Konstitutsiyani o‘zgartirish bo‘yicha kelib tushgan takliflar, 1hls.uz`ning prezident farmoni bilan tugatilgani, Jamshid Qo‘chqorovdan kambag‘allikni 2 baravar qisqartirish rejalari, bachadon bo‘yni saratonining oldini olish yo‘llari, maktablarda ta’lim sifati haqida gapirgan prezident, Meta kompaniyasidan $3 mln sarmoya jalb qilgan 2 o‘zbek dasturchi va boshqalar — «Gazeta.uz»ning 26 maydagi eng muhim xabarlari dayjestida.
Qarshida bir guruh taksi haydovchilari xavfsizlik kamarini taqmaganlik uchun javobgarlikdan norozi bo‘lib yo‘lni to‘sib qo‘ydi. O‘zbekiston IIV YHXBB holat bo‘yicha munosabat bildirdi.
Nima uchun maktab partasidagi qo‘ng‘iroqdan qo‘ng‘iroqqacha bo‘lgan an’anaviy ta’lim o‘zgarishi kerak? Maktab bolalarni o‘zgaruvchan dunyoda yashashga qanday tayyorlashi kerak? Shu va boshqa savollarga javoblar — ta’lim bo‘yicha ekspert, ixtirochilik muammolarini hal qilish nazariyasi mutaxassisi Anatoliy Gin bilan sifatli maktab ta’limi haqidagi intervyuda.
Toshkent shahar IIBB xodimlari Yangihayot tumanidagi 1 gektar yerni 1 million dollarga sotishni va’da qilgan ikki nafar shaxsni qo‘lga oldi.
«Sudoche-Akpetki» davlat qo‘riqxonasining ko‘llari chiroyli hududlar bo‘lib, u yerda suv qushlarining noyob va himoyaga muhtoj turlari — saqoqqushlar, flamingolar, qoraquloqlar va boshqalar yashaydi. Qo‘riqxona ishchilari tomonidan olingan fotosuratlar to‘plami.
Uchquduq tumanida tanishlari yordamida bir fuqaroni zavodga ishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxs so‘ralgan 5 ming dollarni olayotganida qo‘lga olindi.
Beknazar Abdikamalov va Aziz Murtazayev singapurlik hamkori Jastin Kim bilan birgalikda ruhiy salomatlik bo‘yicha startap uchun Meta kompaniyasidan 3 mln dollarlik grantni yutib oldi. Loyiha ruhiy salomatlik xizmatini yanada qulayroq qilish uchun onlayn maslahat seanslarini o‘z ichiga oladi.
Prezident Shavkat Mirziyoyevning 6 apreldagi farmoni bilan aholini kunlik yurish va yugurishga targ‘ib qilish maqsadida yaratilgan «Sog‘lom turmush tarzi» (1hls.uz) platformasi faoliyati tugatilgan. Yanvar oyida ushbu platforma foydalanuvchilari sonini oshirish uchun davlat budjetidan 100 mlrd so‘m mablag‘ ajratilishi haqida prezident qarori imzolangan edi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev maktab ta’limidagi islohotlarga bag‘ishlangan navbatdagi yig‘ilishni o‘tkazdi. O‘qituvchilarning jamiyatdagi nufuzini oshirish, zamonaviy malakali pedagog kadrlarni tayyorlash zarurligi yana bir bor muhokama qilindi. Kimyo, biologiya, fizika va matematika o‘qituvchilarini kasbiy attestatsiyadan o‘tkazish tizimini joriy etish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
100% oldini olish mumkin bo‘lgan yagona saraton bu — bachadon bo‘yni saratonidir. Sog‘liqni saqlash vazirligining ushbu infografikasi ayollarga mazkur kasallikdan himoyalanishga yordam beradigan uchta oddiy profilaktika choralarini ko‘rsatadi.
2023 yil 1 martdan boshlab milliy sport turlari bo‘yicha uch bosqichli respublika o‘yinlari tashkil etiladi. Shuningdek, har yili Toshkent shahrida «Uzbekistan Ethno Games» respublika festivali bo‘lib o‘tadi. Xivada esa har ikki yilda bir marotaba Xalqaro etnosport festivali tashkil qilinadi. Har bir hududda ot sporti turlariga tegishli anjomlar do‘koni ochiladi.
2023 yil 1 yanvardan boshlab tadbirkorlar aqlli suv hisoblagichlarini o‘rnatishlari shart bo‘ladi. Shu bilan birga, ular hisobga olish asboblarini sotib olishlari sababli soliq miqdorini 4 BHMgacha kamaytirish huquqini oladilar. 2023 yildan aholi uchun muddati o‘tgan hisoblagichlarni almashtirish «O‘zsuvta’minot» AJ hisobidan amalga oshiriladi.
«Gazeta.uz» O‘zbekistonning turli hududlaridagi IT sohasini o‘rganayotgan o‘smir qizlar bilan suhbatlar uyushtirdi. Navbatdagi suhbatdoshimiz, Toshkentdagi al-Xorazmiy maktabi bitiruvchisi Muborakxon To‘ychiyeva IT uchun an’anaviy ta’lim shart emasligi, ko‘plab maktablarda kompyuterlar shunchaki komissiya kelganda ko‘rsatish uchun qo‘yilganligi, qizlarga imkoniyat berilsa, hamma narsani eplab ketishi haqida gapirib, tengdoshlari uchun maslahatlar bilan bo‘lishdi.
Toshkent — Istanbul yo‘nalishi bo‘ylab harakatlangan HY-273 reysi samolyoti texnik nosozlik sababli Trabzon aeroportiga majburan qo‘nishni amalga oshirdi. Havo kemasi bortidagi 240 nafar yo‘lovchining hayotiga hech qanday xavf tug‘ilmagani xabar qilindi. Shu sababli HY274 reysi vaqti kechiktirildi.
Chirchiqda keksa erkakni sababsiz kaltaklagan maktab o‘quvchilariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, ular qo‘lga olindi, deb xabar berdi Toshkent viloyati IIB.
Xonanda Nargiz Zokirova Toshkentdan Moskvaning Domodedovo aeroportiga uchib borishi bilan qo‘lga olindi. U 2072 yilgacha Rossiyaga kirishi taqiqlandi va deportatsiya qilinishi mumkin. Xonandaning amakivachchasi Javohir Zokirov deportatsiyaga uning Ukrainadagi urush haqidagi izohi sabab bo‘lganini ma’lum qildi.
Maktablarda chalingan so‘nggi qo‘ng‘iroq, Toshkent xalqaro aeroportidagi pullik navbatsiz o‘tish imkoniyati, Qo‘qonda ishga tushirilgan Yandex Go xizmati, Pastdarg‘omda qo‘lga olingan 2000 tup marixuana yetishtirganlar, hokim bir vaqtning o‘zida mahalliy kengash raisi bo‘lishi noto‘g‘riligini aytgan Sodiq Safoyev, pensionerlar, nafaqaxo‘rlar, kam ta’minlanganlarga bir martalik moddiy yordam ko‘rsatilishi va boshqalar — «Gazeta.uz»ning 25 maydagi eng muhim xabarlari dayjestida.
O‘zgidromet 27−29-may kunlari kuchli yomg‘ir yog‘ishi, O‘zbekistonning to‘qqiz viloyatida tog‘ oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkinligini ma’lum qildi (sel kelishi ehtimoli bo‘lgan hududlar ro‘yxati).
Shavkat Mirziyoyev ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarga bir martalik moddiy yordam to‘lash to‘g‘risidagi qarorni imzoladi. Yordam ikki hafta ichida berilishi kerak.
29 may kuni «Yangi O‘zbekiston» bog‘ida 20 kun davomida Toshkent ahlini shod qilib kelayotgan Tashkent Opera Fest bayramining tantanali yopilish marosimi bo‘lib o‘tadi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting