Uchinchi chorakdan barcha maktablarda o‘quv jarayonlari to‘liq an’anaviy shaklga o‘tkaziladi. Xalq ta’limi vazirligi o‘quvchilarning 90 foizdan ortig‘i allaqachon an’anaviy ta’limga qaytganini ma’lum qildi.
Hukumat qarori bilan Xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha vaqtinchalik tartib joriy qilinmoqda. Unga ko‘ra, “Ayollar daftari” kiritiladigan xotin-qizlar toifalari hamda ularga yordam ko‘rsatish tartibi va muddatlari belgilanmoqda.
2020-yilda O‘zbekistonga 1 mln 504 ming xorijiy turist tashrif buyurgan bo‘lsa, mahalliy 1 mln 800 ming fuqaroning sayyohati ta’minlangan. Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov 2020-yil natijalarini tahlil qilib, 2021-yildagi aniq rejalar haqida ma’lumot berdi.
Smart medical pharm va Billur Medical Trade 70 foizlik etil spirti hamda «Menovazin» mahsulotlarini noqonuniy yo‘llar bilan ishlab chiqarmoqda. Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, ular dori vositalarini ishlab chiqarish huquqiga ega bo‘lgan litsenziatlar reyestriga kiritilmagan.
Zira.uz hatto og‘ir ish kunidan keyin ham tayyorlasa bo‘ladigan oddiy issiq taomlar ro‘yxatini taqdim etadi.
«Xorazm hududiy elektr tarmoqlari» AJ bosh direktori Muratbay Bazarimbetov pora olganlikda gumonlanib, qo‘lga olindi. Iddao qilinishicha, u tadbirkordan gaz stansiyasini elektr tarmog‘iga ulash uchun 20 ming dollar so‘ragan.
Transport vaziri vazifasini bajaruvchi Ilhom Mahkamov jamoat transportidagi bir qator muammolar, jumladan, 1115 ta aholi punktiga jamoat transporti yetib bormaganini ma’lum qildi. Buni hal etish uchun 2021 yilda viloyat markazlarida jamoat transportining bosh rejasi ishlab chiqilishini ta’kidladi.
Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov 2019 yilda madaniy meros obyektlarini xatlovdan o‘tkazishda hokimiyatlar yo‘l qo‘ygan kamchilik va xatolar haqida fikr bildirdi. “Hudud hokimiyatlari tomonidan ko‘r-ko‘rona ro‘yxat berishlar yoki 20 yil oldingi ro‘yxatini sandig‘idan olib, bizga shuni taqdim qilgan holatlar kelib chiqyapti”, — dedi vazir.
Farg‘ona viloyatida «Cobalt» rusumli avtomashina Farg‘ona kanali chekkasida o‘rnatilgan beton to‘siqqa urilib, kanal ichiga tushib ketdi. Haydovchi va ikki nafar yo‘lovchi vafot etgan.
Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirining birinchi o‘rinbosari Sohib Saifnazarov quvurlarning 35 foizi eskirgani va bu suv yo‘qotilishiga sabab bo‘layotganini ta’kidladi. Bunga yechim sifatida Jahon banki va Osiyo taraqqiyot banki hamkorligida loyihalar amalga oshirilayotganini aytdi.
8 yanvar kuni Namangan viloyatida qulagan ko‘prik haqida rasmiy munosabat bildirildi. Unga ko‘ra, hodisa oqibatida jabrlanganlar va qurbon bo‘lganlar yo‘q. Ushbu inshootga davlat byudjetidagi mablag‘ ajratilmaganligi va u xususiy tadbirkor shaxsiy mablag‘i hisobiga qurilganligi aytilmoqda.
Toshkent shahrida 31 yoshli ayol mast holida tanishiga “karate” uslublarini ko‘rsatgani uchun pichoqlandi. Fuqaro olgan tan jarohati oqibatida vafot etgan.
Ozodbek Nazarbekov mahalliy hokimiyatlar 32 ta madaniyat obyektini balansiga o‘tkazib, sotib yuborganini ma’lum qildi. Bu haqda esa Madaniyat vazirligiga xabar berilmagan.
Samarqand viloyatida bir kunda 20 nafar sovuqda boshpanasiz qolgan shaxslar reabilitatsiya markaziga olib kelindi. Samarqand IIB (66) 234−96−32 raqami orqali viloyatda boshpanasiz qolgan va ko‘chada sovqotayotgan odamlar haqida ma’lumot berish mumkinligini ma’lum qildi.
Dam olish kunlari sovuq antitsiklon chekinadi, kunduzgi harorat yakshanba kunigacha +10 ga ko‘tariladi. Ushbu kunlarda yog‘ingarchiliklar bo‘lmaydi, kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin.
24 yanvardan boshlab Toshkentda ichimlik suvi va oqova suvi xizmati uchun uchun yangi tariflar amal qiladi. Ichimlik suvi uchun tariflar dekabrdagi rejadan pastroq miqdorga oshirilgan.
Tallimarjon IESdagi ikkita energobloklar to‘xtagani sababli Qashqadaryo viloyatining 7 ta tuman va 1 ta shahar elektr ta’minotida to‘liq uzilish qayd etildi. Viloyatning boshqa hududlarida ham uzilishlar kuzatilmoqda.
Surxondaryo viloyatida haydovchidan uzr so‘rab, o‘zaro kelishishni so‘ragan YPX xodimi o‘z vazifasidan ozod etildi.
Samarqand viloyatida ikki yoshli o‘g‘lini 2500 dollarga sotmoqchi bo‘lgan ayol qo‘lga olindi.
O‘zbekistonda 23 foizdan ortiq erkaklar nosvoy iste’mol qiladi. Nosga ruju qo‘yish shilliq qavatlarda saraton kasalligi rivojlanishi va boshqa ko‘plab salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Nosni iste’mol qilish zararlari hamda uni ishlab chiqarish va sotishni taqiqlash bo‘yicha qonun kerakligi haqida Sog‘liqni saqlash vazirligining tamakiga qarshi kurashish bo‘yicha bosh konsultanti Shuhrat Shukurov gapirdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting