Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan qonun loyihasi qabul qilinsa, ayrim korxonalar o‘zlarining oxirgi benefitsiar egalarini oshkor qilishlari talab etiladi. Shuningdek, vazirlik ushbu qonun korrupsiya va pul yuvishga qarshi kurashda qanday yordam berishini tushuntirdi.
Mass-media fondi Axborot va ommaviy kommunikatsiya agentligiga murojaatida O‘zbekistonda e’lon qilinayotgan yangilik, tok-shou va kino mahsulotida ayol siymosining «mamlakat gender siyosati va xalqaro talablarga» muvofiqligini malakali ekspertizadan o‘tkazishni so‘ragan.
Uchtepa tumani prokuraturasi tergovchisi 50 ming AQSh dollarini pora tariqasida olgan vaqtda ushlandi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Soliq qo‘mitasi yanvar-mart oylari uchun iste’molchilarga yana 4,2 mlrd so‘m keshbek to‘lab berdi. Yil boshidan buyon iste’molchilarga to‘langan summa 72,3 mlrd so‘mga yetdi.
Viloyat hokimliklari Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan talab yuqori bo‘lgan yerlar bo‘yicha ochiq tanlov o‘tkazadi. Fuqarolardan yerni tanlovga chiqarish bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqish muddati 3 ish kuni etib belgilandi. Bundan tashqari, tanlovga chiqarilgan yerni olmoqchi bo‘lgan talabgorlar 1 martdan keyin xorijdan kelgan mehnat migrantlari bo‘lsa, zakalat puli to‘lashdan ozod etiladi.
Siyosiy vaziyat sabab «Chelsi» klubini sotishga qaror qilgan Roman Abramovich uni amerikalik va shveysariyalik milliarderlar guruhiga sotish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Umumiy kelishuv summasi 4,25 mlrd funtni tashkil etdi. Endi kelishuvni Britaniya hukumati va Angliya Premer-ligasi rahbariyati tasdiqlashi kerak.
4 may kuni kechasi «Qamchiq» dovonida kuzatilgan sel oqibatida poyezdni elektr quvvati bilan ta’minlovchi tayanch ustuni qulab tushgan. Tezkor shtab tomonidan elektr tayanch ustuni va yo‘l ostidan qo‘shimcha sel o‘tkazgich qurildi.
Davlat mehnat inspeksiyasi 2021-yilda mehnat bilan bog‘liq 52,5 mingta qonunbuzilish holatlarini aniqladi. 75 nafar mansabdor shaxs majburiy mehnatga yo‘l qo‘ygani uchun jarimaga tortilgan. Ularning orasida eng ko‘pi maktab direktorlari bo‘lgan.
Toshkent shahri Yunusobod tumanidagi hokim yordamchisi tadbirkordan 35 ming dollar pora olayotgan vaqtida ushlandi.
Energiya samarador uy — bu qanday uy? Juda kam miqdorda energiya iste’mol qiladigan, o‘z iste’moli uchun energiyani o‘zi ishlab chiqaradigan, issiq suv bilan ta’minlangan va issiqlikni yo‘qotmaslik xususiyatiga ega bo‘lgan qishloq yoki shahar turar-joy binosini tasavvur qiling. O‘zbekistonda ilk bor ana shunday namunaviy uy BMTTD va GEF mablag‘lari hisobidan Nurafshonda qurib bitkazildi.
“Oʻzagrosugʻurta” kompaniyasi kuzatuv kengashi qarori bilan Shuxrat Rasulov tashkilot boshqaruv raisi vazifasini bajaruvchisi etib tayinlandi. U bunga qadar “Agrobank” boshqaruvi raisining birinchi oʻrinbosari lavozimida ishlagan. “Oʻzagrosugʻurta” kompaniyasini 2019 yildan buyon Sarvar Otamurodov boshqarib kelayotgan edi.
Italyancha qulupnayli pirog, qulupnayli brauni, banan-qulupnayli tort, qulupnayli muss, «Magnoliya» shirinligi va tvorogli tort — Zira.uz qulupnaydan tayyorlanadigan pishiriqlar retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.
Osiyo va Paraosiyo o‘yinlarining bir yilga qoldirilgani, tendersiz tanlangan Toshkentdagi muzeylarni rekonstruksiya qiladigan loyihachi va pudratchilar, o‘zbek-qirg‘iz chegarasidan noqonuniy o‘tgani uchun otilgan 3 qirg‘izistonlik, keyingi haftada kutilayotgan sel va toshqinlar, 9 mayda otiladigan bayram salyuti va boshqalar — «Gazeta.uz»ning 6 maydagi eng muhim xabarlari dayjestida.
Samarqand viloyatidagi 60 o‘rinli ma’muriy tartibda hibsga olingan shaxslarni saqlash uchun maxsus qabulxonada 161 kishi saqlanayotgani aniqlandi. Ombudsmanning mintaqaviy vakili tomonidan saqlanuvchi shaxslarning yashash va mehnat sharoitlari o‘rganildi. Ularning bir kunlik daromadi o‘rtacha 40 500 so‘mni tashkil qiladi.
Yanvar-mart oylarida O‘zbekistonning doimiy aholisi 130 ming kishiga ko‘payib, 35,4 mln kishiga yetdi. Yil davomida o‘zbekistonliklar soni 738,3 ming kishiga yoki 2,1 foizga o‘sdi. Yilning dastlabki uch oyida tug‘ilishlar soni keskin — 13,4 foizga o‘sdi, o‘lim darajasi esa 0,5 foizga oshdi va koviddan avvalgi ko‘rsatkichdan yuqoriligicha qolmoqda.
O‘zgidromet kuchli yomg‘irlar tufayli dushanbadan-jumagacha respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqinlari bo‘lishi mumkinligi haqida ogohlantirdi.
Qibray tumanida davlat notarial idorasi notariusi ruhiy-asab kasalliklari dispanserida davolanayotgan shaxsning uyini sotib yuborganlikda gumon qilinmoqda.
Bahorda O‘zbekistonda varrak uchirish mavsumi boshlanadi. «Gazeta.uz» fotomuxbiri Yevgeniy Sorochin va fotosuratchi Mirzayor Erkinov Toshkentning eski shaharida varraklar uchirilishini kuzatishdi.
Surxondaryoning Uzun tumanida kuchli yog‘ingarchilik natijasida 40 ga yaqin uy suv ostida qoldi, 230 dan ortiq kishi maktab binosiga vaqtincha joylashtirildi. Hodisa oqibatida jabrlangan va halok bo‘lganlar yo‘q.
Turizm va sport vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Ulug‘bek Azamov AOKA direktorining o‘rinbosari etib tayinlandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting