Prezident qaroriga ko‘ra, metropoliten uchun yil oxirigacha 5 ta, 2022 yilda 14 ta to‘rt vagonli metro poyezdlari xarid qilinadi va poyezdlarning soni 80 taga yetkaziladi. Metro bekatlarida savdo va xizmat ko‘rsatish maydonchalari tashkil etilib, tadbirkorlarga elektron auksion shartlarida ijaraga beriladi.
Senat madaniy meros obyektlarini saqlash va himoyasini ta’minlash bo‘yicha davlat dasturi doirasidagi ishlar to‘liq bajarilmayotganligini ta’kidladi. Senat qo‘mitasi Toshkentda madaniy meros ro‘yxatiga kiritilgan ayrim obyektlar ko‘rsatilgan manzilda yo‘qligi, 4 ta obyekt mavjud emasligini, 56 ta obyektning kadastr hujjatlari bo‘lmaganligini aniqlagan. Senat raisi Tanzila Narbayeva madaniy meros obyektlarini saqlashning huquqiy mexanizmini yaratish kerakligini qayd etdi.
Interpol O‘zbekistonda firibgarlik qilgani uchun xalqaro qidiruvda bo‘lgan ikki fuqaroni Janubiy Koreyada qo‘lga olib, O‘zbekistonga ekstraditsiya qildi. «Endi ular qilmishlari uchun sudda javob berishlariga to‘g‘ri keladi», — deyiladi xabarda.
Gid Jamil Qosimov 1869 yilda Marg‘ilonda qurilgan qadimiy Xo‘ja Porso jome masjidi buzib tashlanganini xabar qildi. U Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari milliy ro‘yxatiga kiritilgandi. Madaniy meros agentligi bino bir necha joyidan yorilgani bois buzib, yangidan qurilayotganini ma’lum qildi.
Poytaxt hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev Toshkentning 12 ta qadimiy darvozasini tiklash va qurish bo‘yicha qarorni imzoladi. Darvozalarning joylashuvi Raqamli rivojlanish departamenti tomonidan xaritalarni bog‘lash orqali aniqlangan. Oldinroq «Gazeta.uz» departamentning tadqiqoti qanday borganligi va darvozalarning aniq joylashuvi haqida yozgan edi.
O‘zbekistonlik shaxmatchi Gulruhbegim Tohirjonova AQSh chempionatida ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritib, AQSh milliy terma jamoasidan joy egalladi.
O‘zbekistonlik 6-sinf maktab o‘quvchisi Sofiya Singh Gill Italiyadagi Sanremo Junior bolalar xalqaro musiqa festivalida birinchi o‘rinni egalladi.
Poytaxtda Yakkasaroy va Sergeli tumanlarini bog‘laydigan yangi yo‘l qurilishining birinchi bosqichi yakunlandi (foto).
Shavkat Mirziyoyevning Toshkent shahri saylovchilari bilan uchrashuvi, O‘zbekiston muftiysi va Toshkent shahri bosh imom-xatibi tayinlanishi, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha hududiy kengashlarga hokimlar rais bo‘lishi — “Gazeta.uz"ning 19 oktabrdagi eng muhim xabarlari dayjestida.
Antikorrupsiya agentligi rahbari Akmal Burxonov Korrupsion jinoyatlarni sodir etgan shaxslarning reyestri to‘g‘risidagi qonun ishlab chiqilganini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, qonun loyihasi yaqin kunlarda jamoatchilik muhokamasiga qo‘yiladi.
Yunusobod tumani va «Mirza Yusuf» jome masjidi imom-xatibi Rahmatulloh Sayfuddinov Toshkent shahri bosh imom-xatibi vazifasiga tayinlandi.
Toshkent shahar bosh imom-xatibi Nuriddin Xoliqnazarov O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy etib saylandi.
Kelayotgan yakshanba, 24 oktabr kuni prezident saylovi o‘tkaziladi. Saylovdan oldingi poytaxt qiyofasi — «Gazeta.uz» fotoreportajida.
Jahongir Otajonov O‘zbekistonni tark etishiga taqiq qo‘yilganini ma’lum qildi. MIBning ma’lum qilishicha, fuqaroda 3 nafar voyaga yetmagan farzandlari uchun aliment undiruviga oid 3 ta ijro ishlari mavjudligi aniqlangan va uning O‘zbekistondan chiqish huquqi vaqtincha cheklangan.
Andijon viloyatining Paxtaobod tumanida bemorning o‘g‘li mast holatda «tez yordam» shifokorini do‘pposlab, unga og‘ir tan jarohati yetkazdi. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Zo‘ravon besh yilgacha muddatga qamalishi mumkin.
Hukumat qaroriga ko‘ra, ta’lim darajasi yuqori bo‘lmagan maktablarga boshqa hududlardan jalb qilingan o‘qituvchi-pedagoglarning bazaviy tarif stavkalariga maxsus ustamalar joriy qilinadi. Shuningdek, pedagogika yo‘nalishlarining 3-kursida tahsil olayotgan talabalarga maktablarda dars berish huquqi berildi.
Shavkat Mirziyoyev poytaxt saylovchilari bilan uchrashuvda Toshkent havosidagi chang miqdori belgilangan me’yorlardan 2 barobar ko‘pligini ma’lum qildi. Prezident qurilish maydonlarida changni bostiruvchi zamonaviy usullar va texnologiyalarni joriy qilish zaruriyati haqida ham gapirdi. O‘zLiDeP nomzodi kelgusi yilda har bir tumanda sayilgoh hamda shahar bo‘yicha 25 ta «yashil hudud» va alleyalar tashkil etilishini ta’kidladi.
Prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev Toshkent hokimligi qoshida 575 ta mahallani rivojlantirish jamg‘armasi tashkil etilib, har bir mahallaga 10 mlrd so‘mdan (jami qariyb 600 mln dollar) ajratilishini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, mahallalarni obod qilish uchun 2 mlrd so‘m ajratish amaliyoti «o‘z samarasini bergan».
Farg‘ona viloyatida dekabr oyida «Central Asia Motors» korxonasida 4 ta yengil va 8 ta yuk elektromobillari test rejimida ishlab chiqariladi. Korxona to‘la quvvati bilan ishga tushgach, yiliga 10 ming elektromobil ishlab chiqarishi kutilmoqda. Ishlab chiqarilgan mahsulotning 40 foizi eksport qilinadi.
Deputatlar pasport tizimi qoidalarini buzish, noqonuniy valyuta ayirboshlash, yo‘lovchilarni litsenziyasiz tashish va sug‘urta polisini olmaganlik uchun jarimalarni bir necha baravarga kamaytirish to‘g‘risidagi qonun loyihasini ma’qulladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting