Jamiyat

Samarqandda maktab qozonxonasi «kotyoli» portlashi oqibatida bir kishi vafot etdi
4 yanvar 2021, 16:21

Samarqandda maktab qozonxonasi «kotyoli» portlashi oqibatida bir kishi vafot etdi

Samarqand shahridagi maktab qozonxonasida elektr uzilishi va gaz bosimi ko‘tarilishi oqibatida portlash sodir bo‘ldi. Hodisa natijasida qozonxona ishchisi vafot etgan.

Hafta yakunigacha sovuq ob-havo saqlanib turadi
4 yanvar 2021, 15:33

Hafta yakunigacha sovuq ob-havo saqlanib turadi

Sinoptiklarning xabar berishicha, yilning birinchi ish haftasi davomida anomal sovuq ob-havo kuzatiladi. Havo harorati esa o‘rtacha yillik qiymatlardan 8−10 darajaga past bo‘ladi.

To‘lov-kontrakt miqdorlari o‘zgarmaydi
4 yanvar 2021, 15:12

To‘lov-kontrakt miqdorlari o‘zgarmaydi

1 fevraldan boshlab eng kam ish haqi miqdorining oshishiga qaramay OTMlarda to‘lov-kontrakt miqdorlari o‘zgarmaydi, deya xabar berdi Oliy ta’lim vazirligi.

Andijonda qoidabuzar mashinalarni suratga olmoqchi bo‘lgan fuqaro ustidan «samosud» bo‘yicha munosabat bildirildi
4 yanvar 2021, 14:54

Andijonda qoidabuzar mashinalarni suratga olmoqchi bo‘lgan fuqaro ustidan «samosud» bo‘yicha munosabat bildirildi

Andijon viloyatida bozordagi mevalarni narxini bilish uchun kelgan va bozorni suratga olayotgan fuqaro, bir necha shaxslar tomonidan haqoratlanib, majburan «Spark» avtomashinasi yukxonasiga kirgiziladi. Ushbu «samosud» fuqaroning qoidabuzar mashinalarni rasmga olganlikda gumonlangani sababli sodir etilgani ma’lum bo‘ldi.

Endilikda maktab direktorlariga ham oylik ustamalar to‘lanadi
4 yanvar 2021, 13:19

Endilikda maktab direktorlariga ham oylik ustamalar to‘lanadi

O‘quvchilari xalqaro fan olimpiadalarida g‘olib bo‘lgan maktab direktorlari va soatbay ishlovchi o‘qituvchilarga ham oylik ustamalar to‘lanadi. Bu borada Vazirlar Mahkamasining 2019-yildagi tegishli qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

120 dan ortiq kishi pirotexnika vositalaridan jabr ko‘rdi
4 yanvar 2021, 10:18

120 dan ortiq kishi pirotexnika vositalaridan jabr ko‘rdi

Yangi yil mavsumida pirotexnika vositalaridan foydalanish oqibatida 120 dan ortiq kishi kuyib, jabr ko‘rgan va 6 ta xonadonda yong‘in yuzaga kelgan. Jabrlanganlarning 80 foizi voyaga yetmaganlar ekanligi qayd etildi.

YPX xodimlari bilan janjallashgan 4 nafar shaxsga jinoiy ish qo‘zg‘atildi
4 yanvar 2021, 10:11

YPX xodimlari bilan janjallashgan 4 nafar shaxsga jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Toshkent shahar Chilonzor tumanida 1 yanvar kuni uch nafar fuqaro va ikki nafar YPX xodimlari o‘rtasida janjal yuzaga kelgan. Ushbu holat yuzasidan hozirda tuman prokuraturasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Bir hafta ichida aviareyslarda kelgan 21 yo‘lovchida COVID-19 aniqlandi
3 yanvar 2021, 10:58

Bir hafta ichida aviareyslarda kelgan 21 yo‘lovchida COVID-19 aniqlandi

Bir hafta ichida O‘zbekistonga aviareyslarda kelgan 21 nafar yo‘lovchida koronavirus aniqlandi. Bu vaqt davomida 12 ta davlatdan 12 mingdan ziyod kishi keldi.

Chimyon tog‘larida katta tirbandlik kuzatilmoqda
2 yanvar 2021, 16:37

Chimyon tog‘larida katta tirbandlik kuzatilmoqda

Bayram munosabati bilan dam olishga ketayotganlarning katta oqimi sababli Chimyon tog‘larida katta tirbandliklar yuzaga keldi. YHXBB vaqti-vaqti bilan transport vositalari harakatini cheklamoqda.

Korrupsiyaga qarshi kurashga hissa qo‘shganlar davlat mukofotiga tavsiya etilishi mumkin
2 yanvar 2021, 12:42

Korrupsiyaga qarshi kurashga hissa qo‘shganlar davlat mukofotiga tavsiya etilishi mumkin

Korrupsiyaga qarshi kurashda ko‘maklashgan shaxslar 5,5 mln so‘mgacha bir martalik pul mukofoti bilan rag‘batlantirilishi mumkin. Ushbu shaxslar davlat mukofotiga ham tavsiya etilishi ham mumkin. Hukumat qarori bilan rag‘batlantirish asoslari belgilandi.

1 yanvar kuni O‘zbekistonda 1644 nafar chaqaloq dunyoga keldi
2 yanvar 2021, 12:19

1 yanvar kuni O‘zbekistonda 1644 nafar chaqaloq dunyoga keldi

Yangi yilning birinchi kunida O‘zbekistonda 1644 nafar chaqaloq tug‘ildi. Bu oxirgi 4 yildagi eng kam ko‘rsatkich hisoblanadi. Shu kuni tug‘ilganlar orasida 9 nafar egizaklar ham bor.

Hokimlar Yangi yilni qanday nishonlaydi?
31 dekabr 2020, 21:44

Hokimlar Yangi yilni qanday nishonlaydi?

Andijon hokimi ish joyida, Sirdaryo hokimi navbatchi, Navoiy, Samarqand va Qashqadaryo hokimlari oila davrasida. O‘zbekistonda viloyat hokimlari Yangi yil bayramini qanday kutib oladi?

Prezident murojaatnomasidan fotoreportaj
31 dekabr 2020, 19:49

Prezident murojaatnomasidan fotoreportaj

Prezident Shavkat Mirziyoyev 29 dekabr kuni O‘zbekiston parlamentiga navbatdagi an’anaviy murojaatnomani yo‘lladi. Ushbu marosimda ishtirok etgan «Gazeta.uz» fotomuxbiri kamera ob’ektiviga muhrlangan eng sara fotosuratlarni e’tiboringizga havola etadi.

2020 yilda kimlarni yo‘qotdik?
30 dekabr 2020, 20:38

2020 yilda kimlarni yo‘qotdik?

Ziyouz.uz portali 2020 yilda olamdan o‘tgan o‘zbekistonlik akademiklar, professorlar, diniy arboblar, shoir va yozuvchilar, jurnalistlar, san’atkorlar va hokimlar ro‘yxatini tuzib chiqdi.

Yangi yil bayramlarini 30 kishidan ko‘p bo‘lib, koronavirusga test topshirgan holda nishonlashga ruxsat berildi
30 dekabr 2020, 17:38

Yangi yil bayramlarini 30 kishidan ko‘p bo‘lib, koronavirusga test topshirgan holda nishonlashga ruxsat berildi

Respublika maxsus komissiyasi tomonidan 31 dekabr va 1 yanvar kunlari 30 kishidan ko‘proq bo‘lib, PZR test yoki ekspress testlarni topshirgan holda Yangi yil bayramini nishonlashga ruxsat berildi.

Tadbirkor IT loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha yordam so‘rab prezidentga murojaat qildi
30 dekabr 2020, 17:03

Tadbirkor IT loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha yordam so‘rab prezidentga murojaat qildi

Tadbirkor Botir Arifjonov (LeBazar, Paynet, Khan Academy Uzbek) O‘zbekiston prezidentiga ikkita loyihani amalga oshirishda yordam so‘rab murojaat qildi. Birinchi loyiha doirasida u maktablarga bepul internet o‘rnatishni, ikkinchisi doirasida esa IT-maktab ochish uchun 3 ming kv. metr maydon ajratishda ko‘mak so‘ragan.

Farg‘onada 1 yanvardan huquqbuzarliklar dronlar orqali fiksatsiya qilinadi
30 dekabr 2020, 15:34

Farg‘onada 1 yanvardan huquqbuzarliklar dronlar orqali fiksatsiya qilinadi

1 yanvardan boshlab Farg‘ona viloyatida yo‘l qoidalariga amal qilmagan, piyodalar o‘tish joyida piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilar, niqob taqmagan va jamoat tartibini buzgan fuqarolarning huquqbuzarliklari dronlar orqali fiksatsiya qilinadi.

O‘zbekiston Qirg‘izistonda yana ikkita shifoxona qurilishini moliyalashtirdi
30 dekabr 2020, 13:20

O‘zbekiston Qirg‘izistonda yana ikkita shifoxona qurilishini moliyalashtirdi

Qirg‘izistonning Bishkek shahri va Chuy viloyatida 176 va 24 o‘rinli ikkita modulli shifoxona ishga tushirildi. Shifoxonalar qurilishi va jihozlanishi O‘zbekiston tomonidan to‘liq moliyalashtirildi.

Quloqchin taqib, temiryo‘l bo‘ylab harakatlangan ikki fuqaroni poyezd urib ketdi
30 dekabr 2020, 11:06

Quloqchin taqib, temiryo‘l bo‘ylab harakatlangan ikki fuqaroni poyezd urib ketdi

Toshkent viloyati hududidagi temiryo‘llarda ikki nafar fuqaroni yuk poyezdi urib ketdi. Haloqat fuqarolarning ehtiyotsizligi oqibatida, quloqchinlarni taqib harakatlanganliklari tufayli sodir bo‘lganligi aniqlandi. Ulardan biri, 32 yoshli ayol voqea joyida vafot etgan.

Rosselxoznadzor O‘zbekistonning 34 ta korxonasidan pomidor olib kirishga ruxsat berdi
30 dekabr 2020, 10:38

Rosselxoznadzor O‘zbekistonning 34 ta korxonasidan pomidor olib kirishga ruxsat berdi

Rosselxoznadzor 1 yanvardan boshlab Navoiy va Qashqadaryo viloyatlaridagi 34 ta korxonaga Rossiyaga pomidorlarni olib kirishga ruxsat berdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting