YUNISEF va JSST, Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan hamkorlikda COVID-19 haqidagi ishonchli ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan HealthBuddy+ chat-botini ishga tushirishdi.
Namangandagi oilaviy poliklinkada shifokorni do‘pposlagan aka-ukalarga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilib, jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Shifokorga tibbiy tekshiruv davomida bir necha jarohatlar tashxisi qo‘yilgan.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining din va e’tiqod erkinligi bo‘yicha maxsus ma’ruzachisi Ahmad Shahid sentyabr oyida hamkorlik dasturini yo‘lga qo‘yish uchun O‘zbekistonga tashrif buyuradi. Dastur doirasida davlat organlari, fuqarolik jamiyati va diniy tashkilotlar vakillari uchun qator seminarlar va treninglar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.
5 avgust kuni Angren shahrida joylashgan to‘qqiz qavatli uyning 6-qavatida yong‘in sodir bo‘ldi. Qutqaruvchilar tomonidan 25 nafar fuqaro xavfsiz joyga olib chiqilib, yong‘in to‘liq bartaraf etilgan. Yong‘in oqibatida xonadonning 50 kv.metr maydoni zararlangan.
O‘zini o‘z band qilish maqomi nimani anglatadi, uni qanday olish mumkin va bu maqom O‘zbekistonda 2021 yilda qanday foyda berishi haqida so‘z yuritamiz.
Farg‘ona viloyatining Toshloq tumanida Matiz avtomashinasi Nexia`ni quvib o‘tmoqchi bo‘lganida 13 yoshli qizni urib ketgan va Nexia bilan to‘qnashgan. Piyoda tan jarohati olib, shifoxonada vafot etgan.
Korrupsiya holatlari haqida Antikorrupsiya agentligini xabardor qilish imkonini beruvchi maxsus sayt ishlab chiqildi. Fuqarolar murojaatlari asosida vazirlik, idoralar, viloyat va tumanlarning statistik reytingi ham tuziladi.
O‘zbekistonlik bokschi Bahodir Jalolovning Olimpiya o‘yinlari finaliga yo‘l olishi, Ekopartiyaning prezidentlik saylovlariga o‘z nomzodini e’lon qilishi, aholi murojaatlarini hal qilish uchun “Tezkor shtablar” tashkil etilayotgani — “Gazeta.uz"ning 4 avgustdagi eng muhim xabarlari dayjestida.
O‘zbekistonda qariyb 950 ming nafar abituriyent oliy ta’lim muassasalariga hujjat topshirdi. Bu o‘tgan yilgi ko‘rsatkichdan 535 ming kishi yoki 36,1 foizga kam. Hujjat topshirganlarning 46 foizi sirtqi ta’limga hujjat topshirgan.
Poytaxtda Nexia va tez tibbiy yordam avtomashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Oqibatda Ford rusumli tez tibbiy yordam avtomobili yo‘lovchisi shifoxonada vafot etdi. Holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Namangan shahridagi oilaviy poliklinikada fuqaro noto‘g‘ri tashxis qo‘yganlikda shifokorni ayblab, u bilan mushtlashib ketgan. Shifokorning yuz, bosh va qo‘l qismiga jarohatlar yetkazilgan. «Bezorilik» moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
«Salar» kanali bo‘yida va Toshkentdagi suv tozalash inshooti yaqinida joylashgan ba’zi ishlab chiqarish obyektlari va qoramol kushxonalari Olmaliq va Ohangarondagi maxsus sanoat zonalariga ko‘chiriladi.
Viloyat hokimliklarida aholi murojaatlarini hal qilish uchun «Tezkor shtablar» tashkil etiladi. Ularning faoliyatiga hokimlar rahbarlik qiladi. «Har bir hokimning kabineti „xalq qabulxonasi“ bo‘ladi», — degan edi Shavkat Mirziyoyev 23 iyul kuni ushbu masalalarga oid videoselektorda.
Biror yuqumli kasallikka shifo topish, vaksina yaratish — juda katta mas’uliyat va tajribani talab etadi. Chunki bir doza preparat bilan yoki insonni normal hayotga qaytarish, yoki biror nojo‘ya ta’sir bilan noxush holatlarga olib kelish mumkin. O‘zbekistonda koronavirusga qarshi qo‘llanilayotgan 5 ta vaksina mualliflari va vaksinalar qanday yaratilganligi haqida «Gazeta.uz» maqolasida.
Quva tumani IIB 11 yoshli bolaning amakisi tomonidan jinsiy tajovuzga uchragani to‘g‘risidagi xabarni tekshirmoqda. Farg‘ona viloyat prokuraturasi ishni nazoratiga oldi.
O‘zbekiston ko‘magi bilan Turkiston shahriga kiraverishda 5 ming kishiga mo‘ljallangan masjid qurilmoqda. Uning umumiy maydoni 20 ming kvadrat metrni tashkil qilib, qurilish ishlari keyingi yil yakunlanishi rejalashtirilgan.
Eldor Shomurodovning “Roma"ga o‘tishi, prezident rahbarligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishi, Olimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasi qo‘lga kiritgan navbatdagi oltin medal — “Gazeta.uz"ning 3 avgustdagi eng muhim xabarlari dayjestida.
Farg‘ona viloyatida 11 yoshli bola ikki yil davomida o‘z amakisining jinsiy tajovuziga uchragani aytilmoqda. Hodisa to‘g‘risida bloger Aqida Xanum ma’lum qildi.
Toshkentda IIV Jazoni ijro etish departamentidagi tanishlari orqali 19 yilga qamalgan shaxsni ozodlikka chiqarishga va’da bergan surxondaryolik fuqaro qo‘lga olindi.
YUNESKO Umumjahon merosi qo‘mitasi pandemiya sharoitida O‘zbekistonga Shahrisabzning tarixiy qismini qayta tiklashi uchun yana bir yil muddat berish to‘g‘risida qaror qabul qildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting