Navoiyda qozog‘istonlik narkokur’erlar viloyatning Uchquduq tumani Qizilqum cho‘li hududiga xufiyona tarzda 12 ming dona «Tramadol» dori vositalari ko‘mib ketgani aniqlandi. Toshkentda esa tish doktori psixotrop dorilar savdosiga aralashib qoldi. Boshqa urinishlar ham fosh qilindi.
Juma kuni 124 kishi koronavirusga chalingani qayd etildi, bunday holat oxirgi marta iyun oyida kuzatilgandi (133 kishi). Eng ko‘p virus yuqtirganlar Toshkent shahrida aniqlandi.
“Qahva donalari” pechenyesi, quyultirilgan sut bilan tvorogli pechenye, limon va yalpizli pechenye, brauni hamda “Alfaxores” va boshqalar — Zira.uz dasturxonning bezagi bo‘lgan mazali va noodatiy pechenyelar ro‘yxatini taqdim etadi.
Shanba kuni ertalab Toshkentda quyuq tuman kuzatilmoqda. Aeroportda ba’zi reyslarning uchish va qo‘nishi kechiktirildi. Ayni daqiqalarda shahar qanday ko‘rinishga ega — fotosuratda.
«Gazeta.uz» kitobxonlikni targ‘ib etish maqsadida yangi loyihani boshladi — «Nima o‘qiymiz?». Eng sara asarlar, o‘qilishi shart 10 kitob haqida olim, tadqiqotchi, yozuvchi-shoir, tarjimon va jamoat faolining tavsiyasini sizga yetkazamiz.
Respublika onkologiya markazi, uning poytaxt va Toshkent viloyatidagi filiallarini birlashtirgan umumiy qiymati 600 mlrd so‘mlik yagona onkologiya majmuasi qurilishi Mimar Group kompaniyasi tomonidan amalga oshirilmoqda. Bu Vazirlar Mahkamasining yopiq qarorida ko‘zda tutilgan, deya ma’lum qildi SSV vakili.
Navoiy viloyatiga tayinlangan hokim, ISHIDga qo‘shilmoqchi bo‘lgan 18 yoshli qiz qamalgani, is gazining navbatdagi qurbonlari, bankomatdagi pullarni o‘g‘rilagani aytilayotgan «Turonbank» xodimlari, ko‘tarilayotgan kovid statistikasi, Chorsu bozoridagi to‘y fotosessiyasi va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.
Kitobni tayyor holga keltirishda faqat unda nomi qayd etilgan insonlar emas balki, “front orti” — kitobning biror yerida ismi yozilmaydigan ko‘plab insonlarning ham mehnati yotadi. “Gazeta.uz” muxbirlari “G‘afur G‘ulom” va “Sharq” nashriyoti bosmaxonalaridan kitobni tayyorlash jarayoni haqida reportaj tayyorladi.
Joriy yilning sentabrida Moskvadan Toshkentga ko‘chib kelgan Dominik Majintas va Yevgeniya Ribakova Chorsu bozorida to‘y fotosessiyasini o‘tkazishdi. Ularning suratlari tarmoqlarda juda mashhur bo‘ldi. Ular «Gazeta.uz»ga bu g‘oya qanday tug‘ilgani haqida so‘zlab berishdi.
UzAuto Motors kompaniyasi Davinci 2022 mukofotining «Ish izlovchilar orasida eng talabgir ish beruvchi» nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi.
Tarmoqlarda maktab o‘quvchilarining ommaviy mushtlashuvi aks etgan video tarqaldi. Toshkent shahar IIBB hodisa Mirobod tumanidagi 125-maktabda sodir bo‘lganini ma’lum qildi. Holat yuzasidan bezorilik bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
23 dekabrdan Asialuxe Travel Maldiv orollariga charter reyslarni amalga oshirishni boshlaydi. Kompaniya u yerga qanday yetib borish, mehmonxona topish va orollarda qanday vaqt o‘tkazish mumkinligi haqiqa so‘zlab berdi.
PMTI mutaxassislarining fikricha, o‘zbek ayollaridagi iqtisodiy faollikning pastligi uy-ro‘zg‘or ishlari bilan band bo‘lishga bog‘liq. Qolaversa, ishlaydigan ayollar erkaklarga nisbatan o‘rtacha 39% kam maosh oladi va ular 30 yoshda martabaga erisha boshlaydi.
Qashqadaryo viloyatida 2022 yilning 9 oyida 552 ta korrupsion jinoyatlar (o‘tgan yilga nisbatan 114 taga ko‘p) sodir etildi. Murotjon Azimov viloyatda hokimlik, moliya va g‘aznachilik boshqarmasi xodimlaridan 34 nafari tadbirkorlik subyektlarida ta’sischi yoki rahbar sifatida ishlayotganini ochiqladi.
Hukumat qarori bilan davlat xizmatlari markazlari orqali statistik ma’lumotlarni olish imkoniyati yaratiladi. Biroq tarkibida davlat sirlari va qonunchilik bilan qo‘riqlanadigan sir mavjud ma’lumotlar berilmaydi. Har bir ma’lumot uchun BHMning 0,08 foizi miqdorida yig‘im undiriladi.
Guliston tumanida elektr transformator ostiga kirib qolgan itni qutqarmoqchi bo‘lgan 2-sinf o‘quvchisini tok urdi. Bola bosh, qorin, qo‘l va oyoq qismidagi jarohati bilan shifoxonaga yotqizildi.
Mirobod tumanida «Turonbank» kassiri va mas’ul shaxslari bankomatdagi 348 mln so‘mga yaqin naqd pul va 7600 dollarni talon-toroj qilgani aytilmoqda. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari boshlandi.
Yunusobod tumanida Suriyaga ketib, ISHID terroristik tashkiloti safiga qo‘shilishni maqsad qilgan 18 yoshli qiz 5 yilga qamaldi. U tashkilot rahnamolarining ma’ruzalarini tinglab, uning g‘oyaviy ta’siriga tushib qolgan. Qiz ketish uchun «qizil pasport» olgani va buni yaqinlari bilmaganini ma’lum qildi.
Adliya vazirligi rahbariyati NNTlarni xalqaro grant loyihalarni amalga oshirishda davlat organlari bilan hamkorlik qilishga chorlovchi hukumat qarorini bekor qilishga chaqirgan NNT va faollar bilan uchrashdi. Tomonlar hujjat qayta ishlanishi kerakligi borasida bir to‘xtamga keldi.
Vazirlar mahkamasining qarori bilan Noruda materiallarni noqonuniy qazib olishda tabiiy obyektlarga yetkazilgan zararni hisoblash tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting