2021−2022 o‘quv yildan Prezident maktablarida «Maktab maslahatchisi» — «School Counselor» dasturi ishga tushirilmoqda. Dastur muvaffaqiyatli tajribadan o‘tgach, ijobiy tajriba umumta’lim maktablariga ham joriy etilishi ko‘zda tutilgan.
Yaqin yillarda Toshkent markazidagi knyaz Romanovning saroyi va unga tutash bog‘ poytaxt aholisi va mehmonlari uchun ochiq bo‘ladi. U ko‘p yillardan buyon odamlar tashrifi uchun yopiq edi. Saroy intereri va fasadining ko‘rinishi — “Gazeta.uz” fotoreportajida.
11 yillik qarovsizlikdan so‘ng Sadriddin Ayniy nomidagi Buxoro davlat musiqali drama va komediya teatrini ta’mirlashga 2022 yilda 64,5 mlrd so‘m ajratilishi ma’lum qilindi. Teatr jamoasi hozirda faoliyat yuritayotgan «Ko‘hna va boqiy Buxoro» majmuasidagi teatr binosi esa madaniyat saroyiga aylantiriladi.
Toshkent viloyati hokimligi mahalliy budjet hisobidan IIBBga jamoat tartibini saqlash va boshqa maqsadlar uchun 3 mlrd so‘m ajratadi.
Xalqaro moliya korporatsiyasi O‘zbekiston hukumatiga mamlakat viloyatlarida zamonaviy va energiya jihatidan tejamkor 15 tagacha maktablarni moliyalashtirish, loyihalashtirish, qurish va xizmat ko‘rsatish uchun xususiy operatorni tanlashda tender o‘tkazishga yordam beradi.
O‘zLiDePdan prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev Guliston shahrining eski dehqon bozori o‘rnidagi 42 gektar maydonda “Guliston siti” barpo etilishini taklif qildi. Avvalroq, “Adolat” partiyasidan prezidentlikka nomzod Bahrom Abduhalimov shaharlarda “siti” qurishga ruju qo‘yilganligini tanqid qilgan edi.
«Chorvoq oromgohi» maskanining 8 ta alohida lotlar bo‘yicha savdo jarayonlari to‘xtatildi va oromgoh yaxlit mulkiy majmua sifatida auksionga qo‘yildi. Xaridorga hududdagi mehmonxona va turizm infratuzilmasini saqlab qolish hamda Chorvoq oromgohining Germaniya kompaniyasi oldidagi 573 ming 568 yevro qarzini to‘lash talabi qo‘yilmoqda.
sentabr holatiga Probatsiya xizmati tomonidan 60 ming 434 kishi nazorat ostiga olingan. Ularning 91,5 foizini erkaklar, 8,5 foizini ayollar, 28 foizini yoshlar va 1 foizdan kamrog‘ini voyaga yetmaganlar tashkil qiladi. 2001 yilda bitta inspektor 13 kishini nazorat qilgan bo‘lsa, 2021 yilga kelib bu ko‘rsatkich 108 kishiga yetdi.
Yangi e’lon qilingan qaror va farmonlar, energetika vazirligining benzin narxi oshishiga izohi, “Narxoz"ning sobiq prorektori 2 mln dollarni o‘zlashtirganlikda gumonlanishi — “Gazeta.uz"ning 6 oktabrdagi eng muhim xabarlari dayjestida.
Davlat statistika qo‘mitasi 2020−2021 o‘quv yili boshida O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan OTMlar soni haqdagi ma’lumotlarni e’lon qildi. Unga ko‘ra, O‘zbekistonda OTMlar soni 127 taga yetgan, ularning 88 tasida talabalar uchun yotoqxonalar mavjud.
Bolalikda nigohlaringizni ko‘kka qaratib, hayajon bilan “samolyot!” deya hayqirganlaringiz yodingizdami? “Temir qushlar"ga bo‘lgan bu qiziqish, garchi yoshlari ulg‘aygan bo‘lsa ham, aviaspotterlarni hamon tark etgani yo‘q. Ular har qanday ob-havoda ham laynerlarning uchish-qo‘nishlarini fotosuratga olishga shoshadilar. “Gazeta.uz” O‘zbekiston spotterlari bilan ularning sevimli mashg‘ulotlari, o‘lkamiz va xorijdagi spotting farqi haqida suhbatlashdi.
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda yil boshidan beri benzin narxi 28,2 foizga oshgan. Xususan, ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari asosan Ai-91 narxi 8100 so‘mgacha oshgani haqida izohlar qoldirishmoqda. Energetika vazirligi Ai-80 narxi ichki bozordagi intervensiya hisobiga ushlab turilganini, Ai-91, Ai-92, Ai-95 narxi esa jahon neft bozoriga bog‘liq ekanligini ma’lum qildi.
Shahrisabzdagi maktablardan birida o‘quvchilar poli chirib kergan sport zalida shug‘ullanyotgani haqida xabarlar tarqaldi. Qashqadaryo viloyati xalq ta’limi boshqarmasiga ko‘ra, 2022 yil maktab sport zalining pol qismi yangidan ta’mirlash rejalashtirilgan. Hozirda mavjud imkoniyatlardan foydalanib, ta’mirlash choralari ko‘rilmoqda.
Ruslanbek Davletov jamiyat ochiqlik siyosati orqali mansabdorlarni tarbiyalashini ta’kidladi. «Agar amaldorning bitta qadami birovga yoqmaydigan qadam bo‘lsa, albatta yashirishga harakat qiladi, ko‘p holatlarda shunaqa», — dedi u. Vazirning fikricha, ochiqlik «qaysidir vazirlik uchun qiyin bo‘lishi mumkin, lekin jamiyat uchun yaxshi».
Qiziqchi Valijon Shamshiyev Yashnobod tumani “Barkamol avlod” bolalar maktabi direktori lavozimiga tayinlandi.
Yashnobod tumanida “Lada 11184” avtomashinasi velosipedchini urib yubordi. Jabrlanuvchi tan jarohati olib vafot etdi.
Toshkent viloyatida qalbaki 100 ming so‘mlik kupyuradan iborat jami 50 mln so‘mni 5 mln so‘mga sotayotganlar qo‘lga olindi. Ular bu qadar jami 210 mln so‘m miqdoridagi qalbaki 100 ming so‘mlik kupyuralar muomalaga chiqarib yuborilganligi aniqlandi.
Prezident qarori bilan 2022 yildan yakuniga qadar barcha hududlarda buyrak transplantatsiyasi amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi. Xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida esa yurak va o‘pka transplantatsiyasi joriy etiladi.
Qidiruvga berilgan TDIU sobiq prorektori Nodir Idiyev 2 mln dollarni o‘zlashtirganlikda ayblanayotganligi ma’lum bo‘ldi.
Hukumat qarori bilan ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarga haydovchilikka tayyorlash kurslarining xarajatlari kompensatsiya qilinadi. Bunda kompensatsiya miqdori BHMning 4 baravarigacha bo‘lishi mumkin. Shuningdek, safarbarlik chaqiruvchi rezervidagi xizmatni o‘tash badali ham qoplab beriladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting