Falastinliklarni O‘zbekistonda davolashni taklif qilgan prezident, saylovdan so‘ng qayta tasdiqlangan hokimlar, tarixiy rekordni yangilagan bitkoin, Toshkentda reklama bannerlarini demontaj qilish ishlari va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.
“Navoiy-Uchquduq” avtomobil yo‘lida ikki avtomobil ishtirokida halokatli YTH sodir bo‘ldi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Nexia haydovchisi quvib o‘tish qoidasini buzgan, oqibatda qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanayotgan Exeed bilan to‘qnashgan.
O‘zbekiston va Qozog‘iston harbiy xizmatchilari “Xanjar-2024” taktik o‘quv mashg‘ulotlarida turli jangovar qurollardan otish va shartli aholi punktida jang olib borish harakatlarini mashq qiladi.
Farg‘onada tanishiga 20 martadan ortiq pichoq urib, jinoyat izlarini yashirish maqsadida uyiga o‘t qo‘ygan ayol 15 yildan ko‘proqqa ozodlikdan mahrum etildi. Sudlanuvchining kredit qarzdorligi bo‘lgan va qarzni to‘lash uchun jabrlanuvchinikiga o‘g‘irlikka tushgan.
Namanganda Damas haydovchisi to‘xtash belgilariga amal qilmasdan, temiryo‘lni kesib o‘tishga urindi va elektrovozning yuk vagoniga urildi. U og‘ir jarohatlar bilan voqea joyida halok bo‘ldi.
Chorshanba kuni O‘zbekiston hududiga nam va sovuq havo massasi kirib keladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatidan tashqari deyarli hamma joyda yomg‘ir yog‘adi, tog‘li hududlarda qorga aylanishi mumkin. Harorat kechasi 0…+2 darajagacha tushishi kutilmoqda.
So‘nggi yillarda noyabr oyi nisbatan sovuqroq kelib, qish oldidan, xususan, O‘zbekiston energotarmog‘ini ham sinovdan o‘tkazayotgan edi. Ammo 2024-yilning noyabri nisbatan iliqroq va quruqroq kechishi kutilmoqda. Iqlimshunos Erkin Abdulahatov “Gazeta.uz” uchun noyabr ob-havosi bo‘yicha sharh tayyorladi.
Toshkentda tashqi reklama obyektlarini demontaj qilish o‘tgan yakshanba kuni yana boshlandi. Ishchilar nafaqat bannerlar va reklama konstruksiyalarini, balki muassasalarning peshlavhalarini ham olib tashladi. “Gazeta.uz”ga ma’lum bo‘lishicha, bunga poytaxt tashqi reklamasining yangi dizayn-kodi sabab bo‘lgan.
Toshkentda 2024-yilgi xalqaro fan olimpiadalarida sovrindor bo‘lgan o‘quvchilar va ularning ustozlari mukofotlandi. Ular orasida salkam 200 mln so‘m “ishlab olgan” o‘quvchilar ham, shunday o‘quvchilar sharofati bilan 400 mln so‘mdan ko‘proq mukofotni qo‘lga kiritgan o‘qituvchilar ham bor. “Gazeta.uz” reportaji.
“O‘zsuvta’minot” aksiyadorlik jamiyati endilikda ichimlik va oqova suv xizmatlari to‘lovlari faqat elektron shaklda amalga oshirilishini ma’lum qildi. Ushbu tartib 1-dekabrdan boshlab joriy etiladi.
Migratsiya agentligi Qozog‘istonda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolarini yaqin haftalarda kuzatiladigan noqulay ob-havodan ogohlantirdi. Agentlik yo‘llarda harakatlanishda barcha xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilishni, uzoq masofali yo‘llarda transport vositalarida harakatlanmaslikni so‘radi.
Qanot Sharq aviakompaniyasi madaniy kashfiyotlar va pazandalik durdonalariga boy noyob muhitdan bahramand bo‘lish uchun Budapeshtga dam olishga borishni taklif qiladi.
Prezident xorijga chiqish pasportini pochta orqali yetkazib berish tartibini tasdiqladi. Bu xizmat (ID-kartalarni pochta orqali yetkazib berish kabi) o‘tgan yilning kuzida ishga tushirilishi rejalashtirilgandi. 2023-yil yanvaridan boshlab haydovchilik guvohnomasini pochta orqali olish mumkin bo‘ldi.
Prezident xorijga chiqish pasportini pochta orqali yetkazib berish tartibini tasdiqladi. Bu xizmat (ID-kartalarni pochta orqali yetkazib berish kabi) o‘tgan yilning kuzida ishga tushirilishi rejalashtirilgandi. 2023-yil yanvaridan boshlab haydovchilik guvohnomasini pochta orqali olish mumkin bo‘ldi.
Yandex Maps ilovasida Toshkent, Buxoro, Samarqand va Xiva shaharlaridagi diqqatga sazovor joylarning 3D modellari joylandi. Kompaniya jami O‘zbekistondagi obidalarning 27 ta uch o‘lchamli modelini ishlab chiqdi.
O‘zbekistonda joriy haftaning chorshanba va payshanba kunlari virus va bakteriyalarning faollashishiga sabab bo‘luvchi bulutli va yog‘inli ob-havo kuzatiladi, tuman tushishi boshlanadi. Hafta oxiriga borib, havo harorati yana ko‘tariladi. Haftaning birinchi yarmida aholi magnit bo‘ronlaridan ham aziyat chekishi mumkin.
Rossiyaning Penza viloyatida 10-noyabr kuni tunda sodir bo‘lgan YTH oqibatida uch kishi halok bo‘ldi, ulardan ikki nafari O‘zbekiston fuqarosidir. Jabrlangan yana ikki o‘zbekistonlik shifoxonaga yotqizilgan.
Samarqandda Qurolli Kuchlar xizmatchisi va yordamchisi fuqarodan soxta harbiy guvohnoma uchun 600 dollar olayotganida qo‘lga tushdi. Narpay tumanida kadastr xodimi 700 dollar, Kattaqo‘rg‘on tumanida esa soliq inspektori 11,5 mln so‘m olmoqchi bo‘lganida ushlandi.
DXX va IIV xodimlari reyd o‘tkazib, Qashqadaryo, Sirdaryo, Xorazm viloyatlari hamda Toshkent shahrida narkotik moddalar saqlagan va uning savdosi bilan shug‘ullanganlarni qo‘lga oldi. Hozirda gumondorlarga jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llangan.
Asialuxe Travel turoperatori Double 11 Sale aksiyasi doirasida Dubay, Parij, Bali, Maldiv orollari, Turkiya va boshqa mamlakatlardagi mehmonxonalarga 50 foizlik chegirmalar taklif etmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting