarrohlik amaliyotini o‘tkazadi
10 sentabr 2022, 15:00

AKFA Medline Artel xamda AKFA Group kompaniyalari xomiyligi ostida tug‘ma yurak nuqsoni bor bolalar uchun bepul jarrohlik amaliyotini o‘tkazadi

AKFA Medline klinikasi Mustaqillik bayrami munosabati bilan har yili o‘tkaziladigan «Sen yashaysan» aksiyasi tug‘ma yurak nuqsoni bor bolalar uchun 31 ta bepul kardiojarrohlik amaliyotini o‘tkazadi. Jarrohlik amaliyoti homiylar hisobidan amalga oshiriladi.

Toshkent shahar Ekologiya boshqarmasi boshlig‘i hibsga olindi
10 sentabr 2022, 14:28

Toshkent shahar Ekologiya boshqarmasi boshlig‘i hibsga olindi

Toshkent shahar Ekologiya boshqarmasi boshlig‘i Farhod Dehqonov hibsga olindi. Ehtiyot chorasi poytaxtda daraxtlarni noqonuniy kesish ishlari bilan bog‘liq emas. U mansab vakolatini suiiste’mol qilganliqda gumonlanmoqda.

Xalqaro ofatlar xavfini kamaytirishga qaratilgan tanlov e’lon qilindi
10 sentabr 2022, 11:48

Xalqaro ofatlar xavfini kamaytirishga qaratilgan tanlov e’lon qilindi

UNICEF, UNDRR va O‘zbekiston Qizil Yarim oy jamiyati bilan hamkorlikda tabiiy ofatlar xavfining oldini olish va kamaytirish bo‘yicha aholining xabardorligini oshirishga qaratilgan qo‘shiq va musiqalar tanlovi e’lon qilindi. Materiallarni qabul qilish 30 sentabrga qadar davom etadi.

Oliy sudda birdaniga yetti nafar xodim ishdan ketdi
10 sentabr 2022, 10:37

Oliy sudda birdaniga yetti nafar xodim ishdan ketdi

Oliy sud yetti nafar nafaqa yoshidagi sudyalar bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qildi. Ularning 4 nafari Murojaatlar bilan ishlash boshqarmasidan, 3 nafari esa boshqa boshqarma va bo‘limlarda ishlagan.

BMTTD Finlyandiya ko‘magida odil sudlovdan foydalanishni mustahkamlash bo‘yicha loyihani amalga oshiradi
10 sentabr 2022, 10:12

BMTTD Finlyandiya ko‘magida odil sudlovdan foydalanishni mustahkamlash bo‘yicha loyihani amalga oshiradi

Finlyandiya O‘zbekistonda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga alohida e’tibor qaratgan holda odil sudlovdan foydalanishni yaxshilash bo‘yicha yangi loyihani amalga oshirishni qo‘llab-quvvatlash uchun BMTTDga 1,5 million yevro ajratadi.

Nima tayyorlaymiz: toblatmalar
10 sentabr 2022, 10:00

Nima tayyorlaymiz: toblatmalar

Brokkoli va gulkaramli, tvorog va rezavor mevali, go‘sht va baqlajonli, lavashdan qilingan, kokos qirindisi qo‘shilgan tvorogli va sendvich-toblatma — Zira.uz taomnomasiga yangilik kiritishni istaganlar uchun mazali toblatmalar retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.

Badbo‘y hidli ko‘l, kallaklangan daraxtlar, qayta tiklangan gummaxona — Milliy bog‘dan reportaj
9 sentabr 2022, 22:55

Badbo‘y hidli ko‘l, kallaklangan daraxtlar, qayta tiklangan gummaxona — Milliy bog‘dan reportaj

Prezident tashrifidan so‘ng poytaxtdagi qayta ta’mirlangan Milliy bog‘ yana o‘z faoliyatini boshladi. «Gazeta.uz» muxbirlari Mirolim Isajonov va Madina A’zam qisqa vaqt ichida gavjum maskanga aylangan bog‘dan fotoreportaj tayyorlashdi.

9 sentabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
9 sentabr 2022, 22:00

9 sentabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Yotoqxonadan joy ololmagan 57% talabalar, Senat a’zosi bo‘lgan Amanbay Orinbayev, yangi Strategik islohotlar agentligi, talabalar ijara subsidiyasining shartnomasiz varianti, salqin dam kunlari, yana daraxtkushlik, Karl III`ga hamdardlik bildirgan Shavkat Mirziyoyev va boshqalar — «Gazeta.uz» da kun dayjesti.

Talabalarni Tashkent Index hududidagi 10 ming o‘rinli binoga joylashtirish taklif qilindi
9 sentabr 2022, 21:09

Talabalarni Tashkent Index hududidagi 10 ming o‘rinli binoga joylashtirish taklif qilindi

Poytaxt hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev Tashkent Index majmuasi hududida bo‘sh turgan 10 ming o‘rinli binoni bir hafta muddatda xususiy sherikchilik asosida TTJga aylantirishga ko‘rsatma berdi.

Sirdaryoda $3 ming evaziga TIQXMI Qarshi filiali diplomini olib bermoqchi bo‘lgan fuqarolar ushlandi
9 sentabr 2022, 20:05

Sirdaryoda $3 ming evaziga TIQXMI Qarshi filiali diplomini olib bermoqchi bo‘lgan fuqarolar ushlandi

Boyovut tumanida ikki fuqaro Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining Qarshi filialini tugatganligi to‘g‘risida diplom olib berish uchun 3 ming dollar olgan vaqtida ushlandi. Ularga nisbatan jinoyat ishi ochildi.

Toshkentda musiqa festivali bo‘lib o‘tadi
9 sentabr 2022, 19:00

Toshkentda musiqa festivali bo‘lib o‘tadi

Toshkentda bo‘lib o‘tadigan musiqa festivalida Gayazov$ Brother$, Minelli va HammAli & Navai chiqishlari kutilmoqda.

Gulistonda ham 16 tup daraxt noqonuniy kesilgani aniqlandi
9 sentabr 2022, 18:48

Gulistonda ham 16 tup daraxt noqonuniy kesilgani aniqlandi

Gulistondagi istirohat bog‘ida 16 tup tol va terak daraxtlari kesilib, 5 tup daraxtga jiddiy zarar yetkazilgani aniqlandi. Holat yuzasidan shahar prokuraturasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Amanbay Orinbayev Senat a’zoligiga saylandi
9 sentabr 2022, 18:08

Amanbay Orinbayev Senat a’zoligiga saylandi

Nukusda Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi, Xalq deputatlari tuman va shahar kengashlarining qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda Jo‘qorg‘i Kengesi raisi Amanbay Orinbayev Senat a’zoligiga saylandi.

«Tadbirkorlar bizga manfaati yo‘q deyishdi» — Oliy ta’lim vaziri xususiy sheriklikda yotoqxonalar qurish oqsagani haqida
9 sentabr 2022, 17:59

«Tadbirkorlar bizga manfaati yo‘q deyishdi» — Oliy ta’lim vaziri xususiy sheriklikda yotoqxonalar qurish oqsagani haqida

Oliy ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov davlat-xususiy sheriklikda yotoqxonalar qurish nima sababdan oqsagani haqida gapirdi. Vazir tadbirkorlar yotoqxona qurishdan manfaat yo‘qligini va qurmasliklarini aytganini qayd etdi. Hozir esa talablar o‘zgarib, yotoqxonalar qurilayotganini ta’kidladi.

Asia Alliance Group mulkchilik tarkibida o‘zgarishlar yuz berdi
9 sentabr 2022, 17:00

Asia Alliance Group mulkchilik tarkibida o‘zgarishlar yuz berdi

Asia Alliance Group mulkchilik tarkibidagi o‘zgarishlar natijasida Kamo Tumasovning ustav kapitalidagi ulushi 85 foizni tashkil etdi.

Soliq qarzini undirish bilan bog‘liq sud va ijro ishlari tugatiladi
9 sentabr 2022, 16:25

Soliq qarzini undirish bilan bog‘liq sud va ijro ishlari tugatiladi

Prezident farmoni bilan ta’sirchan soliq mexanizmi natijasida hosil bo‘lgan mol-mulk solig‘i va yer solig‘i bo‘yicha ️mavjud soliq qarzi hisobdan chiqariladi. Shuningdek, soliq qarzini undirish bilan bog‘liq sud va ijro ishlarini tugatish belgilandi.

Stroymart tarmog‘i o‘zining ikki yilligini nishonladi
9 sentabr 2022, 15:00

Stroymart tarmog‘i o‘zining ikki yilligini nishonladi

Stroymart do‘konlar tarmog‘i ikki yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan tantanali tadbirda o‘zbek estradasi yulduzlari va blogerlari ishtirok etishdi. Hamda tadbirda Skyworth EV6 elektromobilning g‘olibi aniqlandi.

Dam olish kunlari havo salqin bo‘ladi
9 sentabr 2022, 14:09

Dam olish kunlari havo salqin bo‘ladi

Dam olish kunlari Volga bo‘yi hududlaridan salqin va biroz nam havo massalari kirib keladi, harorat +23…+28 darajagacha tushadi. Yakshanba kuni kuzgi salqin qayd etiladi, ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Surxondaryo viloyati va Farg‘ona vodiysida shamol tezligi 20−23 m/s ga yetishi mumkin.

DXX psixotrop dorilar aylanmasiga chek qo‘ydi
9 sentabr 2022, 14:03

DXX psixotrop dorilar aylanmasiga chek qo‘ydi

DXX Farg‘onadan Toshkentga kelayotgan fuqaro mashinasida psixotrop dori vositalari borligini aniqladi. Gumonlanuvchi «Regapen» va «Tropikamid» tabletkalarini voyaga yetmagan qizi orqali olib o‘tmoqchi bo‘lgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting