Surxondaryoda aholi va ijtimoiy soha obyektlarini tabiiy gaz bilan ta’minlash maqsadida avtomobillarga gaz qo‘yish shoxobchalari faoliyatiga vaqtinchalik cheklovlar o‘rnatildi.
Qarshi aeroporti faoliyati noqulay ob-havo tufayli vaqtincha cheklandi. Rossiyaning “Азимут” aviakompaniyasiga tegishli Moskvadan Qarshiga yo‘l olgan reys Samarqand aeroportiga yo‘naltirildi.
Toshkent viloyati Angren neft bazasida 5000 metr kub hajmdagi sig‘im sifonining jo‘mragi havo harorati pasayishi tufayli muzlab, yorilib ketdi. Oqibatda zavoddan 11 500 litr benzin sizib chiqdi. Korxona rahbari hech kimga jiddiy zarar yetkazilmaganini ma’lum qildi.
Yer kimlarningdir nafsi uchun uvol qilinmay, ishlaydigan odamga berilishi kerak; «chinakam innovatsiyalar» suv tanqisligi oqibatlarini yumshatadi, ammo ular joriy etilmasa, mintaqadagi bo‘lajak agrar muammolardan eng ko‘p o‘zbekistonliklar aziyat chekadi, deb hisoblaydi yapon universiteti doktoranti Aziz Omonov.
Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Moskva avtobusi salonida o‘zbek tilida Rossiya armiyasi safiga qo‘shilish chaqirig‘i efirga uzatilgan lavhalar paydo bo‘lgan edi. «Mosgortrans» bunday xabarlar allaqachon efirdan olib tashlanganini ma’lum qildi.
Prezident Administratsiyasi rahbari Sardor Umurzakov rahbarligida o‘tkazilgan energiya resurslari bo‘yicha yig‘ilishda bir qancha soha rahbarlari, xususan, «Hududgazta’minot» Toshkent viloyati filiali direktori Muzaffar Aliyevga nisbatan jinoyat ishi ochilgani va qamoqqa olingani ma’lum qilindi.
Ko‘kdala tumanidagi tug‘ruqxonada elektr yo‘qligi sabab chaqaloqlar va ularning onalari sovuqda qolgani aytilmoqda. «Hech bo‘lmasa, shifoxonaga „svet“ beringlar», — deydi ayollar. Biroq tuman hokimligi isitishda uzilish bo‘lmaganni aytib, generatorni ishga tushirmagan xodimlarga chora ko‘rilganini ma’lum qildi.
Qo‘qonda Voyaga yetmaganlarga yordam ko‘rsatish markazida tengdoshlari kaltaklagan 14 yoshli bola vafot etgandi. IIV rahbari o‘rinbosari Bekmurod Abdullayev vaziyatga munosabat bildirib, bola hayotini saqlab qolish uchun lavozimdan ham voz kechishini ta’kidladi. U hodisa tizimning xatosi bo‘lganini tan oldi.
Namanganda xonadonlardan biri yarim tunda yonib ketdi. Oqibatda 2-guruh nogironi 95 foizlik kuyish jarohatini oldi. Yong‘in qo‘lbola tunika pechga «gaz so‘rg‘ich» o‘rnatilgani sababli kelib chiqqani taxmin qilinmoqda.
Mehnat vazirining ta’kidlashicha, O‘zbekiston aholisining 850 mingdan ortig‘ini nogironlar tashkil etadi. Ularning 70 mingga yaqini ishlaydi, yana 100 mingdan ortig‘i mehnat qilish istagida. «Xorijda tadbirkorlar nogironlarni ishga olishga sharaf deb qaraydi, bizda esa ozgina cho‘chiydi», — dedi Nozim Xusanov.
Boysun davlat o‘rmon xo‘jaligida 51 tup daraxt noqonuniy kesib ketildi. Buning oqibatida o‘simlik dunyosiga 560 mln so‘m zarar etkazilgani aniqlandi. Holat yuzasidan to‘plangan hujjatlar prokuraturaga yuborildi.
SSV vakili deputatning shifokorlarni bodikamera bilan ta’minlash haqidagi taklifiga munosabat bildirdi. Ta’kidlanishicha, bodikamera YPX xodimlarini himoya qilolmagandek, «tez yordam» xodimlariga ham yordam berolmaydi. «Bodikameraga qanchalik ehtiyoj borligini chuqurroq o‘ylab ko‘rishimiz kerak», — dedi u.
Samarqandda fuqaroni 30 ming dollar evaziga Meksika orqali AQShga jo‘natmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi. U avans uchun 10 ming dollar olayotgan paytda DXX va IIB xodimlari tomonidan qo‘lga olindi.
Ozodbek Nazarbekov Madaniyat vazirligi 15,5 mlrd so‘mga yuk mashinalari xarid qilinganiga izoh berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, mashinalarni «zamonaviy ko‘rinishdagi «Xalqlar do‘stligi»ning kichraytirilgan bir sahnasi» deyish mumkin. «Qora parda oldida yoki shiyponda turib, konsert berish davri o‘tdi», — dedi vazir.
Asaka tumanida viloyat IIB YHXB xodimi Spark mashinasida yo‘ldagi muzlama sabab ikki kishini urib yubordi. Oqibatda ulardan biri shifoxonada vafot etdi. Holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
«Gazeta.uz» kitobxonlikni targ‘ib etish maqsadida «Nima o‘qiymiz?» loyihasini davom ettiradi. Eng sara asarlar, o‘qilishi shart 10 kitob haqida olim, tadqiqotchi, yozuvchi-shoir, tarjimon, jurnalist va jamoat faollarining tavsiyasini sizga yetkazamiz.
9 dekabr kuni O‘zbekistonning doimiy aholisi 36 milliondan oshdi. Yil boshida bu ko‘rsatkich 35,271 million nafarni tashkil etgan edi.
Yuqori Chirchiq tumanida 2 fuqaro tomonidan tashkil etilgan yashirin narkolaboratoriya aniqlandi. Tekshiruvlar natijasida jami 1,21 kg «Mefedron» sintetik giyohvandlik vositasi, 18 gramm «opiy» va 41 gramm «gashish» moddasi aylanmasining oldi olindi.
Juma kuni O‘zbekistonda 130 kishi kovidga chalindi (oldingi kun 122 kishi). Kasallanganlarning 107 nafari Toshkent shahrida aniqlandi.
Pechda pishirilgan tovuqli ruletlar, kartoshkalar bilan gaz pechida pishirilgan qo‘y go‘shti, go‘shtli uyalar, kartoshka va go‘shtli frikadelka, sabzavotlar bilan pishirilgan tovuq sonlari va boshqalar — Zira.uz mazali va noodatiy pechda pishirilgan taomlar ro‘yxatini taqdim etadi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting