Jamiyat

TDYUU THE Impact Ranking reytingida 401 o‘rinni egalladi
22 aprel 2021, 10:18

TDYUU THE Impact Ranking reytingida 401 o‘rinni egalladi

Universitetlar faoliyatini baholab boruvchi THE Impact Ranking reytingidagi 500 ta universitetlar orasida TDYUU 401 o‘rinni egalladi.

Qashqadaryoda NEXIA-1 ga o‘rnatilgan gaz balloni yorilishi oqibatida bir kishi vafot etdi
22 aprel 2021, 09:38

Qashqadaryoda NEXIA-1 ga o‘rnatilgan gaz balloni yorilishi oqibatida bir kishi vafot etdi

Qarshi tumanidagi gaz quyish shoxobchasida avtomobilga o‘rnatilgan gaz balloni yorildi. Bir kishi vafot etdi, yana bir nafari jarohatlangan.

Toshkentda anhordan erkak kishining jasadi topildi
21 aprel 2021, 21:47

Toshkentda anhordan erkak kishining jasadi topildi

Toshkentdagi Anhor kanalidan erkak kishining jasadi aniqlandi. Murdada alomatlari topilmagan, tergov oldi tekshiruv olib borilmoqda.

5 ta OTM vaqtinchalik masofaviy ta’limga o‘tdi
21 aprel 2021, 19:35

5 ta OTM vaqtinchalik masofaviy ta’limga o‘tdi

Samarqand davlat universiteti, Jismoniy tarbiya universiteti, Jahon tillari universiteti, Sharqshunoslik universiteti va Samarqand chet tillar instituti masofaviy ta’lim tizimiga o‘tdi. O‘qituvchi va talabalar orasida COVID-19 infeksiyasi aniqlanmoqda.

Kitobdagi bolalar uyini bir yil avval yopish rejalashtirilgan bo‘lgan
21 aprel 2021, 19:17

Kitobdagi bolalar uyini bir yil avval yopish rejalashtirilgan bo‘lgan

Kitob tumani hokimiyati bolalar yomon sharoitda yashayotgan 5-sonli mehribonlik uyini bir yil avval yopish rejalashtirilganini ma’lum qildi. Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov bolalarni boshqa muassasalarga o‘tkazish va bu yerda bolalar shaharchasini tashkil etishni taklif qilgan.

Aholi dasturlar doirasida kredit olish uchun qayerga murojaat qilishi kerak? Qo‘llanma
21 aprel 2021, 18:15 1

Aholi dasturlar doirasida kredit olish uchun qayerga murojaat qilishi kerak? Qo‘llanma

1 apreldan oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida kredit olish uchun aholi va tadbirkorlar yagona platforma orqali murojaat qilishlari talab etiladi. «Gazeta.uz» obunachilarining ko‘plab murojaatlaridan kelib chiqib, onlayn platforma orqali kreditga ariza to‘ldirishga oid qo‘llanmani ishlab chiqdi.

Garvard universiteti talabasiga aylangan o‘zbek qizining hikoyasi
21 aprel 2021, 18:10

Garvard universiteti talabasiga aylangan o‘zbek qizining hikoyasi

O‘zbekistonlik Aziza Izamova fevral oyida san’at va arxitektura tarixi yo‘nalishi bo‘yicha doktorantura qilish uchun Garvard universitetiga qabul qilindi. Aziza o‘qishga hujjat topshirish jarayoni qanday kechgani, o‘qishga topshirishda nimaga e’tibor bergani, tadqiqot sohasini qanday tanlagani va kelajakdagi rejalari haqida gapirib berdi. «G‘arb akademik doiralariga Markaziy Osiyosi haqida ko‘proq bilim olib kelib, O‘zbekistondagi tadqiqot sohasini boyitmoqchiman», — deydi u.

Dollarning rasmiy kursi ketma-ket yettinchi bor ko‘tarilmoqda
21 aprel 2021, 16:14

Dollarning rasmiy kursi ketma-ket yettinchi bor ko‘tarilmoqda

Dollarning rasmiy kursi 14,25 so‘mga qimmatladi va jami 10 552,01 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari biroz pasaydi.

Namanganda yuk mashinasi haydovchisi piyodani urib yuborib, voqea joyidan yashirindi
21 aprel 2021, 15:57

Namanganda yuk mashinasi haydovchisi piyodani urib yuborib, voqea joyidan yashirindi

Namangan viloyatida MAN avtomashinasi haydovchisi piyodani urib yuborib, voqea joyidan yashiringan. Jabrlanuvchi vafot etdi.

Xorazmda «samosud» uyushtirgan ayollarga jazo tayinlandi
21 aprel 2021, 14:40

Xorazmda «samosud» uyushtirgan ayollarga jazo tayinlandi

Xorazm viloyati Qo‘shko‘pir tumani «Oqdarband» qishlog‘i hududida to‘rt ayol ulardan birining oilali o‘g‘li bilan yashab kelayotgan boshqa bir ayolning kiyimlarini yirtib, qaychi bilan sochlarini kesib «samosud» uyushtirgan edi. Ularga jazo tayinlandi.

Talabalarga ijara to‘lovining 50 foizi — BHMning 1 baravaridan oshmagan taqdirda qoplanadi
21 aprel 2021, 14:28

Talabalarga ijara to‘lovining 50 foizi — BHMning 1 baravaridan oshmagan taqdirda qoplanadi

Talabalarga ijara to‘lovining 50 foizini davlat tomonidan qoplab berish tartibiga oid prezident farmoni qabul qilindi. Unga ko‘ra, ijara to‘lovining qoplab beriladigan qismi Toshkent shahrida — BHMning 1 baravaridan, boshqa hududlarda 0,5 baravaridan oshmasligi kerak.

Qo‘y podasini olib ketayotgan yuk mashinasi ag‘darildi
21 aprel 2021, 14:18

Qo‘y podasini olib ketayotgan yuk mashinasi ag‘darildi

Jizzax viloyatining Paxtakor tumanida qo‘ylarni olib ketayotgan yuk mashinasi ag‘darilib ketdi. Qutqaruvchilar mashinadan 130 bosh zotdor qo‘yni qutqara olishgan, hayvonlarning bir qismi nobud bo‘lgan. Mashina haydovchisi jabrlanmagan.

Paxtachi tumanida fizika-matematikaga ixtisoslashgan maktab tashkil etiladi
21 aprel 2021, 14:09

Paxtachi tumanida fizika-matematikaga ixtisoslashgan maktab tashkil etiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘tgan haftada Samarqandga tashrifi chog‘ida Paxtachi tumanida fizika-matematikaga ixtisoslashgan maktab tashkil etish bo‘yicha topshiriq bergan edi. Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov mazkur tumanga borib, mavjud imkoniyatlarni o‘rgandi. Maktab sobiq Paxtachi avtomobil va yo‘llar kasb-hunar kolleji o‘rnida tashkil etiladi.

«Ro‘zalarni tutib, davolanib yotibdilar» — Otabek Umarovning sog‘lig‘i haqida ma’lumot berildi
21 aprel 2021, 13:11

«Ro‘zalarni tutib, davolanib yotibdilar» — Otabek Umarovning sog‘lig‘i haqida ma’lumot berildi

Sportchi Murod Xonto‘rayev prezidentning kuyovi Otabek Umarov haqidagi turli xabarlarga ishonmaslikni va hozirda uning salomatligi yaxshi ekanligini aytdi. «Kayfiyatlari zo‘r. Lecheniye olib, Ramazonni o‘tkazib keladilar», — dedi u.

Qaynonasi, homilador xotini va ikki nafar bolani o‘ldirgan shaxs umrbod qamaldi
21 aprel 2021, 12:19

Qaynonasi, homilador xotini va ikki nafar bolani o‘ldirgan shaxs umrbod qamaldi

Yakkabog‘da 30 yoshli erkak xotini, qaynonasi va ikki nafar yosh bolani pichoqlab o‘ldirgan edi. Mazkur shaxsga umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

“Bir tilni barcha uchun majburiy “xalq tili”ga aylantirishdan tiyilaylik” — Rasul Kusherbayev
21 aprel 2021, 11:34

“Bir tilni barcha uchun majburiy “xalq tili"ga aylantirishdan tiyilaylik” — Rasul Kusherbayev

“Milliy tiklanish” fraksiyasi raisi Alisher Qodirov davlat tili to‘g‘risidagi qonun loyihasi hech qaysi millat vakilini kamsitmasligini, “lekin bu mehribonlik o‘zimizni kamsitish hisobiga bo‘lmasligi kerak"ligini ta’kidladi. Deputat Rasul Kusherbayev masala faqatgina davlat tilida ish yuritish haqida ketayotganligini eslatdi. “Ko‘p millatli mamlakatda davlat tili masalasini faqat qaysidir millat taqdiri bilan bog‘layverish noto‘g‘ri”, — deydi u.

Allamjonov OAV faoliyati bilan shug‘ullanuvchi biznesga bosim haqida fikr bildirdi
21 aprel 2021, 11:05

Allamjonov OAV faoliyati bilan shug‘ullanuvchi biznesga bosim haqida fikr bildirdi

«Nomi matbuot bo‘lgani, uning ustiga minib olsa ham bo‘ladi degani emas», — deb yozdi Komil Allamjonov. Davlat idorasi xodimlarining OAV faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlarga bosim o‘tkazishi noqonuniy, deya ta’kidladi u.

9 May tadbirlari karantin talablari asosida o‘tkaziladi
21 aprel 2021, 10:56

9 May tadbirlari karantin talablari asosida o‘tkaziladi

Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan bayram tadbirlari karantin talablariga muvofiq o‘tkaziladi. Toshkentda bayramona salyut bo‘lib o‘tadi. Urushning ehtiyojmand ishtirokchilarining uylari ta’mirlanadi. Ularni parvarish qilish va yordam berish maqsadida patronaj xizmati yo‘lga qo‘yiladi.

Korrupsion jinoyatlarning sabablari ma’lum qilindi
21 aprel 2021, 10:28

Korrupsion jinoyatlarning sabablari ma’lum qilindi

2020 yilda korrupsion jinoyatlarning asosiy sabablari moddiy manfaatdorlik (30%), byurokratik to‘siqlarning mavjduligi (28%) va ijtimoiy ta’minlanmaganlik yoki adolatli mehnat sharoiti yo‘qligi (12%) kabi omillar bo‘lgan.

Mehnat vazirligi Shuhrat G‘aniyev yakshanba kuni yig‘ilish o‘tkazganiga munosabat bildirdi
21 aprel 2021, 08:43

Mehnat vazirligi Shuhrat G‘aniyev yakshanba kuni yig‘ilish o‘tkazganiga munosabat bildirdi

Yakshanba kuni bosh vazir o‘rinbosari Shuhrat G‘aniyev raisligida videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilib, unga hokimiyatlar, vazirlik va idoralar xodimlari jalb qilingan. Mehnat vazirligi vaziyatga munosabat bildirdi va idoralarga dam olish kunida ishga jalb qilingani uchun qo‘shimcha ish haqi to‘lash to‘g‘risida ogohlantirish yuborilganini ma’lum qildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting