Ilk bor sudyalik lavozimiga tayinlanish uchun o‘tkazilgan ochiq tanlovda 172 nafar nomzoddan 73 nafari sudyalik lavozimiga nomunosib deb topildi. Shuningdek, 2020 yilda 27 nafar sudyaning vakolati muddatidan ilgari tugatildi. Yetti nafar sudya esa koronavirus tufayli vafot etgan.
2021/2022 o‘quv yili uchun respublika oliy ta’lim muassasalarining bakalavriati ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlarida 1,6 mln nafar abituriyent ishtirok etishi kutilmoqda. Shuningdek, ma’lum qilinishicha, test sinovlari bu yil ham stadion va hiyobonlarda o‘tkazilishi mumkin.
Sirdaryo viloyatining Boyovut tumanida kuchli shamol esishi oqibatida bank binosining tomi qulab tushdi. Bir necha mahallalarda elektr ta’minoti uzilgan.
Toshkentda yil oxirigacha 629,4 mingdan ziyod gaz iste’molchilariga «aqlli» gaz hisoblagichlarni o‘rnatish rejalashtirilmoqda.
Shanba kuni O‘zbekiston bo‘ylab yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda, momaqaldiroq bo‘lishi va shamol tezligi 17−22 m / s gacha kuchayishi mumkin. Harorat +10… +15 darajagacha pasayadi.
Yolqin To‘ychiyevning «Faridaning ikki ming qo‘shig‘i» filmi Los-Anjelesda (AQSH) Xalqaro Osiyo kinofestivali mukofotiga sazovor bo‘ldi.
Nurmat Otabekov so‘nggi kunlarda koronavirus bilan kasallanganlar soni ortgani xaqidagi ko‘rsatkichlar «vaksinatsiyaga undash ekani» haqidagi fikrlarga munosabat bildirdi. «Emlashga jalb qilish uchun atayin kasallik bo‘rttirib ko‘rsatilyapti, degan gaplarda mantiq yo‘q», — dedi u. Bundan tashqari, Bahodir Yusupaliyev vaksinatsiya paytida nojo‘ya ta’sirlardan sug‘urtalanish masalasiga to‘xtalib o‘tdi.
Andijon tumanida tibbiyot birlashmasiga qarashli binoda yong‘in chiqdi. 100 kv. m maydon, tom va shift yongan, 20 bemor evakuatsiya qilingan.
Nurmat Otabekov 5 mart kuni Zangiotadagi shifoxonaga koronavirus infeksiyasi tashxisi bilan yetkazilgan va 7 mart kuni vafot etgan bemor to‘g‘risidagi xabarga izoh berar ekan, SVV ushbu o‘lim holati chindan ham koronavirus bilan bog‘liq yoki yo‘q ekanligi natijasini kutayotganini ma’lum qildi. «O‘limlar sonining 622 ta yoki 623 ta bo‘lishi, bu — jiddiy ob-havo yaratmaydi», — dedi u.
SES rahbari Bahodir Yusupaliyev fuqarolar biror vaksinani olishga majbur emasligini ma’lum qildi. «Biz fuqarolarimizni biror vaksinani olishga majburlamaymiz. Ular istagan vaksinasi bilan emlanishi mumkin», — deydi u.
Koronavirusga chalinish holatlari soni oshgani munosabati bilan karantin qoidalarini qo‘pol ravishda buzayotgani uchun jarimaga tortilayotganlar soni oshdi. Shu vaqtgacha kunlik 200−300 kishiga chora ko‘rilgan bo‘lsa, 16 mart kuni ular soni 400 nafarga yetdi. Karantin choralari joriy etilgan vaqtdan buyon esa qariyb 900 ming kishiga chora ko‘rildi.
Toshkentda 660 ming dozali AstraZeneca vaksinasini O‘zbekistonga topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ommaviy emlash Navro‘zdan keyin boshlanadi. JSST vakili AstraZeneca’ning COVID-19 ni oldini olishdagi afzalligi uni nojo‘ya ta’sirlaridan ko‘proq ekanligini ma’lum qildi.
Olmazor tumani hokimi o‘rinbosari — “Yoshlik” shaharchasi hokimi lavozimiga Ziyodullo Sa’dullayev tayinlandi. U bunga qadar O‘zbekiston yoshlar ittifoqida bir qator lavozimlarda ishlagan.
Navoiyda fuqaro boshqa bir tadbirkorga tegishli yerni $150 mingga sotishga urindi. U kelishilgan puldan 70 ming dollarini olganida ushlandi. Unga nisbatan JKning firibgarlikka oid moddasi bilan jinoyat ishi ochildi.
Toshkentda katta hajmli suv quvurlarida rejali profilaktika-ta’mirlash ishlari o‘tkazilishi munosabati bilan 29 martdan 8 iyungacha bosqichma-bosqich ichimlik suvi ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi. «Toshkent shahar suv ta’minoti» MCHJ o‘chirilish vaqtlari va joylar ro‘yxatini e’lon qildi.
Gaz tarmoqlarida ta’mirlash ishlari olib borilayotgani munosabati bilan 17 mart kuni Toshkentning Yashnobod va Sergeli tumanlarida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi.
Qo‘qon davlat pedagogika universitetida talabalar haqida ma’lumot olib, ularning manzillarini xaritada ko‘rsatib beradigan mobil ilova yaratildi.
So‘x tumanida bo‘lib o‘tgan ommaviy tartibsizliklar yuzasidan ayblangan 22 kishi ustidan davom etayotgan sud jarayonida barcha sudlanuvchilarning oxirgi so‘zi eshitildi.
Adliya vazirligi mutaxassisi qoidabuzar haydovchilarni tasvirga olib, pul ishlayotganlarni vatanni ham sotishga tayyorlikda ayblagan Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayevning mulohazalariga javob qaytardi. «Huquqbuzarlikning oldini oluvchilarga „sotqin“ deya tamg‘a bosiladigan bo‘lsa, men ularga qarshi „sotqin“ bo‘lishga tayyorman va bundan g‘ururlanaman», — dedi Adliya vazirligining Huquqiy targ‘ibot va ma’rifat boshqarmasi boshlig‘i Shoxidaxon Yuldasheva
Toshkent viloyatida aholi gavjum bo‘ladigan bozor va savdo majmualari, jamoat joylari va jamoat transportlarida karantin qoidalariga rioya qilish ustidan nazorat kuchaytiriladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting