Hukumat qarori bilan «Yoshlar daftari»ga kiritilgan moddiy ahvoli qiyin yoshlarga BHMning 4 baravarigacha (980 ming so‘m) miqdorda bir martalik moddiy yordam ko‘rsatiladi. Shuningdek, daftarga kiritilganlarning OTM shartnoma pulini 50 foizini to‘lab berish, xorijda davolanish xarajatlarining BHMning 50 baravaridan oshmagan qismi qoplab beriladi.
Toshkent va Yangiyo‘l tumanlarida $20 ming va qariyb 149 mln so‘mga noqonuniy tarzda dori sotayotganlar qo‘lga olindi. Ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
O‘zbekistonda kinemotografiya akademiyasi tashkil etilishi rejalashtirilmoqda. Akademiya qoshida S. Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya instituti filiali hamda Toshkent shahrida kino san’atiga ixtisoslashgan o‘rta ta’lim maktabini ham ochish ko‘zda tutilgan.
YUNISEF Buxoro viloyatiga vaksinalarni saqlash uchun sovutish omborlarini topshirdi. Bir yil ichida O‘zbekistondagi yana to‘rtta omborxona foydalanishga topshirilishi kutilmoqda.
Dam olish kunlari havo harorati keskin pasayishi va ba’zi hududlarda qor yog‘ishi kutilmoqda. Respublika hududlarida shamolning 17−22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ba’zida esa 23−28 m/s gacha kuchayishi mumkin.
2021 yil 15 martdan boshlab Turkiyaga kelishdan 72 soat oldin maxsus elektron so‘rovnomani to‘ldirish kerak bo‘ladi. Yo‘lovchilar to‘ldirilgan so‘rovnomani bosib chiqarishi yoki mobil qurilmaga yuklab olib, jo‘nash aeroportida aviakompaniya xodimiga taqdim etadilar.
Mingbuloq tumanida «G» MCHJ rahbari va boshqalar 1 mlrd so‘m imtiyozli kreditni talon-toroj qilgani aniqlangan. Ular soxta hujjatlarni tuzib, mablag‘larni naqdlashtirib olgani ma’lum bo‘lgan. Ularga nisbatan Jinoyat kodeksining talon-toroj qilish va hujjatlarni qalbakilashtirishga oid moddalari bilan ish qo‘zg‘atildi.
Senatning yalpi majlisida ichki ishlar vaziri hisobot berdi. Po‘lat Bobojonovning aytishicha, 2020-yilda ichki ishlar xodimlari 134 ta jinoyat sodir etgan. Shundan 27 tasi o‘lim bilan bog‘liq. Huquqbuzar qonun himoyachilariga ozodlikdan mahrum qilishgacha bo‘lgan jazolar belgilanayotgani aytildi.
YUNESKO tashkiloti tomonidan O‘zbekistondagi o‘qituvchilar malakasini oshirish uchun 435 ming AQSH dollari ajratiladi. 2 yillik loyiha doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Navoiy va Toshkent viloyatlarida 150 maktab va 600 dan ortiq o‘qituvchilar jalb etiladi.
Endilikda ATTO kartalaridan tashqari «Uzcard» kartalari orqali jamoat transportlaridan foydalanganlik uchun to‘lovlarni amalga oshirish mumkin.
Prezident farmoni loyihasiga ko‘ra, 14 may va 31 dekabr kunini qo‘shimcha dam olish kuni etib belgilanishi mumkin. Bundan tashqari, 15 may, 21 iyul, 22 iyul kunlari barcha xodimlarga dam olish kunlari sifatida e’lon qilinishi rejalashtirilmoqda.
Kinorejissyor Bahrom Yoqubov 60 yoshida olamdan o‘tdi.
Surxondaryolik bloger Otabek Sattoriyga qarshi arz qilgan dehqon bozori rahbari, uni hech kim ariza berishga majburlamaganligini va o‘z ixtiyori bilan shunday yo‘l tutganini ma’lum qildi. Jabrlanuvchi tasvirga olishda aynan nimadan qo‘rqqani, tovlamachilik sodir bo‘lishga undovchi aynan qaysi kamchilik yashirilgani bo‘yicha savolga aniq javob bermadi.
Qurilish vazirligi Qashqadaryo viloyatida noqonuniy ravishda qurilayotgan binolar haqida ma’lum qildi. Qurilayotgan binolarda, asosan, hududiy inspeksiyani xabardor etmasdan qurilish-montaj ishlarini boshlash va texnika xavsizligi jurnallari yuritilmaganligi holatlari kuzatilgan.
Yangiyo‘l tumani kadastr agentligi boshlig‘i v.b. tadbirkorning ishini bitirib berish evaziga 10 tonna sement talab qilgan. Uni 10 mlnga baholab, shundan 500 dollarini olgan vaqtida ushlandi.
2021/2022 o‘quv yilida Prezident maktablariga 1632 nafar o‘quvchi qabul qilish rejalashtirilmoqda. Hozircha qabullar Toshkent, Namangan, Nukus va Xiva shaharlarida mavjud Prezident maktablariga bo‘lib o‘tadi. Davlat rahbari 29 dekabrdagi parlamentga murojaatnomasida shu yili 10 ta prezident maktabi bunyod etilishini aytgan edi.
Qirg‘iziston tashqi ishlar vaziri Ruslan Kazakbayev AKIpress’ga bergan intervyusida O‘zbekiston bilan savdo-iqtisodiy sohadagi munosabatlar, suv masalasi va davlat chegarasini delimitatsiya qilish to‘g‘risida co‘z yuritdi.
Shanba kuni umumaxalq xayriya hashari o‘tkaziladi. Ushbu xayriya hasharini o‘tkazish bo‘yicha bosh vazirning birinchi o‘rinbosari Ochilbay Ramatov rahbarligida ishchi guruh tarkibi tasdiqlandi. Ish beruvchilar tomonidan Hasharga xodimlarini majburiy jalb qilish taqiqlanadi, aks holatda mutasaddilar jazolanadi.
1 maydan boshlab banklarga yetkazib berilayotgan mahsulot yoki xizmatlar uchun to‘lovlarni uchinchi shaxslar hisobidan qabul qilish taklif qilinmoqda. Shuningdek 50 foiz va undan ortiq davlat ulushiga ega kompaniyalar bilan tuzilgan shartnomalarda 15 foiz miqdorida avans to‘lash talabini bekor qilishga ruxsat berish ko‘zda tutilgan. Jismoniy shaxslarga chet el valyutasida kredit berish va to‘lash huquqi berilishi mumkin.
1 apreldan boshlab «temir», «yoshlar» va «ayollar» daftarlariga kiritilgan ehtiyojmand oilalar yoshlari «Vatanparvar» avtomaktablarida bepul o‘qishlari mumkin bo‘ladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting