Jamiyat

Toshkentda Maxtumquli ko‘chasining KHAY ko‘prigi ostidan o‘tuvchi qismining bir yo‘nalishi tunda yopiladi
16 noyabr 2024, 12:20

Toshkentda Maxtumquli ko‘chasining KHAY ko‘prigi ostidan o‘tuvchi qismining bir yo‘nalishi tunda yopiladi

Maxtumquli ko‘chasining Kichik halqa avtomobil yo‘li ko‘prigi ostidan o‘tuvchi Toshkent tibbiyot akademiyasidan Ashxobod bog‘i tomon yo‘nalishdagi qismi 16-noyabr soat 22:00 dan 17-noyabr soat 08:00 gacha yopiladi.

Toshkentda tunda Malibu qarama-qarshi yo‘nalishlar o‘rtasidagi temir ustunga, Cobalt esa daraxtga urildi
16 noyabr 2024, 10:17

Toshkentda tunda Malibu qarama-qarshi yo‘nalishlar o‘rtasidagi temir ustunga, Cobalt esa daraxtga urildi

Yakkasaroy tumanida Malibu-2 qarama-qarshi yo‘nalishlar o‘rtasidagi temir ustunga urildi. YTH sabab haydovchi va yo‘lovchi jarohatlandi. Mirzo Ulug‘bek tumanida esa Cobalt yo‘l chetidagi daraxt bilan to‘qnashgan.

Sirdaryoda 5 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan korxona aniqlandi
15 noyabr 2024, 23:37

Sirdaryoda 5 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan korxona aniqlandi

Sirdaryo viloyati Yangiyer shahrida qurilish materiallari korxonasi gaz tarmog‘iga noqonuniy ulanib, 5 mlrd so‘m zarar yetkazgani aniqlandi. Tegishli hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

O‘zbekiston informatika o‘qituvchilari Python va neyrotarmoqlar asoslarini o‘rganishi mumkin
15 noyabr 2024, 23:27

O‘zbekiston informatika o‘qituvchilari Python va neyrotarmoqlar asoslarini o‘rganishi mumkin

O‘zbekiston o‘qituvchilarining malakasini oshirish tizimiga neyrotarmoqlar va Python dasturlash tili asoslarini o‘rganish imkoniyati qo‘shildi. Informatika o‘qituvchilari uchun bepul kurslar Yandex mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan.

Nima tayyorlaymiz: turk oshxonasi
15 noyabr 2024, 22:54

Nima tayyorlaymiz: turk oshxonasi

Menemen, go‘shtdan tayyorlangan qatlama non, simitlar, “Shekerpere” pechenesi va turk oshxonasining boshqa retseptlari — Zira.uz jamlanmasida.

O‘zbekistonda mingdan ziyod avtomaktab ishlamayapti. Nega?
15 noyabr 2024, 22:19 1

O‘zbekistonda mingdan ziyod avtomaktab ishlamayapti. Nega?

O‘zbekistonda yuzlab, xususan, Toshkentda o‘nlab avtomaktablar necha oydan buyon ishlamayapti. Tadbirkorlar bunga imtihon markazlariga mo‘ljallangan “og‘ir talablar”ning avtomaktablarga ham qo‘llangani sabab bo‘ldi, deydi. YHXX esa talabni bajarganlar bemalol ishlayotganini aytmoqda. “Gazeta.uz” vaziyatni o‘rgandi.

15-noyabr kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
15 noyabr 2024, 21:45

15-noyabr kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

Keskin sovuqda aholini qay tarzda energiya bilan ta’minlash rejalari, transchegaraviy savdo to‘g‘risidagi bitimga qo‘shilgan O‘zbekiston, SSV huzurida tashkil etiladigan Xaridlar markazi, Ukrainaning urush davridagi “matonat rejasi” va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.

Aeroport xodimi pul evaziga ishga joylashtirishni va’da qildi, kompaniya shubhali odamlarga ishonmaslikka chaqirdi
15 noyabr 2024, 21:33

Aeroport xodimi pul evaziga ishga joylashtirishni va’da qildi, kompaniya shubhali odamlarga ishonmaslikka chaqirdi

Fuqaroga ish bilan ta’minlashni va’da qilgan Toshkent xalqaro aeroporti xodimi 1500 dollar olayotgan vaqtda qo‘lga olindi. Uzbekistan Airports kompaniyasi O‘zbekiston aeroportlarida ishga faqat elektron tizim orqali qabul qilinishini ma’lum qildi va odamlarni shubhali takliflardan qochishga chaqirdi.

Surxondaryoda opasini urib o‘ldirgan yigitga hukm o‘qildi
15 noyabr 2024, 21:09

Surxondaryoda opasini urib o‘ldirgan yigitga hukm o‘qildi

Surxondaryo viloyati Muzrabot tumanida avgust oyida opasini kaltaklab o‘ldirgan 16 yoshli bolaga hukm o‘qildi. Sud uni 9 yilga ozodlikdan mahrum qildi.

“Yoshlar orasida „dorixona narkomaniyasi“ keng tarqalayotganidan tashvishdamiz” — Narkotiklarni nazorat qilish milliy markazi
15 noyabr 2024, 19:08

“Yoshlar orasida „dorixona narkomaniyasi“ keng tarqalayotganidan tashvishdamiz” — Narkotiklarni nazorat qilish milliy markazi

O‘zbekistonda oxirgi 5 yilda narkojinoyatlar soni ikki barobarga ko‘paydi. NNQMM rahbari Ravshan Mamatovning aytishicha, ayniqsa sintetik giyohvandlik vositalari musodarasi 400 martaga ko‘paygan. “Bu illatning yoshlar o‘rtasida keng tarqalayotgani bizni tashvishga solmoqda”, — dedi u.

“Hududiy elektr tarmoqlari” Jizzax filiali kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rdi
15 noyabr 2024, 17:00

“Hududiy elektr tarmoqlari” Jizzax filiali kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rdi

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Jizzax hududiy filiali tomonidan kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish va mavsumni betalofat o‘tkazish maqsadida sohaga daxldor xizmatlarning ish sifati va samaradorligini oshirish bo‘yicha zarur choralar ko‘rildi.

Dam olish kunlari Toshkentda qayerlarga borish mumkin? (16−17-noyabr)
15 noyabr 2024, 16:23

Dam olish kunlari Toshkentda qayerlarga borish mumkin? (16−17-noyabr)

To‘qqizta kinopremyera, Yangi yil archasi ochilishi, NeUyat festivali, ko‘rgazmalar, spektakllar, ijodiy mahorat darslari va bolalar uchun mashg‘ulotlar, chegirmalar hamda kelayotgan dam olish kunlaridagi boshqa tadbirlar — Afisha.uz jamlanmasida.

BSK shartnomalarida iste’molchilarning huquqlarini cheklovchi shartlar aniqlandi
15 noyabr 2024, 15:59

BSK shartnomalarida iste’molchilarning huquqlarini cheklovchi shartlar aniqlandi

Ko‘p kvartirali uylarni boshqaruvchi kompaniyalarning shartnomalarida iste’molchilarning huquqlarini cheklovchi shartlar aniqlandi. 2024-yilda Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasiga ko‘p qavatli uylarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha 380 ta murojaat kelib tushgan.

Prezident “Bolalarni barcha turdagi zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi
15 noyabr 2024, 15:52

Prezident “Bolalarni barcha turdagi zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi

“Bolalarni barcha turdagi zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi qonun prezident tomonidan imzolandi. Hujjat 6 oydan so‘ng kuchga kiradi.

Dam olish kunlari havo iliq bo‘ladi
15 noyabr 2024, 14:59

Dam olish kunlari havo iliq bo‘ladi

O‘zbekistonda 16−17-noyabr, dam olish kunlari havo asta-sekin ilib, harorat +14…+17 darajagacha ko‘tariladi. Yog‘ingarchilik kutilmaydi, lekin kechasi va ertalab ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin.

Samarqandda diniy ekstremistik materiallarni tarqatgan 19 yoshli yigit qamaldi
15 noyabr 2024, 11:39

Samarqandda diniy ekstremistik materiallarni tarqatgan 19 yoshli yigit qamaldi

Samarqandning Nurobod tumanida yashovchi yigit Telegram orqali diniy ekstremistik materiallarni tarqatib kelgani aniqlandi. Sud hukmi bilan unga 3 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Elektron shaklda sug‘urta polislarini rasmiylashtirish tartibi tasdiqlandi
15 noyabr 2024, 10:48

Elektron shaklda sug‘urta polislarini rasmiylashtirish tartibi tasdiqlandi

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining buyrug‘i bilan elektron shaklda sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatish tartibi tasdiqlandi. Hujjat 3 oydan so‘ng kuchga kiradi.

O‘zbekistonning mojaroli hududlardan qaytganlarni reintegratsiya qilish tajribasi BMTda ko‘rib chiqilmoqda
15 noyabr 2024, 09:58

O‘zbekistonning mojaroli hududlardan qaytganlarni reintegratsiya qilish tajribasi BMTda ko‘rib chiqilmoqda

BMT shtab-kvartirasida O‘zbekistonning mojaroli hududlardan qaytganlarni reintegratsiyalash tajribasi ko‘rib chiqildi. “Davlatlar O‘zbekiston tajribasidan kelib chiqqan holda reabilitatsiya va reintegratsiya strategiyalarini ishlab chiqishi dolzarb masala”, — dedi BMT Aksilterror qo‘mitasi rahbari Vladimir Voronkov.

Toshkentdagi School 21: sun’iy intellektdan foydalanish bo‘yicha ta’lim intensivi o‘tkazildi
15 noyabr 2024, 09:00

Toshkentdagi School 21: sun’iy intellektdan foydalanish bo‘yicha ta’lim intensivi o‘tkazildi

School 21 kampusida “Biznesni rivojlantirish banki” ATB jamoasi uchun “SI-kasb transformatsiyasi: raqamli yordamchi bilan yangi marralar sari” mavzusida ta’lim intensivi bo‘lib o‘tdi.

Farg‘onada ohak sexi 2,6 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi
14 noyabr 2024, 23:19

Farg‘onada ohak sexi 2,6 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi

Farg‘ona shahrida noqonuniy ohak ishlab chiqarish sexi tashkil qilib, 1 mln kub metr tabiiy gazdan foydalangan fuqarolar ushlandi. Ular davlat manfaatiga 2,6 mlrd so‘m zarar yetkazgan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting