Toshkent shahrida filologiya,mamlakatshunoslik, xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti hamda biotibbiyot kabi yo‘nalisharni o‘z ichiga olgan Sankt-Peterburg universiteti filiali tashkil etilmoqda.
Avtomobil haydovchilari to‘xtash yoki to‘xtab turish qoidalarini buzganligi uchun jarima miqdorini qisqartirish taklif etilmoqda. Takroran sodir etilgan qoidabuzarliklar uchun jarima qo‘llash normalari ham o‘zgartirilishi mumkin.
Moliya vazirligiga ko‘ra, 2020 yilda 246 mlrd so‘mlik byudjet kamomadi va asossiz xarajatlar aniqlangan va bu miqdorning 168,8 mlrd so‘mi byudjetga qaytarilgan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan endilikda ma’muriy huquqbuzarlikka oid ishlar ham ko‘rib chiqiladi. Bundan tashqari, ma’muriy huquqbuzarliklarga oid ishlarni nazorat tartibida ko‘rish bekor qilinib, apellyatsiya instansiyasi joriy etildi.
10 yanvar kuni Jizzax shahrida qulab tushgan bino yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv natijasiga ko‘ra Jizzax viloyati qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi mansabdor shaxslariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Samarqand viloyatida bir oilaning barcha a’zolari zaharlandi. Hodisa oqibatida 3 nafar voyaga yetmagan bola vafot etdi.
Respublikada mavjud bolalar bog‘chasiga 2,7 mln bolaning qariyb 61 foizi qatnaydi. 2017-yilda bu ko‘rsatkich 27,7 foiz bo‘lgan. Ular bilan esa jami 116 996 nafar pedagog shug‘ullanadi. Prezident 2023-yilda maktabgacha ta’lim qamrovini 75 foizga yetkazish topshirig‘ini bergan.
Qonunchilik palatasi tomonidan xotin-qizlar masalalari bo‘yicha agentlik tashkil etish bo‘yicha taklifi kiritildi. Shuningdek, davlat va jamoat tashkilotlarida salohiyatli ayollarni rahbarlik lavozimiga tayinlash buyicha kvotalash tartibi masalasi ham ko‘rib chikildi.
Jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilingan Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasiga ko‘ra, muqaddam qasddan jinoyat sodir etgan shaxslar tomonidan farzandlikka olishni taqiqlash tizimini ijtimoiy xavfliligiga qarab belgilash ko‘zda tutilmoqda.
Turkiya politsiyasi tomonidan shubhali shaxslar bilan telefon orqali muloqotda bo‘lganlikda gumon qilinib qo‘lga olingan taniqli jurnalist Abdukarim Mirzayev qo‘yib yuborildi. Unga nisbatan ilgari surilgan barcha gumonlar tasdig‘ini topmadi.
Eski namudagi banktnotalar va tangalarni amaldagi pul belgilariga almashtirib berishning oxirgi muddati 2022 yil 1 yanvar etib belgilandi.
«Barakali qorako‘l chorvador» fermer xo‘jaligi rahbari Jizzaxda qulab tushgan 6 qavatli uyning egasi ekanligi haqidagi xabarlarni rad etdi. «Qurilish qilolmayman, deb ko‘chmas mulkni sotganman. Men uni begonalashtirdim, keyin umuman aralashmadim», — dedi fermer.
Yetib olish qiyin bo‘lgan hududlarda joylashgan byudjet tashkilotlari va tibbiyot muassasalariga malakali mutaxassislarni jalb qilish uchun qo‘shimcha mablag‘ ajratiladi.
12 yoshida shaxmat tarixida ikkinchi eng yosh xalqaro grossmeysterga aylangan Javohir Sindorov shaxmatchilar federatsiya tomonidan qo‘llab-quvvatlanmasligini ta’kidladi. Uning aytishicha, e’tiborsizlik tufayli ko‘plab shaxmatchilar boshqa davlat bayrog‘i ostida musobaqada qatnashishga majbur bo‘lgan. «Agar shu ketishda davom etsa men ham shaxmat federatsiyamni o‘zgartiraman», deydi yosh shaxmatchi «Daryo» nashriga bergan intervyusida.
IIV sobiq xodimasi Xurshida Djalilova 2012-yilda O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga mansub emasligi xulosasi bilan ishdan bo‘shatilgan. Ombudsman Oliy sud ishga tiklash bo‘yicha ajrim chiqargan bo‘lsada, nima sababdan ijrosi ta’minlanmagani bo‘yicha o‘rganishlar olib bordi. Uning natijasida IIV sobiq xodimasi 8 yil o‘tib, lavozimiga qayta tiklanishiga erishildi.
Yangiyo‘l shahrida 12 yanvar kuni 06:00 dan 20:00 ga qadar suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatilib, bir qancha hududlarda uzilishlar kuzatilishi ma’lum qilindi.
31 martgacha Tashkent City bog‘iga pullik kirish tartibi saqlanib qolishi ma’lum qilindi. Yangi buyruqqa asosan, ushbu uzaytirish bog‘ faoliyatini saqlab turish xarajatlarini qoplashga qaratiladi.
Afsuski, farzand asrab olishga tayyor bo‘lgan oilalarga nisbatan oilaga muhtoj bolalar ko‘p. Ammo bu holat ijobiy tomonga o‘zgarishi mumkin. Asrab olingan bolalar mehribon ota-onalarini topgan ikki oilaning hikoyalari Nelli Karimova maqolasida.
Andijon viloyatida «Cobalt» va tez tibbiy yordam mashinasi ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘ldi. YTH natijasida «Damas» haydovchisi vafot etgan.
Andijon shahriga ichimlik suvi yetkazib beruvchi «Xonobod-Andijon» markaziy suv quvurining «Anjirzor» ko‘chasi hududida joylashgan suv taqsimlash jihozida yuzaga kelgan nosozliklar bartaraf etildi. Hozirda ta’mirlash va sozlash ishlari yakuniga yetkazilgan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting