Oliy sud Nukus voqealari ishi bo‘yicha sudlanuvchilar, jumladan Dauletmurat Tajimuratov, Lolagul Qallixanova, Azamat Turdanov va boshqalarga qo‘yilgan ayblovlarni e’lon qildi. Ular orasida Qoraqalpog‘iston IIV bo‘lim boshlig‘i, universitet o‘qituvchisi hamda Nukus olimpiya zaxiralari kolleji direktori ham bor.
Xorazm viloyati Urganch shahrida er-xotinga tegishli bo‘lgan Malibu va Hongqi T55 mashinalari yonib ketdi. Hozirda yong‘in sababi va zarari aniqlanmoqda. Hodisa oqibatida tan jarohat olganlar va halok bo‘lganlar yo‘q.
Yangiariqda IIB xodimi xizmat quroli bilan o‘zini otib o‘ldirdi. Bunga turmush o‘rtog‘ining farzandlarini olib, otasining uyiga ketgani oqibatida kelib chiqqan ruhiy siqilish sabab bo‘lgani aytilmoqda. Holat yuzasidan ekspertiza ishlari tayinlanib, tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.
O‘zbekistonda koronavirus yuqtirganlarning kunlik soni yana ortib, yakshanba kuni respublikada 137 kishida (bir kun avval 129 kishi) koronavirus aniqlandi. Kasallik yuqtirganlarning eng ko‘pi poytaxtda (81 kishi).
Yaqin fursatlarda Buxoro viloyati sudida Nukus voqealari bo‘yicha 22 kishi nisbatan sud muhokamalari boshlanadi. Tomonlar birin-ketin sud zaliga kirib kelmoqda, OAV vakillari uchun esa maxsus matbuot markazi tashkil etilgan. Hozircha ayblanuvchilarning advokatlari va prokuratura xodimlari yetib kelishdi.
Farg‘onada ayol kishi o‘ziga tanish bo‘lgan 3 nafar qizni janjal oqibatida pichoqladi. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Xitoyda sodir bo‘lgan 5,2 ballik zilzila O‘zbekiston hududlarida ham sezildi. Farg‘ona vodiysida uning kuchi 3 balni tashkil etdi.
1−2 iyul kunlari Nukusda sodir bo‘lgan voqealar yuzasidan ochiq sud dushanba kuni Buxoroda boshlanadi. 22 kishi, shu jumladan, D. Tajimuratov, L. Kallixanova, A. Turdanovlar ayblanuvchi hisoblanadi. Ayblov 11 ta modda — bezorilikdan tortib, konstitutsiyaviy tuzumga tajovuz qilish doirasida e’lon qilindi.
Toshkentlik vatandoshimiz Kamola Mahmudova 25 yildirki O‘zbekistonda yashamaydi, ammo bu uning saratonga chalingan bolalarga yordam berishi va Buxoroda daraxt ekishiga to‘sqinlik qilmaydi. U “Xorijdagi o‘zbekistonliklar” loyihasi doirasida ona yurtiga bo‘lgan muhabbati haqida so‘zlab berdi.
O‘zbekiston Sudyalar assotsiatsiyasining raisi etib Ubaydulla Mingboyev qayta saylandi.
Qoraqalpog‘istonda bolalar uchun sut kislotali bakteriyalarning mahalliy shtammlari asosida yangi turdagi sut mahsulotlarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilmoqda. Loyiha 2021 yilda Innovatsion rivojlanish vazirligi mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilgan.
Tarmoqlarda Farg‘onada ayol kishi IIB binosi oldida o‘zini yoqib yubormoqchi bo‘lgani haqidagi xabar tarqaldi. Viloyat IIB ayolning qizi 4 nafar shaxsga jinsiy aloqa qilishga sharoit yaratib bergani va 2 nafar voyaga yetmagan qizni tutqunlikda saqlab, fohishalikka majburlab kelgani uchun ushlanganini ma’lum qildi.
Andijonda 3 kishining o‘limi, 38 kishining jarohatlanishiga sabab bo‘lgan yirik to‘qnashuvga yo‘l ta’mirlash korxonasining o‘zboshimchaligi sabab bo‘lgani aniqlandi. Korxona YHXX organlari bilan kelishmagan holda yo‘lning bir tomonida qarama-qarshi harakatni tashkil etgan. Jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Joriy yilning iyul oyida Qoraqalpog‘istonda bo‘lib o‘tgan voqealar bo‘yicha sud jarayonlari 28 noyabr kuni boshlanadi.
Surxondaryodagi «Sariosiyo» chegara bojxona postidan o‘tayotgan fransiyalik fuqaroning yuklari orasidan 4 dona quritilgan ko‘knori boshog‘i aniqlandi. Hozirda holat bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Prezident farmoni bilan shu vaqtgacha Navoiy viloyati hokim o‘rinbosari bo‘lib ishlab kelgan Akmaljon Mahmudaliyev Sirdaryo viloyatining hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Viloyatning avvalgi hokimi prezident maslahatchisi lavozimiga tayinlangandi.
IIV Kiberxavfsizlik markazi mobil qurilmalarning IMEI-kodlarini noqonuniy ravishda ro‘yxatdan o‘tkazib yurgan jinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘ydi. Ular 175 kishining pasportidan foydalangan.
Toshkentda shanba kuni «TTZ — Mashinasozlar» ekspress-yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanuvchi Mercedes-Benz Conecto Low Floor rusumli avtobusda yong‘in chiqdi. Ushbu yo‘nalish bo‘ylab harakatlar uch kun avval boshlangan edi. Hodisa oqibatida jarohatlanganlar yo‘q.
«O‘zbekgidroenergo» «Quyi Chotqol» GES qurilishi munosabati bilan tashkil etilgan tantanali tadbirda loyihaning texnik xususiyatlari va ahamiyati xaqida ma’lumot berdi.
A-373 Toshkent-O‘sh-Andijon avtomagistralida “Isuzu” avtobusi va “Fura” yuk mashinasi to‘qnashib ketdi. SSV to‘qnashuv natijasida jami 41 nafar fuqaro jarohat olgani, shulardan 3 nafari voqea joyida vafot etganini ma’lum qildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting