Andijon tumanidagi xonadonda yong‘in sodir bo‘ldi. Oqibatda uyning shift, tom qismi va uy jihozlari hamda darvozaxonada bo‘lgan Damas yonib zararlandi. Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Anomal sovuq ob-havo tufayli 13 yanvar kuni poyezdlar harakat jadvaliga o‘zgartirishlar kiritiladi. Qaror yo‘lovchi poyezdlar harakat havfsizligini ta’minlash maqsadida qabul qilindi, deya xabar bermoqda «O‘ztemiryo‘lovchi» AJ matbuot xizmati.
O‘zbekistonda sovuq havo massasining ta’siri yakshanbagacha saqlanib turadi. Havo harorati kechasi −12…−17, ayrim joylarda −20 darajagacha sovishi mumkin. Ba’zi joylarda qor yog‘adi.
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Kobul shahrida Afg‘oniston Tashqi ishlar vazirligi binosi yaqinida sodir etilgan terrorchilik xurujini keskin qoraladi. Ushbu harakat oqibatida ko‘plab tashqi siyosat idorasi xodimlari qurbon bo‘lgan.
Yunusobod tumani Yangi shahar ko‘chasida 12 yanvar kuni tunda 17 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Oqibatda bir haydovchi va bir piyoda kasalxonaga yotqizildi.
O‘zbekistonning qator viloyatlari, jumladan, Toshkent hokimliklari sovuqqa qaramay, 11 yanvardan o‘qishni davom ettirishga qaror qildi. Poytaxtda ko‘plab ota-onalar bolalarini darsga yubormaslikka qaror qilishdi. «Gazeta.uz» muxbirlari shahardagi maktablarda bo‘lib, yangi chorak qanday boshlangani bilan tanishdi.
Toshkent va O‘zbekistonning boshqa hududlarida gaz bosimining keskin tushishi kutilmoqda. Hokim Jahongir Ortiqxo‘jayev mutasaddi rahbarlarga «qanday bo‘lsa ham ikki kun turib berish» kerakligi, aks holda
Avtobuslar harakatini sekinlashtirgan sovuq havo, metan «zapravka»lar faoliyati vaqtincha to‘xtagani, poytaxtda tarqatiladigan osh, 560 tup daraxtni qo‘porib tashlagan Qashqadaryodagi xorijiy kompaniya, «Dok-1 Maks» va «Ambronol» xavfidan ogohlantirgan JSST va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.
Sovuq kunlarda Toshkent hokimligi tomonidan shaharning olti joyida ehtiyojmand aholi, kommunal xizmat ko‘rsatish, obodonlashtirish bo‘limi va YHXB xodimlariga bepul osh tarqatilmoqda.
Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan loyihaga ko‘ra, tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchiga davlat himoyasini taqdim etuvchi «himoya orderi» sud tomonidan 1 yil muddatgacha berilishi belgilanmoqda. Amalda order ichki ishlar idoralari tomonidan 30 kunga beriladi.
O‘zbekistonda kuzatilayotgan anomal sovuq sabab tashqarida joylashgan bankomatlar pul chiqarmay qolishi holatlari kuzatilmoqda. Shu tufayli pullarni naqdlashtirishda yopiq inshootlardagi bankomatlardan foydalanish tavsiya etildi.
Ta’lim muassasalarining o‘quv xonalarida mashg‘ulotlar o‘tkazishda mehnatni muhofaza qilish talablariga muvofiq havo harorati yengil jismoniy ishda +21 daraja, o‘rtacha og‘ir ishda 17 va og‘ir ishda 16 gradusdan past bo‘lmasligi kerak.
11-yanvar kuni Xorazmda, 12-yanvar kuni Qoraqalpog‘istonda maktablar ochildi. Biroq oradan bir-ikki kun o‘tib, hudud rahbarlari qarorni qayta ko‘rib chiqdi va o‘quv jarayoni boshlanishini 16-yanvarga qoldirdi. Avvalroq xuddi shunday qaror Buxoro viloyatida ham e’lon qilingandi.
Uyg‘onish davri jahon san’ati durdonalari jamlangan Florensiyadagi mashhur Uffitsi galereyasida 2024 yilda Nukusdagi Savitskiy muzeyi kolleksiyasidagi asarlar ko‘rgazmasi namoyish etiladi. Bu borada galereya va O‘zbekiston madaniyat va san’atini rivojlantirish jamg‘armasi o‘rtasidagi memorandum imzolandi.
Havo harorati ertalab -24 darajagacha pasaygani sababli Toshkent shahrida MAN rusumli gazda harakatlanuvchi 40 ta avtobus yo‘nalishlarga chiqa olmadi. Ular kamroq sig‘imli harakatlanuvchi tarkiblar bilan almashtirildi. «Toshshahartransxizmat» rahbari «Gazeta.uz» ga bunga nima sabab bo‘lganini ma’lum qildi.
Qarshining qozonxonalaridan birida gaz portladi. Portlash oqibatida qozonxonaning yengil konstruksiya usulida qoplangan tom qismi qulab tushdi.
Eski shaharning “Xast Imom” mahallasi poytaxtdagi eng ko‘hna uylar joylashgan hududlardan. Bu yerda somon-suvoq uylarni, ba’zi xonadonlarda cho‘yan pechlarni uchratish mumkin. Sovuqlar boshlangach, “Xast Imom"da gaz bosimi pasaydi. Aholi qahratonni qanday o‘tkazyapti — Madina A’zamning fotoreportaji shu haqda.
Sud tez yordam haydovchisini yolg‘on ma’lumot tarqatganlikda aybdor deb topdi, biroq u javobgarlikka tortilmadi va ogohlantirish berildi. Avvalroq haydovchilar ularga kelgan jarimalar oyliklaridan ushlab qolinayotganini aytib, videomurojaat yo‘llagandi. IIV esa jarimalar bekor qilinishini bildirgan.
Sergeli tumanidan o‘tgan «Qipchoq» kanaliga Cobalt tushib ketdi. Mashina FVV qutqaruvchilari tomonidan olib chiqildi.
Energetika vazirligi anomal sovuq davom etayotgani sababli ayrim yirik ishlab chiqaruvchi sanoat korxonalariga tabiiy gaz yetkazib berish hajmi keskin kamaytirilib, avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari faoliyati qisqa muddatga vaqtincha to‘xtatilganini ma’lum qildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting