Ukrainada 90 nafardan ziyod O‘zbekiston fuqarolaridan iborat birinchi evakuatsiya guruhi Polsha chegarasiga qarab yo‘lga chiqdi.
Farg‘ona viloyatining Rishton tumani prokurori Shamsiddin Turdaliyev Oltiariq tumani hokimi etib tayinlandi. U mazkur lavozimda fevral boshida Toshkent viloyati hokimiga birinchi o‘rinbosar bo‘lgan Xolmirza Niyozovning o‘rnini egalladi.
Mart oyidan boshlab Toshkent Ozarbayjonning Boku shahri bilan aviaparvozlarni qayta tiklaydi. Aviareyslar haftada bir marta — seshanba kunlari amalga oshiriladi.
Sutda pishirilgan klassik hamda «nuqta"li quymoqlar, kefir va qaynagan suvda tayyorlangan quymoqlar, «Krep syuzett», pishloq va ko‘katli — Zira.uz quymoqlar retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.
O‘zbekiston qahramoni, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan qishloq xo‘jaligi xodimi, agronom, Ibrohim Fayzullayev 89 yoshida vafot etdi. Prezident Shavkat Mirziyoyev uning oila a’zolari va yaqinlariga ta’ziya bildirdi.
Sizni zaharli ilon chaqib olsa, nima qilish kerak, echkemarlar go‘shti saraton va jigar sirrozini davolaydimi, boshni nam salfetkalar bilan qanday qilib yuvish mumkin? Ushbu savollarga javoblarni gerpetologlar — sudraluvchilar va amfibiyalarni o‘rganadigan mutaxassislar bilishadi. Hozirgi kunda O‘zbekistonda sanoqli gerpetologlar bor. «Gazeta.uz» muxbiri Yekaterina Soy ulardan biri Timur Abduraupovdan ekspeditsiyalar, toshbaqalarni eksport qiluvchi tadbirkorlar bilan kurash, uydagi kaltakesak va ilonlar kolleksiyasi hamda maoshlari haqida so‘radi.
Juma kuni O‘zbekistonda 138 kishining kovidga topshirgan PZR-testi musbat natijani qayd etdi, bu bir kun oldingi (156 ta) holatdan kamroq. Kun davomida ikki bemor vafot etdi, 21 kishida esa pnevmoniya aniqlandi.
O‘zbekiston mudofaasiga ko‘maklashuvchi «Vatanparvar» tashkiloti Xalqaro kinologiya ittifoqiga a’zo bo‘ldi. Fevral o‘rtalarida tashkilot Rossiyada bo‘lib o‘tgan xalqaro ko‘rgazmada svergshnautser, veo, biver-yorkshir terer, pudel toy zotiga mansub itlari bilan qatnashgandi.
Din ishlari qo‘mitasi toshkentlik tadbirkor ishchi va mijozlar uchun namozxona tashkil etgani uchun jarimaga tortilgani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi. Unda aytilishicha, fuqarolar birgalikda ibodat qilishlari uchun diniy tashkilot tashkil etish talab qilinadi.
Toshkentliklar ukrain xalqini qo‘llab-quvvatlab, urushga qarshi ekanliklarini bildirish uchun poytaxtdagi Ukraina elchixonasi binosiga gullar, yumshoq o‘yinchoqlar va yozuvlar olib kelishmoqda.
Qoraqalpog‘istonga tashrifini kutilganidan avval yakunlagan prezident, Polsha orqali evakuatsiya qilinadigan Ukrainadagi o‘zbekistonliklar, Navoiyda noqonuniy oltin qazishga uringan 54 fuqaro, O‘zbekiston Yevroosiyo taraqqiyot bankiga a’zo bo‘lishga tayyorlanayotganini aytgan bosh vazir, Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qilgan Shavkat Mirziyoyev va boshqalar — «Gazeta.uz» ning 25 fevraldagi eng muhim xabarlari dayjestida.
Davlat xizmatlari agentligi eski haydovchilik guvohnomasini majburiy almashtirish muddati tugayotgani munosabati bilan DXMlarga kuniga 700 nafargacha fuqaro murojaat qilayotganini ma’lum qildi. Shundan kelib chiqib, endi poytaxtning 10 ta tumanidagi DXMlar yangi guvohnomani berish uchun so‘nggi mijoz qolgunicha faoliyat ko‘rsatadi.
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik xizmati rahbari Bahodir Yusupaliyev mart, iyun va iyul oylarida yana 4 mln doza Pfizer, 7,5 mln doza Moderna vaksinasi olib kelinishini ma’lum qildi. Qolaversa, O‘zbekistonda yana 10 mln doza o‘zbek-xitoy vaksinasi ham ishlab chiqarilgan.
Xalq ta’limi vazirligi 2021-yilda ta’lim muassasalari 91,1 mlrd so‘mlik moliyaviy xatoga yo‘l qo‘ygani, shundan 27,1 mlrd so‘mni talon-toroj qilganini aniqladi. Birgina Andijon shahrida xodimlarning daromad solig‘i budjetga o‘tkazilmasdan, 11,5 mlrd so‘m o‘zlashtirilgan. Avvalroq, 2018−2020-yillarda Andijon shahar XTB rahbarlari 57 mlrd so‘m talon-toroj qilgani aytilgandi.
O‘zbekistonning Ukrainadagi elchixonasi fuqarolarni Polsha orqali evakuatsiya qilishini xabar qildi. Lvovga kelgan o‘zbekistonliklardan diaspora vakili Maruf Saliyevga murojaat qilish so‘ralgan. Evakuatsiya vaqtida qariyalar, bolalik ayollar, talabalar va bolalar ustunlikka ega bo‘ladi.
Dam olish kunlari O‘zbekistonda qish fasliga hos bo‘lmagan juda iliq harorat bo‘lishi kutilmoqda. Bu Eron hududlaridan kirib keladigan havo hisobiga yuz beradi. Harorat kunduz kunlari +23…+25 darajagacha ko‘tariladi. Fevralning so‘nggi kunida esa Farg‘ona vodiysidan boshqa barcha hududda yomg‘ir yog‘adi.
Navoiy viloyatidagi Lolazor eski tilla konlarida Navoiy, Samarqand va Buxorodan kelgan 54 nafar fuqaro litsenziyasiz oltin qazib olayotgani vaqtida ushlandi. Ular qazib olgan, tarkibida oltin zarralari bo‘lgan qum esa tekshiruv uchun Navoiy kon-metallurgiya kombinatiga yuborildi. Avvalroq, ayni shu hududda 4 kishini qum bosib qolgandi.
Payshanba kuni 156 kishining COVID-19`ga torshirgan test tahlili musbat natijani ko‘rsatdi, bir kun oldin ushbu ko‘rsatkich — 140 tani tashkil qilgandi. Qolaversa, 26 kishida pnevmoniya aniqlandi.
«Hududgaz Jizzax» gaz ta’minoti filiali xodimlari tadbirkorning 384,6 mln so‘mlik qarzini pora evaziga kamaytirib bermoqchi bo‘lgan. Ular pora olgan vaqtida qo‘lga olingan.
Toshkent shahrida o‘zini metro poyezdi ostiga tashlagan erkak Sirdaryoning Sardoba tumanidan bo‘lgan. U voqea joyida vafot etgan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting