Shveysariya kompaniyasi Davlat ekologiya qo‘mitasiga elektroliz orqali suvni 99,99% gacha viruslar, shu jumladan COVID-19, bakteriyalar va boshqalardan tozalaydigan texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha taklif berdi. Ekoqo‘mita hamkorlik imkoniyatlarini tegishli vazirlik va idoralar bilan ko‘rib chiqishini ma’lum qildi.
Surxondaryo viloyatidagi «Ayritom» chegara bojxona postida qo‘shni davlatdan kirib kelgan yuk mashinasiga ortilgan 22 tonna kartoshka orasiga 154 kg «gashish» yashirib qo‘yilgani aniqlandi. Ushbu giyohvandlik moddasi kartoshkalar ko‘rinishida qadoqlangan.
Bir necha haftlardan beri o‘qqa tutilayotgan Ukrainaning Xarkov shahrida mahalliy aholi “Navro‘z” o‘zbek oshxonasi restoranida bepul tushlik olishlari mumkin. Bu — restoran egasi va Xarkovdagi o‘zbek diasporasi rahbari Shahobiddin Yusupovning tashabbusi. “Gazeta.uz” uning hamkasbi, restoran boshqaruvchisi Meydan Muxamedyarov bilan suhbatlashdi.
Sirdaryoning Sayxunobod tumanida Lacetti haydovchisi YPX xodimlarining ko‘rsatmasiga bo‘ysunmasdan, qochishga urindi. Avtomobil saloni ko‘zdan kechirilganida, ko‘p miqdordagi kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari borligi aniqlangan. Haydovchini ushlash aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo‘ldi.
Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markazda Inson huquqlari bo‘yicha axborot-kutubxona markazi — «Inson huquqlari uyi» tashkil etildi.
Mart oyi oxirigacha respublikaning katta qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat seshanba kuni ba’zi hududlarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Harorat janubda +25 darajagacha ko‘tariladi.
Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahar iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi katta mutaxassisi fuqaroga uy olish uchun subsidiya ajratib berish evaziga 1200 dollar pora olganlikda gumon qilinmoqda. Tezkor tadbir davomida uning yonidan «marixuanna» va uni iste’mol qilish uchun mo‘ljallangan moslama ham topilgani aytilmoqda.
Uzbekistan Airways Namangan — Olmaota — Namangan yo‘nalishi bo‘yicha yangi aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda. Parvozlar haftada ikki marta amalga oshiriladi.
Muzrabot tumanida korxona rahbari qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilishda aylanma mablag‘ini to‘ldirish uchun ajratilgan 220 ming dollar kredit mablag‘ini o‘zlashtirishda gumon qilinmoqda. Uning asl bahosi 737,8 mln so‘m bo‘lgan bino narxini sun’iy ravishda oshirib, uni 2,5 mlrd so‘mga garov ta’minoti sifatida qo‘ygani ham aniqlandi.
Dushanba kuni O‘zbekiston COVAX dasturi doirasida koronavirusga qarshi yana 2,1 mln dozadan ortiq Moderna vaksinasini qabul qilib oldi.
Keksa yoshdagilar bepul dori-darmon bilan ta’minlanadi, ayrim bog‘chalarga bolalarni 2 yoshdan qabul qilishga ruxsat beriladi, UzAuto Motors avtomobili faqat xarid qilish bo‘yicha shartnoma tuzgan shaxs nomiga rasmiylashtiriladi, noqonuniy daraxt kesish holatlarini suratga olib yuborganlarga pul to‘lanadi, nogironlik nafaqasi va pensiyasi oshiriladi, farzandini xususiy bog‘cha va maktabga berganlar daromad solig‘idan ozod etiladi — 1 apreldan nimalar o‘zgaradi?
Samarqand viloyati Nurobod tumanida MCHJ rahbari jamiyat tasarrufidagi 10 gektar lalmi yer maydonini 250 ming dollarga sotmoqchi bo‘lib, pulning 100 ming dollarini olayayotgan vaqtda ushlandi.
Davlat bojxona qo‘mitasi raisiga ikkita o‘rinbosar, beshta hududiy bojxona boshqarmasi hamda «Toshkent-AERO» ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksiga rahbarlar tayinlandi. Shuningdek, oltita hududiy bojxona boshqarmalari boshliqlariga o‘rinbosarlar tayinlandi.
Sirdaryo viloyati Davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari tadbirkordan jarima miqdorini kamaytirib berish uchun 14,5 ming dollar pora olganlikda ayblanib hibsga olindi. Shuningdek, Farg‘ona viloyatidagi tumanlardan birining Mudofaa ishlari bo‘limi boshlig‘i ham pora olayotganida ushlangan.
Hukumat qaroriga ko‘ra, qimmatbaho metallarni qazib olish uchun ruxsatnomalar Davlat geologiya qo‘mitasi tomonidan faqat O‘zbekiston rezidentlariga 3 yilga beriladi. Bunda 5 gektargacha bo‘lgan yer qa’ri uchastkasi har gektariga boshlang‘ich 9,4 mln so‘m narxida auksionga qo‘yiladi. Ruxsatnoma olganlar ish boshlashdan oldin hokimiyat, Ekologiya, hamda Sanoat xavfsizligi qo‘mitalarini xabardor qilishi lozim.
IIV Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati Toshkentda kuzatilayotgan kuchli shamol sababli haydovchilardan avtomobillarini daraxtlar tagida qoldirmaslikni so‘ramoqda. O‘zgidromet ma’lumotlariga ko‘ra, shamol tezligi 18−23 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Toshkentning ikkita tumanida xarid cheki berilmaganligi uchun do‘konning QR-kodini skaner qilib, «Soliq» mobil ilovasi orqali murojaat yo‘llagan xaridorlar tadbirkorlar tomonidan «samosud» qilindi. Toshkent shahar IIBB huquqbuzarlarga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilganini ma’lum qildi.
Prezident qarori bilan 2022−2023 yillarda sinov tariqasida tuproq unumdorligi va paxta hosildorligini oshirgan, sug‘orishning yangi texnologiyalarini joriy etgan fermer va klasterlarga har bir gektar yer uchun 1 mln so‘mdan subsidiya ajratiladi. Qolaversa, tuproq unumdorligini oshirganlik va eroziyadan muhofaza qilganlik uchun soliq imtiyozlari ham beriladi.
Farg‘ona viloyatida tumanlar yerlari hisobidan shaharlar hududini kengaytirishga oid qaror loyihasi jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilindi. Unga ko‘ra, Farg‘ona, Qo‘shtepa, Toshloq, Dang‘ara, O‘zbekiston, Uchko‘prik, Farg‘ona tumanlaridan qishloq xo‘jaligi yer maydonlaridan bir qismini Marg‘ilon, Qo‘qon va Farg‘ona shahri tarkibiga o‘tkazish taklif etilmoqda.
Ohangaronda itlar ommaviy tutilayotgani va o‘ldirilayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ko‘ra, bu ayol kishi it tishlashi oqibatida vafot etganidan keyin sodir bo‘lmoqda. «Hayot» boshpanasi itlarni o‘ziga olib ketmoqda. IIV vaziyatni o‘rganayotganini ma’lum qildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting