Jamiyat

2021 yil uchun soliq siyosati. Nimalar o‘zgardi?
6 yanvar 2021, 23:27

2021 yil uchun soliq siyosati. Nimalar o‘zgardi?

O‘zbekiston Soliq kodeksiga bir qator yangilanishlar va o‘zgartirishlar kiritildi. 2021 yilda aksiz solig‘ining 3 marta ko‘tarilishi, yangilangan soliq imtiyozlari va boshqa soliq siyosatidagi o‘zgarishlar.

To‘raqo‘rg‘onda spirtli ichimlikdan vafot etganlar soni 5 kishiga yetdi
6 yanvar 2021, 21:07

To‘raqo‘rg‘onda spirtli ichimlikdan vafot etganlar soni 5 kishiga yetdi

To‘raqo‘rg‘on tumanida spirtli ichimlik iste’mol qilish natijasida zaxarlanib o‘lganlar soni 2 kishidan 5 kishiga yetdi. Ular orasida eng kattasi — 52 yosh, eng kichigi esa — 36 yoshda. Jami 13 kishi zaxarlangan.

Urganch shahri markazida tunnel quriladi
6 yanvar 2021, 19:37

Urganch shahri markazida tunnel quriladi

Urganch shahrining markaziy maydoni yangidan qurilishi rejalashtirilmoqda. Maydon markazida 25 metrlik kattalikdagi Jaloliddin Manguberdi haykali o‘rnatiladi. Maydon ostidan esa avtomobil tunneli o‘tkaziladi.

Ozodbek Nazarbekov: Madaniyat obyektlarining bo‘sh turgan maydonlari tadbirkorlarga beriladi
6 yanvar 2021, 18:11

Ozodbek Nazarbekov: Madaniyat obyektlarining bo‘sh turgan maydonlari tadbirkorlarga beriladi

Ozodbek Nazarbekov tadbirkorlarga madaniyat obyektlaridagi bo‘sh maydonlarni berishda hokimiyatlar bilan bog‘liq byurokratik holatlar mavjudligini qayd etdi. Shu bois Madaniyat vazirligi Hukumatga 2021-yildan tadbirkorlarga madaniyat markazlari, bog‘ va hiyobonlar maydonlarini ajratish jarayonlarini soddalashtirishga oid qaror loyihasini kiritgani ma’lum qilindi.

Bitkoin yana rekordini yangiladi
6 yanvar 2021, 17:46

Bitkoin yana rekordini yangiladi

Bitkoinning narxi yana tarixiy maksimal darajani yangiladi. U 35 ming AQSH dollaridan oshib ketdi va ushbu kurs atrofida harakatlanmoqda.

O‘zbekistonda noodatiy ob-havo hodisasi kuzatilmoqda
6 yanvar 2021, 16:53 1

O‘zbekistonda noodatiy ob-havo hodisasi kuzatilmoqda

Ob-havo ma’lumotlarida qor yog‘ishi kutilmayotgan bo‘lsa ham, ertalab Toshkent ko‘chalari qorga o‘xshash narsa bilan qoplandi. «O‘zgidromet» ning xabar berishicha, bunday hodisa O‘zbekistonda kamdan-kam uchraydi.

Chilonzor tumanida Nexia avtomobili yonib ketdi
6 yanvar 2021, 16:28

Chilonzor tumanida Nexia avtomobili yonib ketdi

6 yanvar kuni Toshkent shahar, Chilonzor tumani hududida Nexia rusumli avtomobilning signalizatsiya moslamasida qisqa tutashuv yuzaga kelib yong‘in sodir bo‘lgan. Yong‘in o‘t o‘chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan. Jabrlanganlar yo‘q.

Belgilanmagan yerda ko‘p qavatli kvartirali uylar qurilishi avariya holatlariga olib kelmoqda — Jahongir Ortiqxo‘jayev
6 yanvar 2021, 16:15

Belgilanmagan yerda ko‘p qavatli kvartirali uylar qurilishi avariya holatlariga olib kelmoqda — Jahongir Ortiqxo‘jayev

Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev yakka tartibdagi uy-joy qurish uchun ajratilgan yer uchastkalarida ko‘p qavatli uylarni qurish turli tizimlarga salbiy ta’sir ko‘rsatib, avariyalarga olib kelayotganini ta’kidladi. Bundan tashqari, endilikda tasdiqlangan aholi punktining bosh rejalari muhokamasidagi asosiy takliflar ham inobatga olinishi ma’lum qilindi.

Toshkentda 3 yilda 66 ta mehmonxona va 12 ta savdo-ko‘ngilochar markazini qurish rejalashtirilmoqda
6 yanvar 2021, 14:43

Toshkentda 3 yilda 66 ta mehmonxona va 12 ta savdo-ko‘ngilochar markazini qurish rejalashtirilmoqda

Toshkentda 3 yil davomida 66 ta mehmonxona, 12 ta savdo-ko‘ngilochar markazi va 9 ta istirohat bog‘ini qurish rejalashtirilmoqda. Mahalliy va xorijiy tadbirkorlar poytaxtga uch yil ichida 9,442 trillion so‘mlik sarmoyalar kiritmoqchi.

Senatorlar Konstitutsiyaga o‘zgartish kiritish to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi
6 yanvar 2021, 14:35

Senatorlar Konstitutsiyaga o‘zgartish kiritish to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi

Senat 11-yalpi majlisda “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida"gi qonunni ma’qulladi. Unga ko‘ra, 14 ta hududda umumyurisdiksiya sudlari tashkil etilmoqda. Qolaversa, tuman va shaharlarda ma’muriy sudlar tugatilib, hududlar markazlarida tumanlararo ma’muriy sudlar tashkil etilmoqda.

Abdukarim Mirzayev bilan bog‘liq yangi ma’lumotlar e’lon qilindi
6 yanvar 2021, 14:19

Abdukarim Mirzayev bilan bog‘liq yangi ma’lumotlar e’lon qilindi

Abdukarim Mirzayevning advokati Mahmud Said Arslon ma’muriy qamoqni tugatish to‘g‘risida Istanbul Jinoyat sudi sudlariga yuborilgan arizalar murojaat sabablari o‘rganilmagan holda rad etilganini ta’kidladi. O‘z navbatida, jurnalistning hamkasbi u bilan telefon orqali muloqotda bo‘lgan olti shubhali shaxsning aybsiz ekani aniqlanganini ma’lum qildi.

Qarshidagi uyda gaz portlashi oqibatida ikki kishi vafot etdi
6 yanvar 2021, 13:38

Qarshidagi uyda gaz portlashi oqibatida ikki kishi vafot etdi

Qarshidagi uyda portlash oqibatida bino devorlari qulab, ikki nafar voyaga yetmagan bola vafot etdi.

Samarqanddagi tibbiy muassasalarda 7 mlrd so‘m talon-taroj qilinganligi aniqlandi
6 yanvar 2021, 12:36

Samarqanddagi tibbiy muassasalarda 7 mlrd so‘m talon-taroj qilinganligi aniqlandi

Samarqand viloyati tibbiyot muassalarida 7 mlrd so‘mlik talon-torojlik va suiste’molchiliklar aniqlandi. Bundan tashqari dori vositalariga 5,643 mlrd so‘mga qimmat narxlarda davlat xaridlari amalga oshirgan. Aniqlangan holatlar asosida jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Navoiydagi YTH oqibatida 2 kishi vafot etdi
6 yanvar 2021, 10:52

Navoiydagi YTH oqibatida 2 kishi vafot etdi

Navoiy shahrida maktab o‘quvchilari o‘rtasida bo‘lib o‘tayotgan fan olimpiadasiga o‘quvchi va o‘qituvchilarni olib ketayogan mashina YTHga uchradi. Hodisa oqibatida bir nafar o‘qituvchi va bir nafar o‘quvchi vafot etdi.

Surxondaryo hokimligi sayti hujumga uchradi
6 yanvar 2021, 10:22

Surxondaryo hokimligi sayti hujumga uchradi

Surxondaryo viloyati hokimligi sayti xakerlar hujumiga uchradi. Xakerlar viloyat hokimligi binosida AKT xodimi kaltaklanganligini aytmoqda.

1 yanvardan nimalar o‘zgardi?
5 yanvar 2021, 22:02

1 yanvardan nimalar o‘zgardi?

2021 yil 1 yanvardan O‘zbekiston qonunchiligidagi asosiy o‘zgarishlar va boshqa yangiliklar haqidagi umumiy ma’lumot tayyorlandi.

Navoiyda «Matiz» ag‘darilib ketdi, bir kishi vafot etdi
5 yanvar 2021, 17:38

Navoiyda «Matiz» ag‘darilib ketdi, bir kishi vafot etdi

Navoiy viloyatida «Matiz» avtomashinasi cho‘l hududiga ag‘darilib, YTH sodir bo‘lgan. Hodisa oqibatida haydovchi turli jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizilgan, yo‘lovchi sifatida ketayotgan 30 yoshli fuqaro voqea joyida vafot etgan.

Barcha ta’lim muassasalarida korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha maxsus kurslar joriy etiladi
5 yanvar 2021, 17:15

Barcha ta’lim muassasalarida korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha maxsus kurslar joriy etiladi

Bolalar bog‘chasi, maktab va oliy ta’lim muassasalarida korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha maxsus kurslar joriy etiladi. Bunga xorijiy tashkilotlar ekspertlari jalb qilinadi. O‘quv materiallarini tayyorlash uchun esa yagona metodologik talablar ishlab chiqiladi.

Namanganda «Nexia» va «Cobalt» to‘qnashuvi oqibatida bir kishi vafot etdi, 4 kishi jarohatlandi
5 yanvar 2021, 16:57

Namanganda «Nexia» va «Cobalt» to‘qnashuvi oqibatida bir kishi vafot etdi, 4 kishi jarohatlandi

Namangan viloyatida «Nexia» va «Cobalt» avtomashinalari ishtirokida to‘qnashuv ro‘y berdi. YTH oqibatida 1 kishi vafot etdi, 4 kishi jarohatlanib, turli tashxislar bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Toshkentda Karimov davrida yopilgan yana bir yo‘l qayta ochilmoqda
5 yanvar 2021, 16:38

Toshkentda Karimov davrida yopilgan yana bir yo‘l qayta ochilmoqda

Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Parkent va Mustaqillik ko‘chalarini bog‘laydigan yo‘l oradan besh yil o‘tib qaytadan avtomobillar harakati uchun ochiladigan bo‘ldi. Bu yo‘l besh yil davomida avtoturargoh vazifasini bajarayotgan edi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting