Aholini kunlik yurish va yugurishga targ‘ib qilish maqsadida 1hls ilovasi ishga tushirilgan edi. Uni mobil telefoniga yuklab, kunlik qadamlarni hisoblash va ular uchun elektron hamyonga pul to‘plash mumkin. Ilovani yuklab olish va undagi pulni bank kartasiga qanday o‘tkazish — «Gazeta.uz» qo‘llanmasida.
Qarshidagi manzil-koloniyada 19 yoshli mahkum lezviya bilan qornini va qo‘llarini 3−4 marotaba tilib, o‘ziga yengil tan jarohatlari yetkazdi. Bosh prokuratura koloniya xodimlariga ish qo‘zg‘atilganini rad etdi, biroq holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilayotgani ma’lum qilindi.
Toshkent viloyatida Yuqorichirchiq tumani hokimiga tegishli bo‘lgan mashina 16 yoshli qizni urib yubordi. Olingan jarohatlar tufayli qiz kasalxonaga olib ketilayotganda vafot etgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Shanba kuni respublika bo‘ylab o‘tkazilgan xayriya hasharida 3 mlrd 193 mln so‘mdan ortiq mablag‘ sarflandi. Shundan 189 mln so‘mdan ortig‘i «Mahalla» fondi hisobidan aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga ajratilgan, deyiladi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi hisobotida.
Haftaning birinchi yarmida havo harorati +38 darajada bo‘lishi kutilmoqda. 27 avgustdan boshlab harorat asta-sekin pasayadi.
Ijtimoiy tarmoqlarda maktab targ‘ibochilari uyma-uy yurib, «Milliy tiklanish» partiyasining prezidentlikka nomzodi Alisher Qodirovni qo‘llab-quvvatlash uchun majburiy ravishda imzolar yig‘ayotgani aytilmoqda. Holatga Alisher Qodirov munosabat bildirib, imzo yig‘ishda majburlash bo‘lmasligi kerakligini ta’kidladi va partiya faollarining bosimiga uchraganlardan deputatning Telegram-botiga xabar berishni so‘radi.
Qishloq xo‘jaligi vazirligi va USAID qishloq xo‘jaligi bo‘yicha hamkorlikni kuchaytirishga qaratilgan memorandum imzoladi. USAID shuningdek agrobiznesni rivojlantirish bo‘yicha loyiha doirasida qishloq xo‘jaligida band bo‘lgan ayollarni qo‘llab-quvvatlash uchun qo‘shimcha 1 mln AQSh dollari ajratdi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Samarqand viloyatidagi tibbiyot muassasalari muqobil tijorat takliflari mavjud bo‘lgani holda, 14,9 mlrd so‘mga, ya’ni 5 mlrd 643 million so‘m qimmatroqqa dori vositalari xarid qilganini aniqladi. «O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish» moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
22 avgustdan 5 sentyabrgacha davom etadigan “ArMI — 2021” Xalqaro armiya o‘yinlaridan avval o‘tkazilgan matbuot anjumanida musobaqada qatnashadigan ishtirokchilarning barchasi koronavirusga qarshi emlangani ma’lum qilindi. Ta’kidlanishicha, xorijiy ishtirokchilar uyiga qaytib ketishidan oldin ham to‘liq tekshiruvlardan o‘tadi.
Oliy Majlis Senati a’zosi, Farg‘ona viloyati Keksalar va faxriylarni qo‘llab-quvvatlash va ijtimoiy faolligini oshirish bo‘yicha o‘rinbosari Topiboldi Xoldorov 79 yoshida vafot etdi.
Tashqi siyosiy vaziyat tufayli Germaniyaning Toshkentdagi elchixonasi viza bo‘limi noma’lum muddatgacha yopiq bo‘ladi.
Dang‘ara tumanida mast holatda bo‘lgan haydovchi boshqaruvidagi Nexia avtomobili ag‘darilib ketishi oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi.
O‘zbekiston hukumati Jurabek Laboratories kompaniyasida ishlab chiqarilgan ZF-UZ-VAC 2001 va «Sputnik V» vaksinalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga rozilik berdi.
Qonunchilikka kiritilgan o‘zgartishlar asosida mualliflik huquqining muallif vafotidan keyin amal qilish muddati 50 yildan 70 yilga uzaytirilmoqda.
Toshkent hokimligi va poytaxt IIBB YHXBB Nurafshon aylanma yo‘li bo‘ylab 12 ta chorrahaga «aqlli svetoforlar» o‘rnatadi.
PDP Academy «Unicorn» ta’lim granti doirasida 210 ta talabani pulsiz o‘qitadi va IT-kompaniyalarda ish bilan ta’minlaydi.
Test sinovlarida tana harorati yuqori bo‘lgani va COVID-19`ga chalingani tufayli qatnasha olmagan abituriyentlar uchun 23 avgust kuni qo‘shimcha test sinovlari tashkil etiladi.
Afg‘onistonlik homilador ayol O‘zbekiston orqali evakuatsiya vaqtida Toshkentdagi tug‘ruqxonada o‘g‘il farzandni dunyoga keltirdi.
2009 yilning oxiridan boshlab Toshkent va O‘zbekistonning boshqa shaharlarida nazoratsiz ravishda asriy daraxtlar kesib tashlanmoqda. Biz maktab partalarida eshitganimiz buyuk ajdodlarimizning merosidan ibrat olmasdan, o‘z qo‘llarimiz bilan vatanimizni sahroga aylantirmoqdamiz. Tarixchi Tair Gyul Temuriyzodalar o‘z imperiyalarini ko‘kalamzorlashtirishga qanday e’tibor qaratganlari, O‘rta Osiyo bog‘chilik san’atining dunyoga ta’siri hamda nima sababdan ota-bobolarimizning yashil an’analarini davom ettirishimiz lozimligi haqida so‘zlab berdi.
Sabzavotli, pishloq va tvorogli, tovuq va pomidorli, baliqli — Zira.uz mazali kishlar retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting