Jamiyat

Samarqanddagi YTHda uch kishi halok bo‘ldi
12 may 2022, 12:54

Samarqanddagi YTHda uch kishi halok bo‘ldi

Samarqand viloyatida Nexia avtomobilining kanalga tushib ketishi oqibatida ikki nafar maktab o‘quvchisi va 29 yoshli erkak halok bo‘ldi. Haydovchi va yana bir yo‘lovchi tirik qolgan, haydovchi voqea joyidan yashiringan.

Inson a’zolari transplantatsiyasi to‘g‘risidagi qonun qabul qilindi
12 may 2022, 12:45

Inson a’zolari transplantatsiyasi to‘g‘risidagi qonun qabul qilindi

Prezident inson a’zolari transplantatsiyasiga oid qonunni imzoladi. Unga ko‘ra, inson a’zolarini ko‘chirib o‘tkazish tibbiy xulosa asosida va bemorning yozma roziligi bilan amalga oshiriladi. Murda a’zolarini olishga esa uning tiriklik chog‘idagi notarial tartibda tasdiqlangan yozma roziligi mavjud bo‘lgan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Qonun bilan shuningdek, inson a’zolarini va to‘qimalarini olish taqiqlangan holatlar ham belgilab berildi.

«Bundan ko‘ra uyimni yoqib yuborsa yaxshi edi». Farg‘onalik fermer tuman hokimi ustidan arz qilib, prezidentga murojaat yo‘lladi
12 may 2022, 12:14

«Bundan ko‘ra uyimni yoqib yuborsa yaxshi edi». Farg‘onalik fermer tuman hokimi ustidan arz qilib, prezidentga murojaat yo‘lladi

Prezidentning Farg‘onaga tashrifi arafasida fermer Iqboljon Meliboyev Buvayda tumani hokimi ustidan shikoyat qilib, videomurojaat yo‘lladi. Buni yoritgan farg‘onalik jurnalistga bosim o‘tkazilgani va ishdan bo‘shash haqida ariza so‘ralgani aytildi. Farg‘ona viloyati hokimligi vaziyatni o‘rganishni boshladi. Jamoatchilik faollari esa mazkur holatni keskin qoralab, «fermer va jurnalistdan qo‘llarni tortishni» talab qilmoqda.

So‘x-Rishton yo‘lida sel tufayli transport harakati to‘xtatildi
12 may 2022, 10:38

So‘x-Rishton yo‘lida sel tufayli transport harakati to‘xtatildi

So‘x-Rishton avtomobil yo‘liga sel natijasida loy va toshlar oqib kelgani sababli transport vositalari harakati vaqtincha to‘xtatildi.

15 maydan Qozog‘istonga poyezdlar qatnovini tiklash rejalashtirilmoqda
12 may 2022, 09:45

15 maydan Qozog‘istonga poyezdlar qatnovini tiklash rejalashtirilmoqda

May oyining o‘rtalaridan «Nukus — Beyneu — Nukus» va «Olmaota — Toshkent — Olmaota» temir yo‘l qatnovlari qayta tiklanmoqda. Ularning yo‘lga qo‘yilishi oldinroq rejalashtirilgandi, biroq Qozog‘istondagi karantin cheklovlari tufayli keyinga qoldirilgandi.

Shavkat Mirziyoyev Farg‘onaga boradi
12 may 2022, 09:41

Shavkat Mirziyoyev Farg‘onaga boradi

Prezident Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan 12−13 may kunlari Farg‘onaga boradi. Tashrif davomida mahallalardagi bunyodkorlik ishlari ko‘zdan kechirish, yig‘ilish o‘tkazish hamda korxonalar faoliyati bilan tanishish rejalashtirilgan.

“IT — ayollarning ishi emasligini ko‘p aytishgan” — Amazon kompaniyasining biznes-tahlil bo‘yicha muhandisi Shahlo Xodjayeva
12 may 2022, 09:19

“IT — ayollarning ishi emasligini ko‘p aytishgan” — Amazon kompaniyasining biznes-tahlil bo‘yicha muhandisi Shahlo Xodjayeva

Amazon kompaniyasining biznes-tahlil bo‘yicha muhandisi Shahlo Xodjayeva — “Xorijdagi o‘zbekistonliklar” loyihasining navbatdagi mehmoni. U AQShda IT-mutaxassisi sifatidagi ish tajribasi, g‘arbcha va o‘zbekona turmush tarzi o‘rtasidagi farq hamda Amerika mehnat bozorida ish beruvchilar tomonidan qadrlanadigan xodimlarning shaxsiy fazilatlari to‘g‘risida so‘zlab berdi.

11 may kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
11 may 2022, 22:00

11 may kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

1 iyundan g‘allani sotib olish va sotishda bozor narxlariga o‘tilayotgani, Surxondaryodagi seldan keyin topilgan ikki kishining jasadi, suv toshqinlaridan himoyalanishni kuchaytirish bo‘yicha ko‘rsatma bergan prezident, noqonuniy qurilish bo‘yicha onlayn murojaat yuborish imkoni, masofaviy to‘lovlar uchun ham keshbek qaytarilishi, kasallikdan vafot etgan Angren shahar hokimi va boshqalar — «Gazeta.uz»ning 11 maydagi eng muhim xabarlari dayjestida.

MB bankomatlarda naqd pul yetishmasligi haqidagi xabarlarga izoh berdi
11 may 2022, 18:17 1

MB bankomatlarda naqd pul yetishmasligi haqidagi xabarlarga izoh berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda bankomatlardan naqd pul yechib olish bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelgani haqida xabarlar tarqalmoqda. Markaziy bank mazkur uzilishni naqd pulga talab ortishi va logistika muammolari bilan izohladi. Regulyator aholining naqd pulga bo‘lgan ehtiyojini qondirish uchun barcha imkoniyatlarga ega ekanligiga ishontirmoqda.

Uy va avtomobil oldi-sotdisida boj toifalari olib tashlanib, umumiy narxlar belgilanishi kutilmoqda
11 may 2022, 17:37

Uy va avtomobil oldi-sotdisida boj toifalari olib tashlanib, umumiy narxlar belgilanishi kutilmoqda

«Milliy tiklanish» fraksiyasi yig‘ilishida deputatlar tomonidan uy sotib olishda va avtomobil oldi-sotdisida to‘lanadigan davlat boji toifalarini bekor qilish va umumiy narx belgilash muhokama qilindi.

Surxondaryoda sel oqizib ketgan ikki kishining jasadi topildi
11 may 2022, 16:24

Surxondaryoda sel oqizib ketgan ikki kishining jasadi topildi

Favqulodda vaziyatlar vazirligi Sariosiyo tumanida selda oqib ketgan ikki fuqaroning jasadi va mashina «To‘palang» daryosi o‘zanidan topilganini ma’lum qildi.

Noqonuniy qurilish holatlari bo‘yicha onlayn murojaat yuborish imkoni yaratiladi
11 may 2022, 15:41

Noqonuniy qurilish holatlari bo‘yicha onlayn murojaat yuborish imkoni yaratiladi

Fuqarolar tomonidan «Shaffof qurilish» milliy axborot tizimiga noqonuniy qurilish holatlari bo‘yicha onlayn murojaat yuborish imkoni yaratiladi. Shuningdek, tashqi reklama obyektlarini joylashtirishda jamoatchilik nazorati kuchaytiriladi.

Toshkentda fuqarolar qalbaki $2 mingni bankomat orqali ayirboshlagani aniqlandi
11 may 2022, 12:29

Toshkentda fuqarolar qalbaki $2 mingni bankomat orqali ayirboshlagani aniqlandi

Toshkent shahrining Yashnobod tumanida bir nechta fuqaro bankomat orqali qalbaki 2 ming dollarni so‘mga almashtirib olganlikda gumonlanmoqda. Ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Angren shahri hokimi Nuritdin Abdurahimov vafot etdi
11 may 2022, 10:27

Angren shahri hokimi Nuritdin Abdurahimov vafot etdi

Toshkent viloyati Angren shahri hokimi Nuritdin Abdurahimov xastalikdan so‘ng 44 yoshida vafot etdi. U bu lavozimga yanvar oyida tayinlangan edi.

Surxondaryoda tadbirkor qishloq xo‘jaligi maydoniga 3 mlrd so‘mdan ko‘proq zarar yetkazdi
11 may 2022, 10:27

Surxondaryoda tadbirkor qishloq xo‘jaligi maydoniga 3 mlrd so‘mdan ko‘proq zarar yetkazdi

Angor tumanida tadbirkor 3,10 gektar sug‘oriladigan qishloq xo‘jaligi maydonida qurilish ishlari olib borgani aniqlandi. Bu orqali tadbirkor qishloq xo‘jaligi yeri foydalanishdan chiqishiga sabab bo‘lgani va davlat manfaatlariga 3,1 mlrd so‘m zarar yetkazilgani aytilmoqda.

1 kg opiyni Samarqanddan Qoraqalpog‘istonga olib ketayotgan shaxs qo‘lga olindi
11 may 2022, 09:59

1 kg opiyni Samarqanddan Qoraqalpog‘istonga olib ketayotgan shaxs qo‘lga olindi

Paxtachi tumanida fuqaro boshqaruvidagi avtomobilda umumiy og‘irligi 1 kg bo‘lgan opiy giyohvand moddasi borligi aniqlandi. Fuqaro moddani Qoraqalpog‘istonga olib ketayotganini ma’lum qilgani aytilmoqda. Gumondorga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Masofaviy elektron to‘lovlar uchun ham keshbek to‘lash boshlandi
11 may 2022, 09:48

Masofaviy elektron to‘lovlar uchun ham keshbek to‘lash boshlandi

DSQ endilikda masofaviy to‘lovlar uchun ham 1 foizlik keshbek to‘lanishini ma’lum qildi. To‘lov xizmatlari orqali to‘lov amalga oshirilganda QR-kodli chek hosil bo‘ladi va bu Soliq ilovasida avtomatik tarzda aks etishi kerak.

Foto: Chirchiqda o‘tgan «Dog biatlon» finali
11 may 2022, 08:00

Foto: Chirchiqda o‘tgan «Dog biatlon» finali

Chirchiqda Kinologlar va xavfsizlik kuchlarining jamoalari o‘rtasida o‘tkazilgan «Dog biatloni» o‘z yakuniga yetdi. Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan tadbirda Mudofaa vazirligi jamoalari g‘olib bo‘ldi. Musobaqaning final bosqichi — «Gazeta.uz» muxbiri Madina A’zam fotoreportajida.

10 may kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
10 may 2022, 22:00

10 may kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

SpaceX kompaniyasiga O‘zbekistonda vakolatxona ochish taklif etilgani, Surxondaryodagi sel oqibatlari, Toshkentda odamlarni yana soqol olishga majburlashayotgani, Uchtepa tumanida hayfsan olgan 33 nafar hokim yordamchisi, O‘zbekistonning 7 hududida ishga tushirilgan yangi fotoradar va kuzatuv kameralari va boshqalar — «Gazeta.uz»ning 10 maydagi eng muhim xabarlari dayjestida.

Surxondaryoda sel 3 kishini oqizib ketdi
10 may 2022, 21:36

Surxondaryoda sel 3 kishini oqizib ketdi

Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanida tog‘li hududga sel kelishi natijasida odamlar va chorva mollarini suv oqizib ketdi. Chorva mollari egasi tabiiy ofatdan qutilib qolgan. Qolganlari qidirilmoqda.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting