Ramazon oyi paytida haddan tashqari ko‘p ovqat yeyish yoki noto‘g‘ri ovqatlanish inson salomatligiga zarar yetkazishi mumkin. «Gazeta.uz» Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ro‘za paytida sog‘lom ovqatlanish bo‘yicha maslahatlarini taqdim etadi.
Quvaytning Jazeera Airways aviakompaniyasiga O‘zbekistonga muntazam qatnovlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma berildi. Aviakompaniya Quvayt — Toshkent — Quvayt yo‘nalishida muntazam aviaqatnovlarni amalga oshiradi.
Haftaning birinchi yarmida respublikada iliq va kam bulutli ob-havo kuzatiladi. Haftaning ikkinchi yarmiga kelib havo harorati haftaning boshiga nisbatan kechalari 9−14 daraja, kunduzi 22−27 daraja iliq bo‘lgan biroz yuqori, asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda.
Izboskan tumanida G. va O. kimdan ekani noma’lum bo‘lgan 3 oylik chaqalog‘ini sotishga urindi. Ular Andijon shahridagi «Daryotrans» yonida 700 dollar evaziga «er-xotin mijoz»ga chaqaloqni bergan. Fuqaro O. 5 yilga ozodlikdan mahrum etildi, chaqaloqning onasiga esa shartli jazo tayinlandi.
Texnopark va Kuka kompaniyalari «Innoprom-2021» xalqaro sanoat ko‘rgazmasi doirasida strategik sheriklik to‘g‘risida shartnomalar tuzishdi.
Farg‘ona viloyatining Dang‘ara tumanida Lacetti va velosiped ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Jabrlanuvchi tan jarohati olib, shifoxonada vafot etgan. Shuningdek, Marg‘ilonda ham Lacetti avtomashinasi velosipedchini urib yuborgan. Natijada velosipedchi shifoxonada vafot etgan.
Zira.uz saharlik va iftorlik uchun mazali va to‘yimli taomlar retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori Komiljon Karimov «Gazeta.uz»ga bergan intervyusida nega xususiy OTMlar uchun foyda olish masalasi ustuvor vazifa bo‘lishi kerakmasligi, oliygohlar o‘rtasidagi raqobat uchun teng sharoitlar bo‘lishining ahamiyati va davlat OTMlarining asosiy ustunligi haqida gapirib berdi.
Xorazm viloyatining Shovot tumanida 19 yoshli Muxlisa Qadamboyeva osilgan holda topildi. Ijtimoiy tarmoqlarda uning homilador bo‘lgani hamda eri va uning oilasi tomonidan kaltaklab kelingani haqida ma’lum qilindi. Prokuratura ushbu xabarni o‘rganmoqda. Vaziyat yuzasidan Saida Mirziyoyeva ham munosabat bildirdi.
Termiz prokurori 16 yoshli o‘quvchi qizning zo‘rlanishi holati bo‘yicha jinoyat ishini qo‘zg‘atishni rad etish to‘g‘risidagi qarorni bekor qildi. O‘tkazilgan qo‘shimcha tekshiruv harakatlari natijasiga ko‘ra, «mavjud qarama-qarshiliklarni bartaraf etish va haqiqatni aniqlash maqsadida» jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
«Navro‘z» qabullar uyi buzilishi boshlanganidan ikki kun o‘tib Qurilish vazirligi bino poydevori 27 smga cho‘kkanini ma’lum qildi. Majmua avariya holatida bo‘lgani sababli uni rekonstruksiya qilish maqsadga muvofiq emas, deb topilgan.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi fatvo hay’ati koronavirusga qarshi ommaviy emlash ishlari olib borilayotgani munosabati bilan emlash, shuningdek, ukol qilish ro‘zani buzadimi, degan savolga javob berdi.
O‘simlik yog‘i narxining o‘sishi tashqi bozorda narxlar oshishi bilan bog‘liq, deya xabar qildi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi. Qo‘mita mamlakatda yog‘ zaxiralari yetarlicha ekanini va narxlarni barqarorlashtirish bo‘yicha choralar ishlab chiqilayotganini ma’lum qildi.
Metro poyezdi eshigi ochiq holda harakatlanishi ortidan olib borilgan o‘rganishlardan so‘ng harakat tarkibining mashinisti, elektr-chilangari va katta ustasi ishdan bo‘shatildi. Eletkrodepo rahbari o‘rinbosari oyligining 40 foizi miqdorida jarimaga tortildi, deya xabar qildi «Toshkent metropoliteni».
«Toshkent metropoliteni» vagonlardan birining eshigi yopilmay qolgani uchun kechirim so‘rab, xizmat tekshiruvi boshlanganini ma’lum qildi.
Termizda maktab o‘quvchisi bo‘lgan voyaga yetmagan qizning nomusiga tegish holati Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi tomonidan nazoratga olindi. Senator Farhod Boqiyev shahar IIO FMB jinoyat ishini qo‘zg‘atishni rad etgani va bir yildan ziyodroq vaqt mobaynida gumondorga chora ko‘rilmaganini ma’lum qildi.
O‘zbekistonda 2021 yil uchun zakot nisobi, fitr sadaqa va fidya miqdori belgilandi.
Toshkent hokimligi Milliy bog‘ hududida madaniy-ma’rifiy kompleks qurilishi boshlanganligi haqida xabar berdi. Bu yerda joylashgan «Navro‘z» to‘yxonasining buzilishi poytaxt aholisi uchun kutilmagan yangilik bo‘ldi. Uning o‘rniga 1,5 mln kitob fondiga ega kutubxona qurilishi kutilmoqda. «Gazeta.uz» muxbiri qurilish joyida bo‘ldi.
Toshkentning Yakkasaroy tumanida 3 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. To‘qnashuv natijasida tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q.
Dam olish kunlari respublikada yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechalari 7−12 daraja iliq atrofida, kunduz kunlari esa 17−22 daraja iliqdan yuqori va me’yordan 2−3 daraja past bo‘ladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting