Internetda yoqilg‘i quyish shoxobchalarida metan narxi 3000−3100 so‘mgacha oshirilgani haqida xabarlar tarqaldi. Energetika vazirligi gaz narxi eski tarifda qolganligi sababli «metan narxi oshganiga obyektiv sabablar yo‘qligini» ma’lum qildi. Vaziyatga «O‘ztransgaz» va Soliq qo‘mitasi ham munosabat bildirdi.
Dam olish kunlari havo harorati +36 darajadan +45 darajagacha ko‘tariladi. Shanba kuni shimoliy va cho‘l hududlarda, yakshanba kuni esa mamlakatning ayrim joylarida chang-to‘zonlar ko‘tariladi, shamol tezligi 22−25 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.
Eksperiment tariqasida 24 ta davlat tashkilotining korrupsiyaga qarshi kurashish ishlari samaradorligi baholandi. Reyting natijasiga ko‘ra, Bojxona qo‘mitasi faoliyati «yaxshi», Adliya vazirligi va poytaxt hokimligi faoliyati «qoniqarli», XTV, SSV, Qurilish, Moliya vazirliklariniki esa «qoniqarsiz» deb topildi.
CSI kompaniyasining self service mahsulotlari menedjeri Igor Chechulin riteylerlar nima uchun o‘ziga o‘zi xizmat ko‘rsatish kassalarini o‘rnatishi kerakligi haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Sirdaryo viloyatida yashovchi fuqaro Sibir yarasini (kuydirgi) yuqtirib olgani aniqlandi. Viloyat SES boshqarmasi kasallik odamdan odamga yuqmasligini aytib, hozirda epidemiologik vaziyat barqarorligi va xavotirga o‘rin yo‘qligiga ishontirmoqda.
2022/2023-o‘quv yili uchun xorijdan va O‘zbekistondagi OTMlar o‘rtasida o‘qishni ko‘chirish, qayta tiklash bo‘yicha arizalar 5 avgustgacha qabul qilinadi. Oliy ta’lim vazirligi arizalarni onlayn yuborish uchun ikkita platforma ishga tushirilganini ma’lum qildi.
2022−2026 yillarga mo‘ljallangan «Xavfsiz va ravon yo‘l» dasturiga muvofiq, Toshkent shahrida 30 ta avtomatlashtirilgan yo‘l bo‘yi pullik to‘xtab turish joyi tashkil etiladi. Shundan 10 tasini 2022 yilda foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.
Prezident qarori bilan 1 sentabrdan DXSH asosidagi va oilaviy nodavlat bog‘chalarga ham 3 yoshga to‘lmagan bolalarni qabul qilishga ruxsat beriladi. Tarbiyachi va yordamchilarning budjetdan ish haqini qoplash uchun subsidiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri xodimlarning plastik kartasiga o‘tkazib beriladi.
O‘zbekistonliklarni Rossiyaga uyushgan holda ishga yollash 5,6 baravar kamaydi. Ayni vaqtda Koreya Respublikasiga oqim ko‘paygan, deb xabar qildi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi.
O‘zbekistonga kelgan Turkmaniston prezidenti, Konstitutsiyaga yetishmayotgan ayrim qo‘shimchalar, tezda chiqib ketgan 200 ming so‘mlik banknot, rekonstruksiyasi ma’qullangan Shota Rustaveli ko‘chasi, benzinni kam quyayotgan Ayrim AYOQSHlar va boshqalar — «Gazeta.uz»ning 14 iyuldagi eng muhim xabarlari dayjestida.
Madaniy meros agentligi Bo‘stonliqdagi Xo‘jakenttepa arxeologik yodgorligi hududida dala hovli qurilayotgani yuzasidan izoh berdi. Avvalroq bu haqdagi video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan edi.
Farg‘onada quvib o‘tish qoidasini buzgan Damas haydovchisi qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketdi va Lacetti bilan to‘qnashuv sodir etdi. YTH natijasida ikki kishi hayotdan ko‘z yumdi.
Toshkentda “Kyoshebashi” turk restoraning birinchi franshizasi ochiladi.
“RG Brands” kompaniyasi o‘zi ishlab chiqaradigan “A'su” ichimlik suvining afzalliklari haqida so‘zlab berdi.
Navoiy viloyat teleradiokompaniyasining muharriri, jurnalist Ruxsora Karimova avariyaga uchrab, vafot etdi. Baxtsiz hodisa junalist ish yuzasidan Toshkent shahriga kelayotganda yuz bergani aytilmoqda.
Toshkent viloyatida ikki fuqaro 3 gektar yer maydonini 350 ming dollarga sotishga uringanlikda gumonlanmoqda. Ular kelishilgan puldan 10 ming dollarini olganida huquq-tartibot organlari xodimlari tomonidan ushlangan. Gumondorlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Prokuraturada bir vaqtning o‘zida tergov funksiyasi mavjudligi odil sudlovni amalga oshirishga halaqit beradi, degan fikrda Rasul Kusherbayev. Deputat DXX, IIV va prokuraturadan mustaqil bo‘lgan tergov organini tashkil etish vaqti kelgani va buni Konstitutsiyada aks ettirish zarurligini ta’kidladi.
Toshkentdagi Shota Rustaveli ko‘chasini obodonlashtirish, drenaj va sug‘orish tizimi, yo‘l bo‘yida piyodalar va velosipedchilar yo‘laklarini barpo etish orqali rekonstruksiya qilish rejalashtirilmoqda. Poytaxt hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev tegishli qarorni imzoladi.
Qarshi shahar sudi «Jihodchilar» oqimi g‘oyalarini targ‘ib qilgan 29 yoshli ayolni 9 oylik farzandi borligini hisobga olib, 3 yilga uy qamog‘iga hukm qildi. Bundan tashqari, DXX ekstremistik oqim g‘oyalarini tarqatganlikda gumonlab, yana ikki nafar fuqaroni qo‘lga oldi. Ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Prezident qarori bilan 2022−202-yillarga mo‘ljallangan “Xavfsiz va ravon yo‘l” umummilliy dasturi tasdiqlandi. Unga ko‘ra, yo‘l infratuzilmasini takomillashtirish va xavfsiz harakatlanish sharoitlarini yaratish orqali yo‘llarda avariya va o‘limlar sonini qisqartirish ko‘zda tutilmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting