Futbol bo‘yicha O‘zbekiston va BAA uchrashuvi sabab soat 22:00 gacha Toshkentning Chilonzor, Cho‘ponota va Bunyodkor ko‘chasining bir qismida transport harakati cheklanadi.
Sirdaryo tumanida 2024-yilning aprel oyida bir oilaning uch a’zosini o‘ldirib, jasadlarni yoqib yuborgan sobiq IIB xodimiga nisbatan sud hukmi e’lon qilindi. Unga nisbatan umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Yakkasaroy tumanidagi Bobur ko‘chasining bir qismida avtomobillar harakati cheklanadi. Avtotransport oqimi bir oyga to‘rt chiziqli yo‘ldan faqat ikkitasiga yo‘naltiriladi. Bu paytda yer osti elektr uzatish kabel tarmoqlari o‘tkaziladi.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi “Mening bog‘cham” loyihasining ovoz berish jarayoni boshlanganini e’lon qildi. Ovoz berish bosqichi 25-oktabr kuni soat 10:00 ga qadar davom etadi.
Qarshi tumanida Labo haydovchisi mast piyodani urib yuborib, uni paxta dalasiga tashlab ketdi. Oqibatda fuqaro tez tibbiy yordam ko‘rsatilmagani sababli vafot etdi. Haydovchi protsessual tartibda ushlandi va qamoq ehtiyot chorasi qo‘llandi.
Vengriyaning Lakitelek shahrida Alisher Navoiy byusti ochildi. U vengriyalik haykaltarosh Dyordji Lantos tomonidan tayyorlangan.
11 yildan beri Toshkentda Aviatsiya muzeyini ochish g‘oyasini ilgari surayotgan Abror Satimov O‘zbekiston prezidentiga ochiq xat yozdi. Uning aytishicha, o‘tgan davrda turli idoralarga qilingan murojaatlar natija bermagan. Ayni damda, mamlakat bo‘ylab sochilib ketgan samolyotlar asta-sekin buzilib, vayron bo‘lyapti.
Xalqaro kosmos shartnomasiga qo‘shilgan O‘zbekiston, parlament saylovida sinovdan o‘tkaziladigan elektron ovoz berish, Toshkent viloyatida qurilishi boshlangan loyihalar, rekord darajada oshgan dollar kursi va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.
Namangan viloyati Kosonsoy tumanida tadbirkorlik subyektiga tegishli suv taqsimlash inshooti tarmoqqa o‘zboshimchalik bilan ulanishi oqibatida 1,2 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgani ma’lum bo‘ldi. Hujjatlar tegishli organlarga yuborildi.
Toshkent shahri Chilonzor tumanida ikki fuqaro umumiy qiymati salkam 44 ming dollarlik 4000 quti qalbaki dori vositalarini sotayotgan vaqtda qo‘lga olindi. Holat yuzasidan jinoiy ish ochildi.
Toshkent shahrida noqulay ob-havo, yomg‘ir yog‘ishi va daraxt shoxlari sinishi oqibatida Vodil-1 tarmog‘iga qarashli elektr uzatish qurilmasida avariya yuz berdi. Elektr ta’minotidagi 1 soatlik uzilishdan so‘ng nosozlik bartaraf etildi.
BMTTD, FVV va O‘zgidromet tomonidan tayyorlangan infografika O‘zbekistonning tabiiy ofat xavfi yuqori bo‘lgan hududlari aholisiga xavf tug‘ilganda harakatlanishda yordam beradi.
Prezident farmoni bilan iqtisodiyot tarmoqlarida aerokosmik texnologiyalar joriy etiladi. Hujjat bilan davlat kosmik monitoringining ustuvor yo‘nalishlari belgilandi.
Kuniga 1 millionga yaqin yo‘lovchi foydalanadigan Toshkent metrosida oxirgi paytlarda tirbandliklar va nosozlik holatlari tez-tez kuzatilib, tarmoqlarda qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Metropoliten rasmiylari bu kabi muammolar va ularning yechimlari bo‘yicha rejasini ma’lum qildi. Batafsil.
“O‘zmilliybank” AJ Mastercard Europe SA bilan hamkorlikda “Xaridlar uchun keshbek” sodiqlik dasturini ishga tushirdi.
Toshkentda jamoat mulkiga aylanishi mumkin bo‘lgan unikal samolyotlar saqlanadi. O‘zbekiston fuqaro aviatsiyasi 100 yilligi nishonlanayotgan 2024-yilda aviatsiya muzeyini ochish imkoni boy berilganicha yo‘q. Abror Sotimov — muzey istiqboli va Airbus’ning vatani Tuluzadagi namuna haqida mulohaza yuritadi.
Toshkent shahri Yashnobod tumanida ikki nafar 20 yoshli yigit o‘zgalarga tegishli bo‘lgan ikkita Damas avtomashinasini olib qochdi. Ular qo‘lga olinib, 7 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.
Toshkent viloyatining Keles yo‘li kengaytirilgan holda qayta qurildi. Uning ikki tarafida Davlat xizmatlari markazi, Yoshlar markazi, madaniyat saroyi, amfiteatr, universal sport majmuasi, xotira maydoni va sayilgohlar barpo etildi. Prezident tumandagi bunyodkorlik ishlarini ko‘zdan kechirdi.
Yunusobod tumani sudi ikki bloger va brbalo musiqiy guruhi artistlarini yumoristik klipi uchun 15 sutkaga hibsga olish haqida qaror chiqardi. Sudga ariza bilan murojaat qilgan mahalla raisi video odob-axloq me’yorlari va an’analarga zid ekani, yoshlar tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotganini aytdi.
Toshkent shahri hokimligi sovuq kunlarda boshpanasiz hayvonlarga yordam so‘rab shahar aholisiga murojaat qildi. “Imkoningiz va xohishingiz bo‘lsa boshpanasiz jonivorga boshpana yoki ozuqa bering. Shunday qilib, siz kichik, ammo juda muhim bo‘lgan hayotni saqlab qolishingiz mumkin”, — deyiladi murojaatda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting