Jamiyat

Afg‘onistonda yuz bergan zilzila kuchi Surxondaryoda ham sezildi
13 noyabr 2024, 10:30

Afg‘onistonda yuz bergan zilzila kuchi Surxondaryoda ham sezildi

Chorshanba kuni Afg‘onistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Surxondaryoda ham sezildi (2 ball).

Xizmat vaqtida jarohat olgan harbiylarga sug‘urta to‘lovi beriladi
13 noyabr 2024, 10:26

Xizmat vaqtida jarohat olgan harbiylarga sug‘urta to‘lovi beriladi

Xizmat vaqtida jarohat olgan yoki halok bo‘lgan harbiylar uchun sug‘urta to‘lovlarini amalga oshirish tartibi belgilandi. Sug‘urtalangan yoki naf oluvchilarga to‘lov bir yil davomida amal qiladigan shartnoma asosida amalga oshiriladi.

Samarqandda 8-sinf o‘quvchi qiz bir guruh shaxslar tomonidan o‘g‘irlab ketilib, zo‘rlandi
13 noyabr 2024, 09:59

Samarqandda 8-sinf o‘quvchi qiz bir guruh shaxslar tomonidan o‘g‘irlab ketilib, zo‘rlandi

Samarqand viloyatida bir guruh shaxslar 8-sinf o‘quvchisini o‘g‘irlab ketib, bir necha kun ushlab turishgan va zo‘rlashgan. Bu vaqtda ular qizni kaltaklab, spirtli ichimliklar va noqonuniy moddalar qabul qilishga majburlagan. Nemolchi.uz gumonlanuvchilar hali ham ozodlikda yurganini qayd etdi.

Jizzaxda 1,1 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi
13 noyabr 2024, 00:10

Jizzaxda 1,1 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi

Jizzax viloyatida darvoza yasash sexi elektr qurilmalarini tarmoqqa noqonuniy ulab, 1,1 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan foydalangani aniqlandi. Hujjatlar tegishli organlarga yuborildi.

Farg‘onada ETKning antikorrupsiya bo‘limi boshlig‘i pora bilan ushlandi
13 noyabr 2024, 00:01

Farg‘onada ETKning antikorrupsiya bo‘limi boshlig‘i pora bilan ushlandi

Farg‘ona viloyati hududiy elektr tarmoqlari korxonasining korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i pora bilan qo‘lga tushdi. U tuman bosh muhandisidan yo‘l qo‘ygan kamchiliklari uchun ishdan bo‘shatilmasligi evaziga 1000 dollar olgan. Jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

12-noyabr kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
12 noyabr 2024, 23:26

12-noyabr kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

Boku sammitida iqlim o‘zgarishi bo‘yicha takliflar bildirgan prezident, qattiq yoqilg‘idan foydalanadigan korxonalarga boshlangan reyd, mediamahsulotlarni “ma'naviy ekspertiza"dan o‘tkazish tashabbusi, o‘zgarayotgan kommunal va ijara to‘lovlarini undirish tartibi va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.

Boshqaruv kompaniyalari va UJMSHlarning ijara haqini undirishi osonlashtirildi
12 noyabr 2024, 23:13

Boshqaruv kompaniyalari va UJMSHlarning ijara haqini undirishi osonlashtirildi

Boshqaruv kompaniyalari va UJMSHlar ijara haqi undirish uchun sudga murojaat qilgandagi yig‘imlardan ozod etildi. Majburiy badallar va to‘lovlarni undirish bo‘yicha sud qarorini olish uchun hujjatlar ro‘yxati belgilandi. 2023-yilda ijara qarzlari miqdori 561 mlrd so‘mga yetgan.

Jilovlab bo‘lmayotgan kon, zaharlanayotgan aholi: Boysunda endi nima bo‘ladi?
12 noyabr 2024, 21:19

Jilovlab bo‘lmayotgan kon, zaharlanayotgan aholi: Boysunda endi nima bo‘ladi?

Sentabr boshida tinchligi buzilgan Boysun hali halovat topgani yo‘q. Falokat yuz bergan “M-25” gaz koni atrofidan hali ham xavotirli videoyozuvlar tarqalib turibdi. “Gazeta.uz” jamoasi noyabr boshida tumanda bo‘lib, avariyadan ikki oy o‘tib, vaziyat qanchalik o‘zgarganini o‘rgandi. Videoreportaj.

“Siz ham kichkinaligingizda nonga navbatga turganmisiz?”
12 noyabr 2024, 20:44

“Siz ham kichkinaligingizda nonga navbatga turganmisiz?”

Navbat — o‘zbekistonliklar uchun og‘riqli mavzulardan. X (sobiq Twitter) tarmog‘ida boshlangan shu mavzudagi bir muhokama sabab, qaysidir ma’noda, O‘zbekistonning yaqin o‘tmishiga bir nazar tashlandi. Foydalanuvchilar non, un, yog‘ uchun navbatga turganini esladi. Biz ularning javoblarini bir sahifaga to‘pladik.

“Milliy tiklanish” partiyasi LGBT targ‘ibotini taqiqlovchi qonun ishlab chiqmoqda. Tafsilotlar
12 noyabr 2024, 19:01

“Milliy tiklanish” partiyasi LGBT targ‘ibotini taqiqlovchi qonun ishlab chiqmoqda. Tafsilotlar

“Milliy tiklanish” partiyasi yetakchisi Alisher Qodirov AQShning saylangan prezidenti Donald Trampning noto‘liq iqtibosiga izoh berib, LGBT targ‘ibotini taqiqlovchi qonun ishlab chiqilishini aytdi. “Milliy tiklanish"ning “Gazeta.uz"ga aniqlik kiritishicha, loyiha hozircha faqat partiyaning o‘zida shakllantirilmoqda.

“Ma’naviyat ekspertizasi” loyihasi media mahsulotlarga senzura qo‘ymaydi — Ma’naviyat va ma’rifat markazi
12 noyabr 2024, 16:48

“Ma’naviyat ekspertizasi” loyihasi media mahsulotlarga senzura qo‘ymaydi — Ma’naviyat va ma’rifat markazi

Ma’naviyat va ma’rifat markazi media mahsulotlar “ma’naviy ekspertiza”dan o‘tkazilishi haqidagi muhokamalar bo‘yicha munosabat bildirdi. Unda qayd etilishicha, loyiha media mahsulotlarga senzura qo‘ymaydi, OAV, jurnalistlar, ijodkorlar va blogerlarning ijod erkinligiga daxl qilinmaydi.

O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi kooperativi to‘g‘risidagi qonun imzolandi
12 noyabr 2024, 15:05

O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi kooperativi to‘g‘risidagi qonun imzolandi

Prezident fermerlarning birgalikda ishlashi uchun birlashishiga imkon beruvchi qishloq xo‘jaligi kooperativi to‘g‘risidagi yangi qonunni imzoladi. Hujjatga kooperativlarning uyushmaga majburiy a’zoligini kiritish rejalashtirilgan bo‘lsada, bu norma parlamentning quyi palatasidayoq chiqarib tashlangan.

Toshkentda MG brendining ZS avtomobillari sotuvi boshlandi
12 noyabr 2024, 15:00

Toshkentda MG brendining ZS avtomobillari sotuvi boshlandi

MG kompaniyasi O‘zbekistonda ZS krossoverini rasman taqdim etdi. Avtomobilni MG Motors`ning vakolatli dilerlik markazlaridan xarid qilish mumkin.

Orolbo‘yida ekologik muammolarga bag‘ishlangan Climate Expo ko‘rgazmasi va “Orol vodiysi” iqlim texnologiyalari ekspo-xabi tashkil etiladi
12 noyabr 2024, 12:04

Orolbo‘yida ekologik muammolarga bag‘ishlangan Climate Expo ko‘rgazmasi va “Orol vodiysi” iqlim texnologiyalari ekspo-xabi tashkil etiladi

Orolbo‘yi hududini barqaror rivojlantirish yo‘lida xalqaro hamjamiyatni keng jalb etish maqsadida Mo‘ynoqda “Orol tabiati laboratoriyasi”ni tashkil etiladi. Shuningdek, Orolbo‘yida ekologik muammolarga bag‘ishlangan ko‘rgazma va “Orol vodiysi” iqlim texnologiyalari ekspo-xabi tashkil etish rejalashtirilmoqda.

Toshkentda bir kunda ikkita “garmoshkali” avtobus ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
12 noyabr 2024, 11:52

Toshkentda bir kunda ikkita “garmoshkali” avtobus ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Dushanba kuni Toshkentning Uchtepa tumanida King Long rusumli “garmoshkali” avtobus haydovchisi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida transport yo‘l chetidagi ko‘chatlar sotiladigan joyga kirib ketdi. Kechga yaqin yana bir avtobus Lacetti bilan to‘qnashdi. Hozirda ikkala holat ham IIBB YHXB tomonidan o‘rganilmoqda.

Jizzaxda xalqaro terrorchilik tashkilotlarining materiallarini tarqatib kelgan yigitga hukm o‘qildi
12 noyabr 2024, 11:48

Jizzaxda xalqaro terrorchilik tashkilotlarining materiallarini tarqatib kelgan yigitga hukm o‘qildi

Sharof Rashidov tumanida 27 yoshli yigit xalqaro terrorchilik tashkilotlarining materiallarini tarqatib va moliyaviy qo‘llab-quvvatlab kelgani aniqlandi. Sud hukmi bilan u 8 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum etildi.

Toshkentda korxonalarning qattiq yoqilg‘idan foydalanishini tekshirish bo‘yicha reyd o‘tkazilmoqda
12 noyabr 2024, 11:29

Toshkentda korxonalarning qattiq yoqilg‘idan foydalanishini tekshirish bo‘yicha reyd o‘tkazilmoqda

Mahallalar uyushmasi Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i Furqat Mahmudxo‘jayev issiqxonalar sabab poytaxt havosi keskin yomonlashayotgani haqida murojaat bilan chiqdi. Shahar hokimligi holat yuzasidan ishchi guruh tuzilib, korxonalarni tekshirish ishlari olib borilayotganini ma’lum qildi.

Ria Money Transfer: xalqaro pul o‘tkazmalari endi Milliy mobil ilovasida
12 noyabr 2024, 11:00

Ria Money Transfer: xalqaro pul o‘tkazmalari endi Milliy mobil ilovasida

Endi Ria Money Transfer bilan hamkorlik orqali Milliy ilovasida xorijga pul o‘tkazmalari mavjud.

Toshkent viloyatida bedarak yo‘qolgan ayolning jasadi kanaldan topildi
12 noyabr 2024, 10:30

Toshkent viloyatida bedarak yo‘qolgan ayolning jasadi kanaldan topildi

Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanidan oqib o‘tuvchi Qorasuv kanalidan 23 yoshli ayolning murdasi topildi. U bir necha kun oldin uyidan chiqib ketib, qaytib kelmagan.

Kommunal to‘lovlarni undirish tartibi o‘zgarmoqda
12 noyabr 2024, 09:50

Kommunal to‘lovlarni undirish tartibi o‘zgarmoqda

Prezident tomonidan imzolangan qonun bilan qarzdor iste’molchilardan kommunal to‘lovlarni undirish tartibiga o‘zgartirish kiritilmoqda.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting