Bloger Olimjon Haydarov mitinglar tashkil etish va o‘tkazish tartibini buzganlik, yolg‘on axborot tarqatganlikda ayblanib, 21 mln so‘m miqdorida jarimaga tortildi. U yaqinda Farg‘onadagi zavod ishchilarining norozilik namoyishi aks etgan videoni e’lon qilgandi, shundan so‘ng 7 ishchi hibsga olingandi.
Muzlagan yo‘laklar haqida gapirgan prezident, Toshkentga olib kelinadigan 1000 ta avtobus, 28 dekabrdan qishki ta’til, Meksikada hibsga olingan 7 nafar o‘zbekistonlik, «svet» o‘chirilishi bo‘yicha jadval, yana daraxtkushlik, is gazidan vafot etganlar ortayotgani va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.
Eski ToshMI hududida sobiq saraton bo‘limi binosi buzib tashlandi. XX asr boshida qurilgan g‘ishtin binoda adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindori Aleksandr Soljenitsinning «Saraton bo‘limi» romani voqealari bo‘lib o‘tgan. Bino o‘rnida avtoturargoh qurish rejalashtirilgan.
Shavkat Mirziyoyev poytaxtda jamoat transportidan foydalanadigan 1,3 mln yo‘lovchi uchun avtobuslar yetishmayotganini tanqid qildi. Prezident eng og‘ir yo‘nalishlarga qisqa muddatda qo‘shimcha avtobuslar qo‘yish hamda haydovchilarning oylik maoshlarini oshirish bo‘yicha ko‘rsatma berdi.
Toshkent metropolitenining yer usti halqa liniyasida texnik ishlar bajarilishi sabab poyezdlar 16 dekabrdan soat 23:00 gacha harakatlanadi.
Toshkent ko‘chalarida elektr energiyasini tejash maqsadida joriy qilingan cheklovlar olinadi. 13 dekabr soat 17:00 dan mavjud ko‘cha chiroqlari, illyuminatsiya chiroqlari 100 foiz yoqiladi.
Xalqaro jurnalistlar federatsiyasining ma’lum qilishicha, yil davomida 67 nafar jurnalist hamda OAV vakillari o‘z vazifasini bajarish chog‘ida halok bo‘ldi. Federatsiya bosh kotibi BMT Bosh Assambleyasida «Jurnalistlarning xavfsizligi va mustaqilligi bo‘yicha» konvensiya qabul qilish vaqti kelganini aytmoqda.
Boysun davlat o‘rmon xo‘jaligida 51 tup daraxt noqonuniy kesilishi oqibatida o‘simlik dunyosiga jami 560 mln so‘mdan ortiq zarar yetkazilgandi. Viloyat prokuraturasi ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atdi.
Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Davolash-profilaktika muassasalarining ilmiy darajaga ega bo‘lgan xodimlariga qo‘shimcha haq to‘lash tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlandi.
Qonunchilik palatasida tibbiyot xodimlari faoliyatiga to‘sqinlik qilgan fuqarolar va mansabdor shaxslarni jarimaga tortish yoki 15 sutkagacha ma’muriy qamoq jazosini belgilash haqidagi qonun loyihasi ko‘rib chiqildi. Deputatlar loyihani ikkinchi o‘qishda bir ovozdan qabul qilindi.
Toshkent shahri va O‘zbekistonning boshqa hududlarida elektr tarmoqlari ma’murlari va korxonalari elektr ta’minotidagi aniq uzilishlar jadvallarini e’lon qila boshladi. Vaqtinchalik o‘chirishlar faqat zarur hollardagina amalga oshiriladi. Hozircha grafiklar uchun alohida sayt mavjud emas.
13 dekabr kuni Vengriyaning WizzAir loukoster aviakompaniyasi Airbus A321 neo samolyotida ilk bor Abu-Dabi — Samarqand — Abu-Dabi parvoz yo‘nalishi bo‘yicha parvozlarni amalga oshirdi.
O‘zbekistonda maktab o‘quvchilari uchun 28-dekabrdan 2023-yilning 11-yanvariga qadar 14 kunlik qishki ta’til beriladi.
Mercedes, Toyota, shuningdek, Chevrolet’ning premium modellari - bugun o‘zbek amaldorlari suyib foydalanadigan avtomobillar. Bir asr avval hozirgi O‘zbekiston o‘rnida bo‘lgan Turkiston Respublikasi amaldorlari-chi, ular qanday mashinalardan foydalangan? Tarixchi Sharofiddin Hoshimjonov maqolasi - shu haqda.
Yangi yil bayrami munosabati bilan yo‘lovchilarni tashishni tashkil qilish maqsadida 15−22−29 dekabr va 5−12−19−26 yanvar kunlari Toshkent — Andijon — Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.
Andijon tumanida yashash xonadonlarining birida sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida 63 yoshli fuqaro vafot etdi. Farzandi kuyish jarohati bilan shifoxonaga yotqizildi. Yong‘in isitish pechidan foydalanishda ehtiyotsizlik oqibatida kelib chiqqani aytilmoqda.
Energetika vazirligi Andijonda 684,1 mln so‘mlik elektr energiyasini talon-toroj qilinganini aniqladi. Holat bo‘yicha tegishli hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.
Yangi yil bayrami munosabati bilan yo‘lovchilarni tashishni tashkil qilish maqsadida 17−29 dekabr va 2−15 yanvar kunlari Toshkent — Termiz — Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha poyezd qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi.
SSV ma’lumotlariga ko‘ra, 12 dekabr kuni koronavirusga chalinganlar soni 58 nafarni (bir kun oldin 122 kishi) tashkil etib, pandemiya boshlangandan buyon virusga chalinganlar soni 247 987 nafarga yetdi.
Qarshi shahrida 13 yoshli bola uyidagi gaz plitasidan chiqqan is gazidan zaharlanib vafot etdi. Ukalari esa zaharlanish alomatlari bilan tuman shifoxonasiga yotqizildi. Holat bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting