2021 yilning yanvar-iyun oylarida Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazlariga jami 5 958 nafar fuqaro murojaat qilgan bo‘lib, shundan 5 348 nafari ayol, 393 nafari erkak hisoblanadi. Hududlar kesmidida eng ko‘p murojaat Toshkent shahri (1598), Jizzax (861) va Namangan viloyatidan (540) bo‘lgan.
AQShning SRK Consulting kompaniyasi direktori Mayk Bir O‘zbekistonda 45 mln tonna mis va 5,5 ming tonna oltin zaxirasi mavjudligini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, elektromobillarni ishlab chiqarish hajmi oshishi bilan jahon bozorida misga bo‘lgan talab ham keskin ortadi. U O‘zbekistonda mis ishlab chiqarishga qaratilayotgan e’tiborni uzoqni ko‘zlovchi siyosat deb atadi.
1 avgustda mamlakatni salqin havo massalari asta-sekin tark eta boshlaydi. Havo harorati +40 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda. 30−31 iyulda Farg‘ona vodiysining tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel kelishi xavfi bor.
Qibray tumanida besh kishi shafqatsiz ravishda o‘ldirildi, gumondor qo‘lga olindi.
O‘zbekistonga COVAX mexanizmi doirasida AQShdan 3 million doza Moderna vaksinasi olib kelindi. Ushbu vaksina butun mamlakat bo‘ylab 18 yoshdan oshgan fuqarolarni emlashda qo‘llaniladi. Kuzda AstraZeneca va Pfizer vaksinalarini yetkazib berish rejalashtirilgan.
Qoraqalpog‘istoning Taxiatosh tumanida mast holda IIBga olib ketilgan fuqaro vafot etdi. Fuqaroning yaqinlari uning o‘limida profilaktika inspektorini ayblamoqda. Hozirda IIB xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan xizmat tekshiruvi harakatlari olib borilmoqda.
Prezident tog‘-kon sanoati texnikasini ko‘zdan kechirib, samosval haydovchisi bilan suhbatlashdi. Shavkat Mirziyoyev undan mashinaning qulayliklar, oylik maoshi, hayotidagi o‘zgarishlar haqida so‘radi. “11−12 mln, ko‘tarilib boryapti hozir. Uyim yo‘q edi, uyli bo‘ldim. Hozir Malibu avtomashinam bor”, — dedi haydovchi.
Italiyalik dizayner Stefano Richchi O‘zbekiston gerbi va bayrog‘i aks etgan 18 mln so‘mlik poyabzallar taqdim etdi. Adliya vazirligi buni «davlat ramzlariga hurmatsizlik» deb baholadi. Shuningdek, Toshkent adliya boshqarmasi poytaxtdagi davlat organlarida davlat ramzlaridan foydalanishda 363 ta qonunbuzilish holatlarini aniqlagan. Natijada, 55 nafar shaxs intizomiy javobgarlikka tortilgan.
O‘zbekistonda pandemiya boshlangandan beri koronavirusdan kunlik kasallanish bo‘yicha eng yuqori antirekord qayd etilishi, Shavkat Mirziyoyevning Olmaliqqa tashrifi, O‘zbekistonga koronavirusga qarshi yana 17,9 mln doza vaksina olib kelinishi rejalashtirilayotgani — “Gazeta.uz"ning 29 iyuldagi eng muhim xabarlari dayjestida.
Rost24 nashri Zangiotadagi «Ibrat» mahallasida bolalar maydonchasi ochilish marosimidan so‘ng u yerga to‘shalgan sun’iy qoplama yig‘ishtirib olingani haqida xabar qildi. Tuman hokimligi sun’iy maysazor kun issiqligi sababli yaroqsiz holga kelganini va yangisi bilan almashtirilishini ma’lum qildi.
Surxondaryo viloyati Denov tumanida ikki nafar IIO FMB profilaktika inspektori yordamchilari fuqaroni bir necha bor urib, tan jarohati yetkazgan. Oqibatda fuqaro shifoxonada vafot etgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, 2 nafar shaxsga nisbatan “qamoqqa olish” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
OTMlarning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlarida ishtirok etish onlayn ro‘yxatdan abituriyentlarga “Abituriyent ruxsatnomasi"ni berish 1 avgust sanasidan boshlanadi.
Buxoro shahrida maishiy texnika, mebel, santexnika vositalari, sport anjomlari va boshqa ko‘plab mahsulotlar muddatli to‘lov asosida sotiladigan «ISHONCH» do‘konlar tarmog‘ining filiali ish boshladi.
O‘zbekistonga koronavirusga qarshi yana 17,9 mln doza vaksina olib kelinishi rejalashtirilmoqda. Ular orasida Pfizer/Bio N Tech vaksinasining 1,2 mln dozasi olib kelinishi ham ko‘zda tutilgan.
Jurabek Laboratories tomonidan «Sputnik V» vaksinasining birinchi namunasi ishlab chiqilib, Gamaleya institutiga tekshirish uchun yuborilgan. Ijobiy javob olingach va Rossiyadan xom-ashyo keltirilgach, O‘zbekistonda «Sputnik V» vaksinasini quyish avgust o‘rtalarida boshlanishi mumkin. Jurabek Laboratories ishlab chiqarish direktorining ma’lum qilishicha, kompaniya birinchi bosqichda 2 mln doza «Sputnik V» va 10 mln doza xitoy-o‘zbek vaksinalarini ishlab chiqarishni rejalashtirgan.
Koronavirusga qarshi vaksinaning birinchi dozasi olingandan so‘ng, ikkinchisini olgunga qadar 12 hafta (3 oy)dan ortiq vaqt o‘tsa, fuqaro revaksinatsiya qilinadi, deya ma’lum qildi SES boshlig‘i o‘rinbosari Botir Qurbonov.
Toshkentdagi ko‘p qavatli uylar va aholi zich joylashgan mahallalar, ichki yo‘l yoqalari va boshqa bo‘sh maydonlarda istirohat yo‘laklari tashkil etiladi.
Qozog‘istonning Aqto‘be viloyatida ichida sakkiz nafar o‘zbekistonlik bo‘lgan Toyota YTHga uchradi. Oqibatda bir kishi vafot etdi, 5 nafar yo‘lovchi davolanmoqda. Yana ikki nafar yo‘lovchiga esa shifoxonadan javob berilgan.
17 iyulda O‘zbekiston Bosh davlat sanitariya vrachi qarori bilan 14 toifadagi fuqarolar koronavirusga qarshi majburiy emlanishi shart etib belgilandi. Oradan 11 kun o‘tib, quyi palata deputatlari majburiy emlashni qonuniylashtirishga oid qonun loyihasini ma’qullab, Senatga yubordi. «Gazeta.uz» so‘roviga binoan ombudsman Feruza Eshmatova majburiy emlash va uni qonuniylashtirish jarayoni, bu borada xalqaro norma va tajriba, faqat bir vaksina mavjudligi tufayli aholining tanlov huquqi buzilishi kabi savollarga javob berdi.
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan me’mor, Toshkentdagi “Panorama” kinosaroyi va “Kosmonavtlar” metro bekati loyihalari muallifi Sergo Sutyagin vafot etdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting