Oliy ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov ish faoliyatining birinchi kunlari bo‘yicha o‘z taassurotlari bilan bo‘lishdi. Uning aytishicha, xodimlar horg‘in, ba’zi strukturalar esa talablarga javob bermaydi. U endilikda vazirlik «yangicha ish tartibiga» o‘tishini ma’lum qildi.
Shavkat Mirziyoyev xorijda ta’lim olgan yoshlarni katta lavozimlarga tayinlaganda ularda shoshib qolish holatlari kuzatilayotganini ta’qidladi. Davlat rahbari bunday yoshlarga milliy tarix va qadriyatlarning o‘rni haqida aytib o‘tdi.
Qonunchilik palatasi deputatlari shaxsiy avtomobilda yo‘lovchi tashishni litsenziya talab qilinadigan faoliyat turlari ro‘yxatidan chiqarish taklifini bildirishdi. Bu tegishli qonun loyihasini takomillashtirish jarayonida ko‘rib chiqilishi ma’lum qilindi.
“Yuksalish” UMH raisi Bobur Bekmuradov 2020-yilgi davlat dasturining 70 dan ortiq bandi 10 oygacha kechikib bajarilganini ma’lum qildi. Uning aytishicha, mas’ul vazirlik va idoralar “bajarilgan” deb hisobot bergan ayrim vazifalar aslida bajarilmagani ham aniqlangan.
Markaziy saylov komissiyasi raisi o‘rinbosari Mahmud Istamov Buxoro viloyatiga prokuror bo‘ldi. U ushbu lavozimda ishdan olingan Dilshod Fayziyevning o‘rnini egalladi.
Toshkentning Bektemir tumanida Howo og‘ir yuk mashinasi Cobalt ustiga ag‘darilib ketdi. Hodisa natijasida Cobalt yo‘lovchisi vafot etgan.
Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Azizbek Ikromov Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirining o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi. U o‘tgan yilning fevral oyidan buyon ikkala lavozimda ham bir vaqtning o‘zida faoliyat olib borgan.
Xalqaro Vestminister universiteti ro‘parasida Hampton by Hilton mehmonxonasi qurilmoqda. Uni International Foodchain (KFC'ni boshqaradi) ta’sischilaridan biri va mehmonxona ishi bilan shug‘ullanuvchi tadbirkor ochmoqda.
Sanitariya-epidemiologiya xizmati rahbari o‘rinbosari Botirjon Qurbonov O‘zbekistonda koronavirusga qarshi jamoaviy immunitet hosil bo‘lganligini ta’kidladi. «Jamoaviy immunitet aholining 70−80 foizi darajasida hali shakllanmagan. 30−40 foiz atrofida bo‘lishi mumkin», dedi u.
O‘zbekiston bo‘ylab COVID-19 ga qarshi aholini emlash jarayoni fevral oyining ohiri, mart oyining boshida rejalashtirilmoqda. Vaksinalar 1−1,5 oy ichida keltirilishi ko‘zda tutilgan.
Energetika vaziri Alisher Sultonov 10 kun ichida havo keskin sovishi haqida gapirib, avvallari “derazalar yaxshi yopilyaptimi, shamol kirmayaptimi, eshiklar yopiladimi, eshiklarni isitishni ham o‘ylardik”, — dedi. Shunga ko‘ra, 20-yanvardan 1-fevralgacha iste’molchilarni elektr energiya va gaz bilan ta’minlash uchun barcha choralar ko‘rilgani qayd etildi.
2020 yilda O‘zbekistondan 13,6 mingdan ziyodroq kishi chet elga ko‘chib ketdi. Ularning 64,3 foizi Qozig‘istonni tanladi.
Prezident yaqinda tayinlangan oliy ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulovga ko‘p vazifalar berganligini ta’kidladi. «Agar unga qandaydir rektor yoqmasa, u rektor ketadi. Men unga katta vazifalar yukladim. U uxlamay ishlaydi», — dedi davlat rahbari. Shavkat Mirziyoyev rektorlar dars bermasligini tanqid qilib, dars bermagan taqdirda tarbiya va madaniyat masalalari bilan shug‘ullanish lozimligini ta’kidladi.
Andijonda bloger ayol QK sobiq rahbarlariga oid jinoiy ishni tajribasiz sudya ko‘rayotgani, unga kiritilgan iltimosnoma va arizalar rad etilgani uchun sudlanuvchilar va o‘zi ochlik e’lon qilishini aytdi. «O‘zbekistonda haqiqatga erishish uchun och qolib, o‘ladigan bo‘lsam, shunga ham roziman», — dedi u. Sudyalar oliy kengashi uning qarorini vaziyatga siyosiy tus berib, bosim o‘tkazishga urinish deb baholadi.
Xo‘jaobod tumanida yashovchi fuqaro Yo.R. 9-sinfligidan buyon otasi tomonidan zo‘rlab kelinganligini ta’kidlamoqda. Uning aytishicha, voqeadan xabardor qo‘shnilar, qarindoshlar, ichki ishlar organlari xodimlari va mahalla mutasaddilari bu holatga befarq bo‘lgan. Hodisa yuzasidan prokuratura tekshiruvi boshlandi.
G‘ulomjon Murodxo‘jayev Namangan viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.
Xalq deputatlari Jizzax viloyat Kengashida Jizzax viloyati hokimiga ikkita yangi o‘rinbosarlar nomzodlari ma’qullandi.
Jizzax shahar hokimi lavozimiga Xolmurodov Komil nomzodi shahar deputatlari tomonidan ma’qullandi. U bungacha Mirzacho‘l tuman hokimi bo‘lgan
Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi deputatlariga hududlardagi aholini qiynab kelayotgan muammolarni hal qilish uchun 2 mlrd so‘mdan ajratiladi. Bunda 60 ta deputatga ja’mi 120 mlrd so‘m mablag‘ ajratilishi ko‘zda tutilmoqda.
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish inspeksiyasining xulosasisiz, Qarshi shahar hokimligi tomonidan 10 gektar maydonda kichik sanoat zonasini barpo etish uchun 2874 tup daraxt noqonuniy kesildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting